04.07.2023 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalar hamda ilgʻor xorijiy tajribani joriy etishga moʻljallangan oʻquv rejasi va dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv dasturlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishning oʻquv-metodik hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi yetakchi professor-oʻqituvchilar hamda tajribali amaliyotchi mutaxassislarni taklif etgan holda, innovatsion texnologiyalarga asoslangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasining ilgʻor yutuqlari, masofadan oʻqitish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda malaka oshirishning innovatsion shakllarini joriy etish, oʻquv-metodik resurslarni ishlab chiqish, taʼlim dasturlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli soha xodimlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo hamkorlik qilish, shu jumladan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mashqlar va mashgʻulotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, anjumanlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish orqali sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita raisiga zarur hollarda, tuzilmaga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Qoʻmitaning laboratoriyalari xizmatlaridan hamda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 6-mavze, 36-uy manzilida joylashgan binosidan tinglovchilarga amaliy mashgʻulot oʻtkazish maqsadida bepul foydalanish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining oʻrinbosari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori — oliy taʼlim muassasasi fakulteti dekaniga, direktor oʻrinbosari — oliy taʼlim muassasasi fakulteti dekani oʻrinbosariga, Markazning boshqa xodimlari — oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi kadrlarining malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlari sanitariya-gigiyena, epidemiologiya, mikrobiologiya yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshiradi va qayta tayyorlovdan oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiyot xodimlariga oʻtilgan oʻqish soatlari koʻrsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga tibbiyot, tibbiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda soha boʻyicha mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻmita ikki oy muddatda ochiq tanlov asosida Markazni zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar, zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosini professional darajada taʼminlash qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish va oʻquv jarayonlarini nazorat qilish maqsadida Markazda kuzatuv kengashi tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-sentabrdan boshlab kadrlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirish jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son qarori bilan tasdiqlangan Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida toʻplanadigan kreditlar hajmidan kelib chiqqan holda tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-dekabrga qadar kadrlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirish jarayonlarini muntazam nazorat qilish va shaxsiy hisobini yuritish, masofadan oʻqitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini taʼminlovchi elektron platformani joriy etsin, kadrlarining kasbiy faoliyati natijalari hamda ularning malakasini oshirish jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron platformaga kiritilishi va keyinchalik doimiy yangilab borilishini taʼminlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita elektron platformani yaratish va joriy etish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platformani yaratish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz Qoʻmitaning Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 46-uy manzilidagi binosiga (keyingi oʻrinlarda — obyekt) tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga bitta yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2024-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda obyektni rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2024-yil va kelgusi yillar uchun moʻljallangan ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-iyuldagi 272-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Kuzatuv kengashi

Direktor oʻrinbosari

Xalqaro tajribani oʻrganish, oʻquv-mashgʻulot jarayoniga zamonaviy ilmiy metodikani tatbiq etish boʻlimi

5

Bosh yuriskonsult

1

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etish boʻlimi

4

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

 

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

2

Oʻquv jarayoni monitoringi va sifatini baholash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi

3

Devonxona va arxiv

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Xoʻjalik boʻlimi*

1

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti

Tibbiy taʼlim muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Markaz boshqaruv xodimlari soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 20 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi hamda kafedralarning oʻquv-yordamchi xodimlari soni qonunchilik hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2023-y., 09/23/272/0448-son)