23.06.2023 yildagi SQ-759-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini taʼminlash choralari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 7-apreldagi SQ-719-IV-sonli Qarori bilan muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini taʼminlash choralari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-sonli qaroriga asosan “Moziyga sayohat” dasturi tashkil etilib, uning doirasida 800 mingdan ortiq aholining muzeylarga tashrifi taʼminlangan. Shundan 82 ming nafari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, 605 ming nafari oʻquvchi va talabalar, 113 ming nafari davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi yoʻlga qoʻyilishi natijasida 3 400 ta madaniy boylik aholi tomonidan muzeylarga begʻaraz topshirilgan. Shuningdek, Madaniy meros agentligi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2022-yilda 307 mln soʻmlik 23 ta, 2023-yilda 2,4 mlrd soʻmlik 106 ta ashyo va buyumlar aholidan xarid qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy muzey fondining Davlat katalogi elektron shakli (www.goskatalog.uz) yaratilgan boʻlib, unga 1,2 millionga yaqin muzey ashyolari va kolleksiyalari kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda parlament soʻroviga berilgan javob tahlili unda koʻtarilgan qator masalalar boʻyicha maʼlumotlar toʻlaqonli aks ettirilmaganligini, shuningdek, ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2008-yil 12-sentabrdagi “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonun normalari bugungi kunda oʻz predmeti doirasidagi ijtimoiy munosabatlarni toʻla huquqiy tartibga solish imkoniyatiga ega emasligi aniqlandi. Qonunning 13 ta moddasida havolaki normalarning mavjudligi, vakolatli organning aniq belgilanmaganligi, sohadagi ijtimoiy munosabatlar qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinayotganligi huquqni qoʻllash amaliyotida ziddiyatli holatlarni yuzaga keltirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey binolaridan tashqarida muzey ashyolari va kolleksiyalarining mahalliy va xorijiy koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish qoidalari belgilanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey binolarini qurish, taʼmirlash, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazardan jihozlash meʼyorlari qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida 2022-yilda tashkil etilishi belgilangan restavratsiya laboratoriyalari faoliyati hanuz yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya qilishga qaratilgan markazlashgan laboratoriya tashkil etilishiga ehtiyoj mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizdagi aksariyat muzeylar binolari taʼmirtalab holatda, ayrimlarida isitish va sovitish tizimi ishlamaydi, moddiy-texnik bazasi maʼnan eskirgan, muzeylar ekspozitsiyasining texnik jihozlari muzey talablari va standartlariga mos kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, muzey fondining saqlanish holati harorat va namlik darajasiga hamda xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Eksponatlar koʻrgazmasi uchun joy yoʻqligi sababli koʻplab noyob ashyolar fond zaxiraxonalarida qolib ketmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi 1968-yildan buyon taʼmirlanmagan, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining kommunikatsiya tizimi 1970-yildan beri rekonstruksiya qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-sonli qarori bilan Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilishi belgilangan boʻlsa-da, bugungi kunga qadar mazkur vazifa ijrosi taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylarda chiptalar sotishning avtomatlashtirilgan tizimi toʻliq joriy etilmagan, tashrif buyuruvchilarni hisobga olishga moʻljallangan turniketlar oʻrnatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi qonunchilikka koʻra davlat muzeylariga pulli xizmatlar koʻrsatishga ruxsat etilgan boʻlsa-da, muzeylarda qoʻshimcha marketing va xizmat turlarini tashkil etish tizimi yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar sohasidagi qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinmagan, mazkur sohaga oid monitoring ishlari olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Milliy muzey fondining Davlat katalogi bosma shakli shu kunga qadar chop etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-sonli qarorida 2022-yil 1-iyuldan boshlab har yili hududlardagi tegishli davlat muzeylariga fondni boyitib borish maqsadida tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini xarid qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan 500 mln soʻmdan mablagʻ ajratib borilishi belgilangan. Biroq oʻtgan davr mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan umuman mablagʻ ajratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikadagi muzey rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari hamda chet elda malaka oshirish va tajriba almashish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun fizik, kimyoviy, texnik va boshqa ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar yetishmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylarda oylik maoshlarining pastligi kadrlar qoʻnimsizligiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey fondlarida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalarni ilmiy tadqiq etish, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish, shular asosida elektron kataloglar tayyorlash va noyob qoʻlyozmalarning faksimil nashrlarini amalga oshirish, yangi kashf qilingan manba, arxiv hujjatlari va tarixiy ashyolarni ilmiy tadqiq etish uchun fundamental loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 7-apreldagi SQ-719-IV-sonli Qarori bilan muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini taʼminlash choralari yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan berilgan javobni muhokama qilib, Oliy Majlis Senati bu borada yetarli darajada ishlar amalga oshirilmaganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey binolaridan tashqarida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mahalliy va xorijiy koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey binolarini qurish, taʼmirlash, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi ijrosini qatʼiy nazoratga olish, xususan, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida qurilish va taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi uchun yangi bino qurilgunga qadar muzey fondidagi ashyo va kolleksiyalarni saqlash hamda ularning xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda sohani tartibga soluvchi yagona qonun hujjatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xorijiy tajribalar asosida muzeylar sohasini kompleks rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun inkluziv shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda chiptalar sotishning avtomatlashtirilgan tizimini toʻliq joriy etish, tashrif buyuruvchilarni hisobga olishga moʻljallangan turniketlarni bosqichma-bosqich oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy muzey fondining Davlat katalogi elektron bazasini shakllantirish ishlarini yakuniga yetkazish hamda bosma shaklini chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda muzeylar sohasidagi qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarning malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganligi holatini tahlil qilish, muzeylarning istiqboldagi talab va ehtiyojidan kelib chiqib, tegishli oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey xodimlarining ish haqini oshirish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi muzey fondlarida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalarni ilmiy tadqiq etish, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish, shular asosida elektron kataloglar tayyorlash va noyob qoʻlyozmalarning faksimil nashrlarini amalga oshirish, yangi kashf qilingan manba, arxiv hujjatlari va tarixiy ashyolarni ilmiy tadqiq etish uchun fundamental loyihalarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturida belgilangan tegishli mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Madaniy meros agentligi bilan birgalikda ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilmagan madaniy boyliklarga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar, jumladan, moddiy madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish, shuningdek, alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan ashyolar va hujjatlarni oʻgʻirlash (usulidan qatʼiy nazar) kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlardagi tegishli davlat muzeylariga tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini xarid qilish uchun belgilangan mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetdan hududlardagi davlat muzeylariga tegishli mablagʻlarning ajratilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi ijrosini mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Qaror ijrosi yuzasidan 2023-yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D. Tashmuxamedova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-759-IV-son