14.08.2023 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish orqali tadbirkorlik subyektlarining rolini yanada oshirish hamda ularga bu borada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini (keyingi o‘rinlarda — dasturiy-texnik vositalar) o‘rnatish va ishga tushirish muddatini 60 kundan 180 kunga uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-texnik vositalar “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilingandan so‘ng ularni o‘n kun davomida sinov tariqasida ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli davrni 1 yildan 2 yilga uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmaganda, uning obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqini sud tartibida bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etgan taqdirda, tadbirkorlik subyektining obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqini sud tartibida bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy axborot agentligi hamda Milliy teleradiokompaniya Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
375-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-bandning “a” va “b” kichik bandlari birinchi xatboshilaridagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (qarorga 1-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tizim qurilmalari — tadbirkorlik subyektlari tomonidan tizimni shakllantirish uchun foydalaniladigan hamda transport vositalari tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarni foto va video qayd etish uskunasi, “I”, “G”, “T” yoki “P” shakldagi metall ustun, qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi qurilma, kommutator, marshrutizator va boshqalardan iborat bo‘lgan tarmoq qurilmalari hamda elektr quvvati bilan ta’minlovchi qurilmalar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 11-bandning birinchi xatboshisi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan” so‘zlaridan keyin “o‘rnatiladigan” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “o‘rnatilgandan” so‘zi “Ma’muriy amaliyot” KAATga integratsiya qilingandan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan quyidagi e’tirozlar mazkur Nizomning 42-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarining obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinishiga olib keladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan boshqa maqsadlarda foydalanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan foydalanish jarayonida ushbu Nizom bilan tasdiqlangan texnik talablarga javob bermaydigan holatlar kelib chiqqanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimga vakolatli organning ruxsatisiz qo‘shimcha yoki boshqa qurilma o‘rnatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimda qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarining buzilganlik holatlari bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” KAATga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi ta’sir natijasida tizim qurilmalarining joylashuvida o‘zgarish yuz berib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga to‘sqinlik qilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarida obyektga nisbatan mavjud bo‘lgan mulk huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 47-bandning oltinchi xatboshisidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tadbirkorlik subyekti auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmagan taqdirda, uni obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqini sud tartibida bekor qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 1-ilovaning izoh qismidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “tizim doirasida quyidagi” so‘zlardan keyin “(bir yoki bir nechta)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “(radar)” so‘zi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “360 gradus radiusda, 100” so‘zlari “50” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Tizimni joylashtirish uchun avtomobil yo‘lining qatnov qismiga xalaqit bermaydigan holda, o‘ng yoki chap yo‘nalishga “I”, “G”, “T” yoki “P” shakldagi metall ustun o‘rnatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Metall ustun va transport vositasining to‘xtash chizig‘i oralig‘idagi masofa tizim qurilmalarining texnik xususiyatlari, relyefning murakkabligi va muhandislik kommunikatsiyalari mavjudligidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-band “ta’minlash maqsadida” so‘zlaridan keyin “360 gradus radiusdagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Tizimni elektr quvvati bilan ta’minlashga mo‘ljallangan elektr ta’minoti qurilmasining (keyingi o‘rinlarda — elektr ta’minoti) erga ulanish kontur qarshiligi tizim qurilmalarining texnik talablari asosida hisoblanishi lozim”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)