ILOVA
to‘rtinchi xatboshi “nodavlat ta’lim tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “, professional ta’lim tashkilotlari, Oliy maktab” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
5. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
NIZOM
kompensatsiya — elektron reyestrga kiritilgan, sertifikatga ega bo‘lgan o‘quv kurslari bitiruvchilarini kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitgan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallariga sarflangan xarajatlarning 70 foizini, biroq sertifikatga ega bo‘lgan har bir bitiruvchiga bir marta 1 million so‘mdan oshmagan qismini qoplash maqsadida to‘lanadigan mablag‘;
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan NTT va PTT, Oliy maktab tomonidan uning hududiy filiallari ro‘yxati har yili 1-dekabrga qadar vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish va elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi.
mavjud filiallari va ularning manzillari (mavjud bo‘lsa);
NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tegishli tartibda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab ularning ma’lumotlari hamda ro‘yxatini ikki ish kuni ichida takroran vakolatli davlat organiga kiritishi mumkin.
8. Vakolatli davlat organiga taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarning haqqoniyligi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab va uning hududiy filiallari, PTT hamda NTTlar rahbarlari shaxsan mas’ul hamda javobgar hisoblanadi.
Elektron reyestrga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabning taklifiga ko‘ra vakolatli davlat organi tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
11. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish 3-ilovada keltirilgan kasblar ro‘yxati doirasida amalga oshiriladi.
10 foiz qismini biznes-rejalar tuzish va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni;
Hokim yordamchisi esa besh ish kuni ichida ta’lim muassasasi bilan uch tomonlama shartnoma tuzilishi uchun vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasiga fuqaroning murojaatini ilova qilgan holda o‘zining tavsiyasini yuboradi.
Ushbu fuqarolar hududiy vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi yoki o‘zini o‘zi band qilishi uchun ko‘maklashiladi.
17. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tinglovchilarning o‘quv jarayonida ishtirok etishlari va davomati muntazam monitoring qilib boriladi.
18. O‘quv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.
20. Imtihonlarning eng yuqori bali 100 ball etib belgilanadi.
22. O‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar uchun NTT, PTT, Oliy maktabga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari qiymatining 70 foizi, biroq sertifikatga ega bo‘lgan har bir bitiruvchiga bir marta 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan kompensatsiya qilinadi.
23. O‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarining tegishli qiymatini qoplab berish uchun NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy murojaat qilinadi:
Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalari tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab belgilangan kompensatsiya mablag‘lari o‘tkazib beriladi.
24. Shartnomada belgilangan kompensatsiya mablag‘lari o‘tkazib berilganidan so‘ng vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat olgan bitiruvchilar haqida taqdim qilingan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi aniqlangan hollarda, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablag‘lari NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan qaytarib beriladi.
25. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan vakolatli davlat organiga o‘tkazib berish orqali jamlanadi. Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari so‘rovlariga asosan vakolatli davlat organining mahalliy darajada ochiladigan g‘azna hisobvaraqlariga vakolatli davlat organi tomonidan moliyalashtirib boriladi.
27. Zarur hollarda, vakolatli davlat organining mahalliy darajada tashkil etilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i vakolatli davlat organi qarori bilan keyinchalik taqsimlash uchun vakolatli davlat organiga qaytariladi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank” ATB, AT Xalq banki va ularning hududiy bo‘linmalari hamda vakolatli davlat organi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish tizimi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
| Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi | ||||||||||
| (titul varag‘i) | ||||||||||
| LOGOTIP O‘RNI | ||||||||||
| ________________________________________________________________________________________ | ||||||||||
| (nodavlat ta’lim tashkiloti/professional ta’lim tashkiloti /Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi/hududiy filial nomi) | ||||||||||
| KASB-HUNAR VA TADBIRKORLIKKA O‘QITISH DASTURI BO‘YICHA O‘QUV KURSLARINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLAGANLIK TO‘G‘RISIDA SERTIFIKAT | ||||||||||
| № 000000 | ||||||||||
| _________________________________________________________ _________________________________________________________ | ||||||||||
| (familiyasi, ismi, otasining ismi) | ||||||||||
| “____________________________________________________________________________________” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi. | ||||||||||
| _____________________________ | ___________________ | |||||||||
| (direktor yoki vakolatli shaxs F.I.O) | muhr o‘rni | (imzo) | ||||||||
| 20___ yil “___” ______________ | ||||||||||
| (berilgan sana) | ||||||||||
| ______________ viloyati ___________ tumani/shahri | ||||||||||
2-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
| 1-bosqich | Nodavlat ta’lim tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — NTT) | Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi. | Har yili 1-noyabrga qadar | |||
| Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) | Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy maktabga ariza taqdim etadi. | |||||
| Professional ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — PTT) | Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi. | |||||
| 2-bosqich | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra NTT va PTTlar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi. | Har yili 1-dekabrga qadar | |||
| Oliy maktab | Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra hududiy filiallar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va hududiy filiallar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi. | |||||
| 3-bosqich | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oliy maktab tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandida nazarda tutilgan talablar asosida o‘rganib chiqadi, belgilangan talablar ta’minlanmagan taqdirda, NTTlar, PTTlar va Oliy maktab hududiy filiallarini elektron reyestrga kiritmaydi, bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi, taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi. | 2 ish kuni ichida | |||
| 4-bosqich | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab | Hujjatlar qaytarilganligi to‘g‘risida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi. | 1 ish kuni ichida | |||
| 5-bosqich | NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari | Kamchiliklar bartaraf etilib, Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabga qayta taqdim qiladi. | Xabarnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida | |||
| 6-bosqich | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab | NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, ma’lumot, hujjatlar hamda ro‘yxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi. | 2 ish kuni ichida | |||
| 7-bosqich | Vakolatli davlat organi | Takroran taqdim etilgan ro‘yxat, ma’lumot va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqadi. Qayta ko‘rib chiqilgan ro‘yxatni umumlashtirgan holda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantiradi. | Belgilangan tartibda har yili 1-yanvarga qadar | |||
| 8-bosqich | Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi | NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va to‘lov asosida o‘qishga qabul qilinadi. | Murojaat qilingan kundan boshlab | |||
| 9-bosqich | NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari | Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, o‘qituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan �eng foydalanilgan holda an’anaviy usulda o‘quv kurslarini olib boradi. | Belgilangan muddatlarda | |||
| 10-bosqich | NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari | Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi. | O‘quv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin | |||
| 11-bosqich | Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari | O‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra tinglovchilarni Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari vakillarini jalb qilib, real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda test va imtihon sinovidan o‘tkazadi. Shuningdek, zarur hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olishi mumkin. | Belgilangan muddatlarda | |||
| 12-bosqich | NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari | Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga sertifikat beradi. | Belgilangan muddatlarda | |||
| 13-bosqich | NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari | Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tegishli qiymatini qoplab berish uchun Nizomning 23-bandida qayd qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalariga rasmiy murojaat qiladi. | Shartnomaga muvofiq | |||
| 14-bosqich | Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari | NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar o‘rtasi�a tuzilgan uch tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan o‘quv kurslarining tegishli qiymati asosida kompensatsiya qiladi. | Shartnomada belgilangan muddatda | |||
| 15-bosqich | Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari | Agar, hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi. (NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli). | Besh ish kuni ichida | |||
| 16-bosqich | Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari | Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng NTT, PTT, Oliy maktabga belgilangan kompensatsiya mablag‘larini o‘tkazib beradi. | Uch ish kuni ichida | |||
| 17-bosqich | NTT, PTT, Oliy maktab | Sertifikat olgan bitiruvchilar haqida haqqoniy ma’lumot taqdim etmagan bo‘lsa, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablag‘larini qaytarib beradi. | Ikki ish kuni muddatida |
3-ILOVA
Nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha
| 1. | Pazandalik, oshpazlik va novvoylik. |
| 2. | Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish. |
| 3. | Qandolatchilik, pazandachilik va karving. |
| 4. | Tikuvchilik (to‘qimachilik sohasining barcha turdagi xizmatlari). |
| 5. | Gilam to‘qish. |
| 6. | Charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish, ta’mirlash. |
| 7. | Zardo‘zlik, kashtachilik va gazlamalarga gul bosish. |
| 8. | Zargarlik va bijuteriya tayyorlash. |
| 9. | Sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari. |
| 10. | Kosmetolog. |
| 11. | Uy hamshiraligi, bolalar va qariyalar parvarishi. |
| 12. | Kir yuvish va dazmollash xizmatlari. |
| 13. | Ko‘p qavatli uylar va binolarga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya va joriy ta’mirlash. |
| 14. | Umumiy qurilish ishlari (beton quyish, g‘isht va kafel terish, suvoqchilik, bo‘yoqchilik va pardozlash ishlari). |
| 15. | Darvoza, eshik va derazalar yasash va ta’mirlash (yog‘och, plastik, metall va boshqa). |
| 16. | Slesar, tokar va metallarga ishlov berish, buyumlar yasash. |
| 17. | Duradgorlik, yog‘och buyumlarini yasash. |
| 18. | O‘ymakorlik va ganchkorlik. |
| 19. | Kulolchilik. |
| 20. | Tosh, marmar, granit va boshqa inert materiallarga ishlov berish. |
| 21. | Haykaltaroshlik hamda kichik me’moriy shakllarni yasash va o‘rnatish. |
| 22. | Milliy musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash. |
| 23. | Mebelsozlik. |
| 24. | Santexnika uskunalarini o‘rnatish va ta’mirlash. |
| 25. | Elektropayvand, elektromontyorlik xizmati. |
| 26. | Maishiy texnikalar, kompyuter va ofis jihozlarini o‘rnatish, tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish. |
| 27. | Avtotransport vositalarini ta’mirlash va jihozlash. |
| 28. | Obodonlashtirish va landshaft dizayn ishlarini tashkil etish. |
| 29. | Gul yetishtirish, gulchambarlar, gulli bezak va dekoratsiyalar tayyorlash. |
| 30. | Tantanalar, marosimlar, to‘y va tadbirlarni tashkil etish hamda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish. |
| 31. | Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis). |
| 32. | Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, vizuallashtiruvchi dizayner, texnik dizayner, moushn-dizayner, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator va boshqalar). |
| 33. | Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, kontent-menejer, muharrirlik xizmatlarini tashkil etish). |
| 34. | Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi). |
| 35. | Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent). |
| 36. | Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi). |
| 37. | Buxgalteriya hisobi. |
| 38. | Brokerlik, rieltorlik, baholash ishlari. |
| 39. | Deklarant (tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi rasmiyatchiligi). |
| 40. | Logistika (yuk va yo‘lovchi tashish xizmati operatori). |
| 41. | Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlar reklamasini tashkil etish. |
| 42. | Turizm, mehmonxona va gid xizmatlari. |
| 43. | Bosma nashrlarni ishlab chiqarish va chakana savdo qilish. |
| 44. | Chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish. |
| 45. | Parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish. |
| 46. | Asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish. |
| 47. | Baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish. |
| 48. | Veterinariya va zootexnika. |
| 49. | Qassobchilik va kushxona xizmatlari. |
| 50. | Intensiv bog‘bonlik, mevali va manzarali daraxtlar yetishtirish va ularni parvarishlash. |
| 51. | Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, yuritish va mahsulotlar yetishtirish. |
| 52. | O‘simliklarni kimyoviy himoyalash xizmatlari. |
| 53. | Meva-sabzavotlarni saralash, saqlash, qadoqlash va birlamchi qayta ishlash. |
| 54. | Tish texnigi”. |
| 55. | Xorijiy tillarni o‘rganish (mukammal so‘zlashish darajasida). |
6. 2-ilovada:
sertifikat — NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga mazkur Nizomga 1-ilova qilingan namuna asosida taqdim etiladigan malakaviy hujjat;
b) 4-banddagi “NTTlarning” so‘zi “NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;