20.07.2023 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim sanoat sohalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish va muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bu borada oʻtkazilgan taxlil natijalari atrof-muxitni muhofaza qilish sohasida kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning samarali va zamonaviy usullarini joriy etish zaruratini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohalar va tarmoqlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish, shuningdek, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “yashil” texnologiyalardan foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalarni va xavfsiz kimyoviy moddalarni qoʻllashga oʻtish boʻyicha quyidagi tarmoq korxonalarida ustuvor yoʻnalishlarni belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish materiallarini ishlab chiqarish (“Ohangaronsement” AJ hamda “Knauf Gips Fargʻona” MChJ misolida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metallurgiya sanoati (“Olmaliq KMK” AJ misolida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sanoati (“Maxam-Chirchiq” AJ misolida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik sanoati (“Zelal Tekstil” MChJ XK misolida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu korxonalarning oʻz faoliyatida kuyidagi tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhit obyektlarini (atmosfera havosi, suv, er, tuproq, yer qaʼri va bioxilma-xillik) antropogen taʼsir va boshqa salbiy taʼsir qiluvchi omillardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik jihatdan eng kam xavf tugʻdiruvchi materiallar, mahsulotlar, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor ravishda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” iqtisodiyot va “yashil” oʻsish tamoyillarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda hosil boʻladigan chiqindilarni “nol” chiqindi tamoyili asosida toʻliq qayta ishlashga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va unga tutash hududlarda tuproq unumdorligini hisobga olgan holda iqlimga mos “yashil belbogʻ”larni barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllagan holda, yogʻingarchilik davrida bino va inshootlarning tom qismlarida hosil boʻladigan suvdan keyinchalik sugʻorish va obodonlashtirish maqsadlari uchun foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiyani joriy etish va oʻziga tegishli boʻlgan xizmat avtotransportlarini bosqichma-bosqich elektromobil va gibrid avtomobillarga almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish jarayonida hujjatlar almashinuvini qogʻoz shaklidan toʻliq elektron shaklga oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tarmoq korxonalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tarmoqni chiqindisiz sohaga aylantirish, shuningdek, aylanma iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzkimyosanoat” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, 2024-yil uchun belgilangan vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yildan boshlab ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar misolida amalga oshirilgan ilgʻor tajribalardan kelib chiqqan holda, ijobiy natijalarning tarmoqdagi boshqa korxonalarda ham joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iklim oʻzgarishi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-oktabrdan boshlab respublikadagi atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlarini amalga oshirayotgan subyektlar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan ekologik audit oʻtkazish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy taʼsirchan monitoringni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-dekabrga qadar “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi holati va erishilgan natijalarni har tomonlama taxlil qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga batafsil axborot kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda paxta tozalash korxonalarida yuqori samarador chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish boʻyicha 2024-2025-yillarga moʻljallangan dasturni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-iyuldagi 300-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq korxonalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tarmoqni chiqindisiz sohaga aylantirish, shuningdek, aylanma iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Bajarish uchun masʼul tashkilotlar

I. QURILISh SANOATI

(“Ohangaronsement” AJ misolida)

1.

Korxonaning ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan sement changini qayta ishlash, ifloslantiruvchi manbalar va atrof tabiiy muhitning onlayn monitoringini yoʻlga qoʻyish orqali hududning atmosfera havosini muhofaza qilish.

1. Tozalash uskunalarida ushlab qolingan sement changini qayta ishlab chiqarish jarayoniga yoʻnaltirish.

“Ohangaronsement” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil davomida

“Ohangaronsement” AJ,

Energetika vazirligi,

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Xoʻl usuldagi klinker ishlab chiqaruvchi uch dona aylanma pechlarda kaolin qoʻshimchasi qoʻshish orqali yoqilgʻi sarfini 3,5 — 4 kg shartli yoqilgʻiga kamaytirish.

2023-yil III chorak

3. Ohangaron shahri hududi atmosfera havosining ifloslanganlik darajasini monitoring qiluvchi 1 dona statsionar kuzatuv punktini oʻrnatish.

2023-yil IV chorak

4. Korxonada 4 ta ifloslantiruvchi ustuvor manbalarga avtomatik tahlil stan�iyalarini oʻrnatish.

2024-yil I chorak

5. Kuydirish va maydalash sexidagi maʼnan va jismonan eskirgan 3 ta chang-gaz tozalash uskunasini modernizatsiya qilish orqali uning samaradorligini oshirish.

2023-yil mavsum davomida

6. Korxona va unga tutash hududlarda “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

2.

Qayta tiklanuvchi energiyani joriy etish orqali isteʼmol qilinadigan elektr energiyasini 30 foizgacha tejash hamda arzon narxda sement mahsulotlarini ishlab chiqarish.

1, Saralash shaklida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, shuningdek, maydalash, tashish jarayonlarini oʻz ichiga olgan muqobil yoqilgʻi sifatida qattiq maishiy chiqindilardan foydalangan holda portlandsement klinkerini ishlab chiqarish.

“Ohangaronsement” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil IV chorak

“Ohangaronsement” AJ,

Energetika vazirligi,

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Xizmat uyi tomiga geliokollektorlar oʻrnatish.

2023 yil davomida

3. Elektr taʼmirlash boʻlinmasi binosiga geliokollektorlar oʻrnatish.

4. Sherobod sement zavodi tajribasi misolida zamonaviy va ilgʻor texnik, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ikkilamchi chiqindi issiqlik gazidan elektr energiyasi olishni yoʻlga qoʻyish loyihasini ishlab chiqish.

2024 yil II chorak

5. Loyihani amalga oshirish.

2025 yil

3.

Korxona faoliyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish darajasini oshirish.

1. Xoʻl usuldagi klinker ishlab chiqaruvchi uch dona aylanma pechlarda kaolin qoʻshimchasi qoʻshish orqali yoqilgʻi sarfini kamaytirish.

2023-yil III chorak

2. Xizmat uyi va elektr taʼmirlash boʻlinmasi binosiga geliokollektorlar oʻrnatish (200 litr).

2023-yil davomida

3. Xizmat avtotransportlarini bosqichma-bosqich elektromobil. va gibrid avtomobillarga almashtirish.

2023-2024 yillar davomida

4.

Atrof-muhitga zararlarni minimallashtirish, aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish va zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilishini taʼminlash.

1. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda aylanma biznes modellarini ishlab chiqish va tatbiq etish choralarini koʻrish.

2023-yil davomida

2. Muomalada boʻlgan kimyoviy moddalarni xatlovdan oʻtkazish va xavfsizroq moddalarni qoʻllashga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlovchi reja ishlab chiqish.

doimiy

3. Faoliyatni ISO 14001 ekologik menejment tizimiga muvofiqlashtirish.

2023-yil yakuniga kadar

5.

Yer va suv resurslarini muhofaza qilish, chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish orqali korxonaning ishlab chiqarish jarayonida ikkilamchi xomashyo ajratib olish hamda yer resurslarini muhofaza qilish.

1. “Qushbuloq Karaxtay” konida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish.

2023-yil III chorak

2. Korxona faoliyatida yiliga hosil boʻladigan 2,2 ming tonna chiqindilardan qayta foydalanish va ularni qayta ishlash uchun boshqa korxona va tashkilotlarga realizatsiya qilish.

doimiy

3. Alohida belgili 5 turdagi kongeynerlarni oʻrnatish orqali chiqindilarni saralab yigʻish tizimini joriy qilish.

2023-yil IV chorak

4. Suv taʼminotining aylanma siklini keng joriy etishni taʼminlash va umumiy suv isteʼmolini qisqartirish.

doimiy

6.

“Ohangaronsement” AJ misolida amalga oshirilgan tajribalardan kelib chiqib, ularni boshqa korxonalarda keng joriy etish.

Tajribalardan kelib chiqib, ushbu amaliyotlarni boshqa yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda keng joriy etish boʻyicha dastur qabul qilish.

Bunda:

energiya resurslarini iqtisod qilish maqsadida sement ishlab chiqarishning quruq usulini keng joriy etish;

tik pechlarda klinker ishlab chiqarishdan toʻliq voz kechish orqali energiya resurslarini iqtisod qilish va atmosferaga tashlamalarni, shu jumladan, uglerod dioksidi tashlamalarini kamaytirish;

atmosfera havosiga tashlamalarni kamaytirish maqsadida mahalliy koʻmir oʻrniga kamchiqitli koʻmirdan foydalanish;

kul agʻdarmalaridagi mavjud kuldan sementni tortishda (kukun qilib maydalashda) qoʻshimcha xomashyo sifatida foydalanish tadbirlarini inobatga olish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024 yildan boshlab

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

(“Knauf Gips Fargʻona” MChJ misolida )

7.

Yuqori sifatli gips qurilish plitalari va quruq gips aralashmalari ishlab chiqarish.

Har yili 17 mln m2 gips qurilish plitalari va 40 ming tonna quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish.

Bunda, Germaniya texnologiyasi va yuqori ekologik standlarga muvofiq ishlab chiqarish jarayonini yoʻlga qoʻyish.

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ mablagʻlari hisobidan

Har yili

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ
(kelishuvga asosan),

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

8.

Gips ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan gips changini qayta ishlash, ifloslantiruvchi manbalar va atrof tabiiy muhitning onlayn monitoringini yoʻlga qoʻyish orqali atmosfera havosini muhofaza qilish.

1. Hududda ortiqcha chang moddalari paydo boʻlishining oldini olish maqsadida soʻnggi avlod chang yigʻish qurilmalaridan foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha milliy meʼyorlarga va global standartlarga rioya etilishini taʼminlash.

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ mablagʻlari hisobidan

doimiy

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ
(kelishuvga asosan),

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Fargʻona viloyat hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oʻzbekiston tumani hududi atmosfera havosining ifloslanganlik darajasini monitoring qiluvchi 2 dona statsionar kuzatuv punktini oʻrnatish.

Fargʻona viloyat hokimligi mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

2024-yil I chorak


2023-yil IV chorak

3. Korxonada 2 ta ifloslantiruvchi ustuvor manbalarga avtomatik tahlil stansiyalarini oʻrnatish.

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil mavsum davomida

4. Korxona va unga tutash hududlarda “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

9.

Gips ishlab chiqarishda tayyor mahsulotini ekologik markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Gips ishlab chiqarishda tayyor mahsulotni ekologik markirovkalash standartini ishlab chiqish.

2. Mutasaddi vazirlik, idora hamda gips va ohak ishlab chiqarish korxonalari bilan kelishilgan ravishda buyruq tasdiqlash.

Mablagʻ talab etilmaydi

2023-yil oktyabr

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

10.

Kon qazish ishlari jarayonida hosil boʻladigan sanoat chiqindilarini tartibga keltirish.

Kon maydonlari hududlariga sanoat chiqindilarini noqonuniy tashlab ketish holatlarining oldini olish va doimiy nazorat ishlarini tashkil qilish maqsadida hudud perimetri va yoʻl boʻylab maxsus videokuzatuv qurilmalarini oʻrnatish.

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ mablagʻlari hisobidan

2025-yil

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ (kelishuvga asosan)

11.

Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati uchun olingan ekologik ekspertiza xulosalarida koʻrsatib oʻtilgan shartlarning bajarilishini taʼminlash.

Gips qurilish plitalari va quruq gips aralashmalarini ishlab chiqarish faoliyati uchun olingan ekologik ekspertiza xulosasida koʻrsatib oʻtilgan shartlarni tahlil qilish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2023-yil sentyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Taqdim etilgan shartlar bajarilishini taʼminlash va nazoratga olish.

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ mablagʻlari hisobidan

doimiy

“Knauf Gips Fargʻona” MChJ

(kelishuvga asosan)

P. METALLURGIYA SANOATI BOʻYIChA

(“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ misolida)

12.

Atrof-muhitga zararlarni minimallashtirish, aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish va zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilishini taʼminlash.

Pyx zavodida oltingugurt oksidi tashlamalarini ushlab qolish va qayta ishlash orqali yillik ishlab chiqarish quvvati 180 ming tonna boʻlgan yangi sulfat kislota sexi (SK-6) qurilishi boʻyicha loyiha ishlarini amalga oshirish.

Bunda:

xorijiy tajribani oʻrgangan holda, aylanma biznes modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

hosil boʻladigan zararli gazlarni qayta ishlash orqali tayyor xomashyo olish;

faoliyatni ISO 14001 ekologik menejment tizimiga muvofiqlashtirish.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil IV chorak

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

Korxona tomonidan atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning onlayn monitoringini yoʻlga qoʻyish orqali atrof-muhitga boʻladig�n taʼsirni kamaytirish.

1. Atmosfera havosiga tashlamalarni onlayn tahlil qilish maqsadida korxonaning Mis eritish zavodining ustuvor manbaiga 1 dona avtomatik tahlil stansiyasini oʻrnatish.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mablagʻlari hisobidan

2023 yil IV chorak

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Maʼnan va jismonan eskirgan 60 ta chang-gaz tozalash uskunalarini kapital taʼmirlash hamda 250 tasini modernizatsiya qilish hisobiga samaradorlikni 95,0 va 99,5 foizga yetkazish.

doimiy

3. Atmosferaga tashlamalarni onlayn tahlil qilish maqsadida ishlab chiqarish sanitar hududi boʻylab avtomatik tahlil qilish gazanalizatorlarini oʻrnatish va maʼlumotlarni yagona bazaga integratsiya qilish.

2024 yil I chorak

14.

Yer resurslarini muhofaza qilish, chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish orqali korxonaning mis eritish jarayonida ikkilamchi xomashyo ajratib olish.

1. Hosil boʻladigan togʻ jinslari hajmini 50 foizga qisqartirish.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mablagʻlari hisobidan

2024-2025-yillar

2. Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish.

doimiy

3. Mis eritish jarayonida yillik hosil boʻladigan 650 ming tonna shlak chiqindilarini qayta ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil I chorak

4. Qayta ishlangan shlak chiqindilaridan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish.

2024-yildan boshlab

5. Alohida belgili chiqindi kongeynerlarini oʻrnatish asosida qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimini joriy qilish.

2023-yil III chorak

15.

Korxona faoliyatida qayta tiklanuvchi energiyani joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish.

1. Chilangarlik dastgohida shpindelni aylantiruvchi yuritmani boshqarish uchun asinxron elektr dvigatelga almashtirish.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mablagʻlari hisobidan

2024-yil I chorak

2. Xizmat avtotranspo�tlarini bosqichma-bosqich elektromobil va gibrid avtomobillarga almashtirish.

2023-2024 yillar

Sh. KIME SANOATI BOʻYIChA

(“Maxam-Chirchiq” AJ misolida)

16.

Aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish.

1. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, aylanma biznes modellarini ishlab chiqish va tatbiq etish choralarini koʻrish.

“Maxam-Chirchiq” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil davomida

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

“Maxam-Chirchiq” AJ,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning uzoq muddatli yaroqliligini va sifatini taʼminlash.

doimiy

17

Korxona faoliyati natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish, uglerod neytralligini taʼminlash.

1. Konsentratlanmagan nitrat kislota ishlab chiqarish sexida (F-11) oʻrnatilgan chang-gaz tozalash uskunasini modernizatsiya qilish.

“Maxam-Chirchiq” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil III chorak

2. Korxonaning sanitar himoya zonasida oʻrnatilgan atmosfera havosi tarkibini kuzatib boruvchi uch dona statsionar kuzatuv postlarini Tabiat resurslari vazirligining Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

2023-yil IV chorak

3. Korxona va unga tutash hududlarda “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

2023-yil mavsum davomida

18.

Korxonaning mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish sexlaridagi zamonaviy texnologik jarayonlarini qoʻllash orqali suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ularning ifloslanishini kamaytirish.

1. Suv aylanma siklida tomchi ushlagichlar texnologiyasini qoʻllash orqali Ammiak-2 ishlab chiqarish sexida ishlatiladigan suv resurslarini tejash.

“Maxam-Chirchiq” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil III chorak

2. Karbamid ishlab chiqarish sexida D-501 desorberini modernizatsiya qilish orqali hosil boʻlgan sanoat oqova suvlarini tozalashni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil I chorak

19.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning innovatsion yechimlarini joriy etish.

1. Quvvati 100 kVt boʻlgan 4 ta va 200 kVt boʻlgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish.

“Maxam-Chirchiq” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil IV chorak

2. Xoʻjalik faoliyatini issiq suv bilan taʼminlash uchun 20 dona quyosh kollektorlarini oʻrnatish.

2024-yil I chorak

3. Suv taʼminoti sexida quvvati 10 kVt boʻlgan mikro GES oʻrnatish va ishga tushirish.

2024-yil III chorak

4. Xizmat avtotransportlarini bosqichma-bosqich elektromobil va gibrid avtomobillarga almashtirish.

2023-2024 yillar

20.

Yer resurslarini muhofaza qilish hamda ishlab chiqarish faoliyatida “nol” chiqindi tamoyilini joriy etish.

1. Alohida belgili 5 turdagi konteynerlarni oʻrnatish orqali chiqindilarni saralab yigʻish tizimini joriy qilish.

2. Korxonada yiliga oʻrtacha hosil boʻladigan 350 tonna ishlatilgan katalizatorlarni hamda boshqa turdagi chiqindilarni qayta ishlash uchun tegishli korxonaga realizatsiya qilish.

“Maxam-Chirchiq” AJ mablagʻlari hisobidan

2023-yil IV chorak

3. Korxona faoliyati natijasida hosil boʻladigan chiqindilardan qayta foydalanish va ularni qayta ishlash uchun boshqa korxona va tashkilotlarga realizatsiya qilish.

doimiy

21

“Maxam-Chirchiq” AJ misolida amalga oshirilgan tajribalardan kelib chiqib, ularni boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalarda keng joriy etish.

Tajribalardan kelib chiqib, yuqoridagi barcha amaliyotlarni boshqa yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarda keng joriy etish boʻyicha dastur qabul qilish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024 yildan boshlab

“Oʻzkimyosanoat” AJ

IV. TOʻQIMAChILIK SANOATI
(“Zelal Tekstil” MChJ xususiy korxonasi misolida)

22.

Atrof-muhitga zararlarni minimallashtirish, aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish va zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilishini taʼminlash.

1. Aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot

amaliyotini joriy qilish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish.

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, aylanma biznes modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish choralarini koʻrish.

3. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning uzoq muddatli yaroqliligini va sifatini taʼminlash.

4. Materiallar qoldiqlarini qayta foydalanishga yoʻnaltirish uchun texnologik jarayonlarni koʻrib chiqish.

5. Xom ashyo, materiallar va mahsulot qoldiqlarni qayta ishlatishga qaytarish.

6. Suv taʼminotining aylanma siklini keng joriy etishni taʼminlash va umumiy suv isteʼmolini qisqartirish.

7. Muomalada boʻlgan kimyoviy moddalarni xatlovdan oʻtkazish va xavfsizroq moddalarni qoʻllashga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlovchi reja ishlab chiqish.

8. Faoliyatni ISO 14001 ekologik menejment tizimiga muvofiqlashtirish.

“Zelal Tekstil” MChJ mablagʻlari

2023-2024 yillar

“ZELAL TEKSTIL” MChJ xususiy korxonasi (kelishuvga asosan),

“Oʻztoʻqimachiliksanoat”

uyushmasi

23.

Matoni oqartirish, boʻyash siqish va quritish ishlab chiqarishda jarayonida hosil boʻladigan oqova suvlarni ifloslanish darajasini kamaytirish.

1. Sutkasiga tozalash quvvati 6 ming metr kub boʻlgan zamonaviy fizik va kimyoviy yuqori koʻrsatkichga eta lokal oqova suv tozalash inshootini qurish.

2024-yil III chorak

2. Oqova suvlar hajmini kamaytirish va tozalangan suv resurslaridan qayta foydalanishni (suv aylanma tizimini) yoʻlga qoʻyish.

2024-yil IV chorak

24.

Matoni yuvish va quritish texnologik jarayonida 3 ta bugʻ qozonlarini modernizatsiya qilish orkali issiqlik energiyasi sarfini kamaytirish.

1. Bugʻ qozonlari oʻrniga TG-3020 rusumli quvvati 2300 kVt boʻlgan Gaz ageneratori oʻrnatish.

2023 yil IV chorak

2. Gaz goryelkasining doimiy monitoringini yoʻlga qoʻyish, tabiiy gaz yonishidan hosil boʻladigan issiqlikni suv isitishga qayta yoʻnaltirish orqali issiqlik energiyasidan samarali foydalanish.

2024 yil II chorak

25.

Korxonaning ipdan mato toʻquv sexida quvvati 160 kVt boʻlgan siqilgan havo ishlab chiqarish kompressorlari samaradorligini oshirish orqali yiliga 30 660 kVt elektr energiyasini (15 mln soʻm mablagʻ) iqtisod qilish.

1. Quvvati 100 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish orqali doimiy ishlash jarayonidagi siqilgan havo ishlab chiqarish uchun kompressorning kunduzgi ish faoliyati uchun quyosh energiyasidan foydalanish.

2023-yil IV chorak

2. Hududni kechki yoritish tizimida quyosh energiyasidan foydalanish.

doimiy

26.

Korxona faoliyati natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va saralash bilan bogʻliq ishlarni tizimli tashkil etish.

1. Alohida belgili 5 ta chiqindi konteynerlarini oʻrnatish asosida qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimini joriy qilish.

2023-yil IV chorak

2. Korxona faoliyati natijasida hosil boʻladigan chiqindilardan qayta foydalanish va ularni qayta ishlash uchun boshqa korxona va tashkilotlarga realizatsiya qilish.

3. Elektrotexnik transformator va kondensatorlarni xatlovdan oʻtkazish va tarkibida polixlorbifenillar (PXB) boʻlgan jihozlarni ekspluatatsiyadan chiqarish dasturini ishlab chiqish.

4. Tajribalardan kelib chiqib, ushbu amaliyotlarni boshqa yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarda keng joriy etish boʻyicha dastur qabul qilish.

doimiy

27.

Tajribalardan kelib chiqib, ushbu amaliyotlarni boshqa toʻqimachilik korxonalarida keng joriy etish boʻyicha dastur qab�l qilish.

Tajribalardan kelib chiqib, yuqoridagi barcha amaliyotlarni boshqa yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarda keng joriy etish boʻyicha dastur qabul qilish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024 yildan boshlab

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

ChANG-GAZ TOZALASh USKUNALARINI IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh

28.

Chang-gaz tozalash uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, yirik sanoat korxonalarida chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish.

Bunda birinchi navbatda, atrof-muhitga koʻp zarar yetkazayotgan metallurgiya va kimyo sanoati, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, paxta tozalash korxonalariga eʼtibor qaratish.

1. Navoiy viloyatidagi “Region Biznes Navoiy” hamda “Injiner texnol�g gruup” jamiyatlarida chang-gaz tozalash uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yoʻlga qoʻyish.

Navoiy viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari, tijorat banklari mablagʻlari

2023-yil sentyabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Respublikadagi barcha yirik va oʻrta toifaga mansub sanoat korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil sentyabr — noyabr

3. Xatlov natijalari asosida ushbu korxonalarda mavjud chang-gaz tozalash uskunalarini yangilash va modernizatsiya qilish boʻyicha 2024-2025-yillar uchun alohida dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/300/0507-son)