27.05.2022 yildagi PQ-261-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning marketing siyosati va xizmatlar sohasini kompleks rivojlantirish, muzeylarga innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek, muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid 2022 — 2024-yillarda yangi tashkil etiladigan ekspozitsiyalarning manzilli rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda davlat muzeylarida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil qilishning manzilli rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlash hamda ularni realizatsiya qilish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muzeylarda xizmatlar sohasini kengaytirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi va ular moddiy rag‘batlantiriladi, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylariga ularda tashkil etiladigan xizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Madaniy meros agentligi) bilan kelishgan hamda bozor konyunkturasini hisobga olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qo‘shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muzeylari tomonidan xizmatlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Turkiya Respublikasining malakali kompaniyasini jalb etgan holda Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2022-yil 1-noyabrga qadar jahonning mashhur muzeylaridagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llagan holda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi binolarini zamonaviy rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalarini yaratish hamda ularda xizmatlar ko‘rsatish sohasini namuna sifatida tayyorlayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin, bunda, zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni chuqur ilmiy-tarixiy asoslanishiga e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Respublika ishchi guruhining (A.A. Abduxakimov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar faoliyatini takomillashtirish va ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu borada belgilangan vazifalarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ular faoliyatini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini tizimli ravishda oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarning zamonaviy yangi konsepsiyalari, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, turistlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, sohaga xorijiy ilg‘or tajribalarni samarali qo‘llash, muzeylar faoliyatini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy ilg‘or arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga e’tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzey faoliyatining yo‘nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan, turistlar uchun ochiq bo‘lmagan va turistik xizmatlar ko‘rsatilmayotgan mos madaniy meros obyektlarini muzeylar, ko‘rgazmalar, art-rezidensiyalar, boshqa madaniyat va turizm obyektlariga aylantirish choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2023 — 2026-yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining manzilli rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, ushbu qarorga 8-ilovaga muvofiq arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konservatsiyalash va ularda ochiq osmon ostida muzey tashkil etish hamda uni turizm obyektiga aylantirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, bu boradagi xarajatlar madaniy meros sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti va tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, davlat tashkilotlari va muassasalari o‘zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.N. Sattarov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan o‘zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlar namunalarining tegishli davlat muzeylariga bepul berilishini muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi 2022-yil 1-iyuldan boshlab tashkil etilsin va doimiy ravishda o‘tkazib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun 2022-yil 1-iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamg‘armasiga Davlat budjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 3 mlrd so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib boriladi, amaliy talabni inobatga olingan holda ushbu mablag‘ miqdori oshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng ko‘lamda targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda joylarda ekspeditsiyalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklarni aniqlash va davlat muzeylariga topshirishda faol ishtirok etgan aholi vakillarining namunali faoliyati keng targ‘ib etiladi hamda ular qo‘llab-quvvatlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili davlat muzeylariga aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda ular haqidagi ma’lumotlar Madaniy meros agentligi va tegishli davlat muzeyining rasmiy veb-saytiga majburiy tartibda joylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini yil davomida yuqori saviyada o‘tkazish va unda faol ishtirok etgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil yakuniga qadar aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Turizm va madaniy meros vazirligi (B.Z. Shaxriyorov), Xalq ta’limi vazirligi (B.O. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshkulov), vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tarixiy manzilgohlariga tashriflarini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, “Moziyga sayohat” dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm infratuzilma subyektlariga (joylashtirish vositalariga) chegirma taqdim qilish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining joylashtirish vositalarida turish xarajatlarining 50 foizgacha miqdori tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining, nogironligi bo‘lgan shaxslarning joylashtirish vositalarida turish xarajatlarining 50 foizgacha miqdori mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari to‘liq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan har yili kamida bir marta budjetdan tashqari mablag‘lar, kasaba uyushmalari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan o‘z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun muzeylarga kirish chiptalarini xarid qilish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2022-yil uchun, shuningdek 2023-yildan har yili dekabr oyiga qadar “Moziyga sayohat” dasturi doirasida tashriflarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, moliyalashtirish miqdori va manbalari belgilangan holda, jumladan muzeylarga tashrifi tashkil etiladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar kesimida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, yirik tarmoq va sohalar kesimida davlat tashkilotlarining xodimlari soni nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muzeylar faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning har yilgi kalendar rejasini Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi, mazkur kalendar reja Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi va davlat muzeylarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi hamda turizm faoliyati subyektlariga yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali Madaniy meros agentligining bosh axborot hamkori etib belgilanadi. Bunda, Madaniy meros agentligi va “O‘zbekiston tarixi” telekanali har yarim yillik uchun madaniy meros va muzeylar sohasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha media-rejani ishlab chiqib, amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi tomonidan namoyish etishga tayyor holda taqdim etiladigan materiallarni “O‘zbekiston tarixi” telekanalida tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan vaqtlarda bepul efirga uzatish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan har yili kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual targ‘ibot materiallari tayyorlanib, keng ommalashtirib boriladi. Bu boradagi xarajatlar mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy madaniy meros obyektining ko‘chmas mulki hisoblanmagan davlat muzeylari hududlaridagi bo‘sh yer maydonlariga belgilangan tartibda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) o‘rnatiladi, ushbu tadbirlar Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muzeylar faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yildan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikki yilda bir marta may oyining ikkinchi o‘n kunligida “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yo‘li” tadqiqotlari” ko‘p jildli katalog taqdimoti, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili muzeylarga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan muzeylar sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning kamida 10 nafarini chet elga malaka oshirish va tajriba almashish uchun yuborish majburiy yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili kamida 2 ta madaniy meros sohasidagi tashkilot, shu jumladan muzey hamda 100 nafar mutaxassisga Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) a’zolik badalini to‘lab berish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qaratilgan choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) Madaniy meros agentligi, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi (Sh.Sh. Xasanov), Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda har bir muzeydagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa fondlardagi madaniy boyliklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish manzilli rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu manzilli rejaga muvofiq mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha muzeylardagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa fondlardagi madaniy boyliklarni malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar komissiyalarini tuzgan holda to‘liq xatlovdan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa madaniy boyliklarni ishonchli muhofaza qilish choralarini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Madaniy meros agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.H. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muzeylaridagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish hamda Milliy muzey fondi davlat elektron katalogini to‘liq shakllantirish va samarali yuritish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogida noyob muzey ashyolarining yuqori sifatdagi fotosuratlari va 3D ko‘rinishlarini joylashtirib, ularni monetizatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogining madaniy boyliklarning xalqaro qidiruv tizimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektron xizmatlar ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Madaniy meros agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Madaniy meros agentligi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A.A. Jo‘raboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-261-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Muzey nomi

Davlat muzeylarida qo‘shimcha tashkil etiladigan xizmatlarning turlari, ularning boshlanish muddatlari va eng kam miqdorlari

“Muzeyda tun”, “Open Air Fest” kabi ko‘ngilochar dasturlar, konsert, tomoshalar

Usta-hunarmandlarning mahorat darslari

Sovg‘alar va suvenir do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari

Onlayn do‘konlar

Rassomlar, artistlar va folklor jamoalari, hunarmandlar uchun maxsus hududlar

Fotosessiya uchun maxsus hududlar

1.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Har oy

(4 ta)

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (10 ta)

2023-yil mart

2022-yil iyul

2022-yil iyul

(10 ta)

2.

“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Har oy

(4 ta)

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (10 ta)

2023-yil mart

2022-yil iyul

2023-yil mart

(10 ta)

3.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Har oy

(4 ta)

Har oy

(5 ta)

2022-yil sentabr (10 ta)

2023-yil mart

2022-yil iyul

2022-yil iyul

(10 ta)

4.

“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Har oy

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (3 ta)

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2022-yil iyul

(5 ta)

5.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Har oy

Har oy

(5 ta)

2022-yil iyul (3 ta)

2023-yil mart

2022-yil avgust

2023-yil mart

(5 ta)

6.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Har oy

Har oy

(5 ta)

2022-yil noyabr (3 ta)

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2023-yil mart

(3 ta)

7.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil iyul

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

8.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil iyul

2023-yil mart

2023-yil may

2022-yil avgust

9.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

10.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Har chorak

(2 ta)

Har chorak

(5 ta)

2022-yil iyul

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

11.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil aprel

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2023-yil mart

12.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

Har chorak

2023-yil yanvar

2023-yil mart

2023-yil mart

13.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil sentabr

2023-yil mart

2023-yil dekabr

2023-yil mart

14.

O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil aprel

2023-yil mart

2023-yil aprel

2023-yil dekabr

15.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil sentabr

2022-yil avgust

16.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil sentabr

2023-yil mart

2023-yil may

2023-yil mart

17.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil may

2023-yil mart

2023-yil dekabr

2023-yil mart

18.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil iyul

2023-yil mart

19.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil mart

2023-yil mart

2023-yil may

2023-yil mart

20.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil aprel

2023-yil mart

2022-yil iyul

2023-yil mart

21.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2023-yil mart

22.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil sentabr

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2023-yil mart

23.

Termiz Arxeologiya muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil avgust

2023-yil mart

2023-yil may

2023-yil mart

24.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil sentabr

2023-yil mart

2023-yil iyul

2023-yil mart

25.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil avgust

2023-yil mart

2023-yil dekabr

2023-yil mart

26.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Har chorak

Har chorak

2023-yil dekabr

2023-yil noyabr

2023-yil sentabr

2023-yil iyun

27.

Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Har chorak

Har chorak

2022-yil oktabr

2023-yil mart

2022-yil dekabr

2023-yil mart

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: davlat muzeylarida ushbu manzilli rejada ko‘rsatilmagan boshqa xizmatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi. Davlat muzeylari 2022-2023-yillar va kelgusi yillarda ushbu manzilli rejada belgilangan ko‘rsatkichlardan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid 2022 — 2024-yillarda yangi tashkil etiladigan ekspozitsiyalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Muzey nomi

Ekspozitsiya nomi va unda alohida e’tibor beriladigan jihatlar

Muddati

Mas’ullar

1.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

O‘zbek xalqi tarixining asosiy bosqichlari

(eng qadimgi davrdan bugungacha)

2022-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya

Kishilik tarixidagi Birinchi Renessans

Aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar rivojidagi tarixiy yuksalishda yurtimiz olimlarining xizmatlari:

Muhammad al-Xorazmiy;

Ahmad Farg‘oniy;

Imom al-Buxoriy;

Muhammad at-Termiziy;

Abu Nasr Farobiy;

Abu Bakr Xorazmiy;

Abu Abdulla Xorazmiy;

Abu Rayhon Beruniy;

Ibn Sino;

Yusuf Xos Hojib;

Mahmud Qoshg‘ariy;

Ahmad Yassaviy;

Ismoil Jurjoniy;

Mahmud az-Zamaxshariy;

Mahmud Chag‘miniy;

Burhoniddin al-Marg‘inoniy;

Najmiddin Kubro.

2023-yil aprel

Kishilik tarixidagi Ikkinchi Renessans

Amir Temur va temuriylar davri;

Bahouddin Naqshband;

Sa’diddin Taftazoniy;

Mir Sayyid Jurjoniy;

Xoja Muhammad Porso;

Mirzo Ulug‘bek;

Qozizoda Rumiy;

Nizomiddin Shomiy;

Sakkokiy;

G‘iyosiddin al-Koshiy;

Yoqub Charxiy;

Sharafiddin Ali Yazdiy;

Hofizi Abru;

Lutfiy;

Ali Qushchi;

Xoja Ahror;

Abdurazzoq Samarqandiy;

Abdurahmon Jomiy;

Mirxond;

Davlatshoh Samarqandiy;

Alisher Navoiy;

Kamoliddin Behzod;

Xondamir;

Zahiriddin Muhammad Bobur.

2023-yil aprel

2.

Toshkent tarixi muzeyi

Qadimgi Toshkent

(Toshkent vohasi moddiy madaniyati)

Toshkent Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlarida

Qaffol Shoshiy;

Zangiota;

Shayx Zayniddin bobo;

Shayx Xovandi Tohur

Hofiz Ko‘hakiy;

Shoshiy taxallusi bilan mashhur allomalar.

2023-yil aprel

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya

3.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

Sharq allomalarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi

Muhammad al-Xorazmiy;

Ahm��d Farg‘oniy;

Abu Rayhon Beruniy;

Ibn Sino;

Mahmud Chag‘miniy;

Mirzo Ulug‘bek;

Ali Qushchi va boshqalar.

2022-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

4.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari san’ati

Birinchi Renessans davri me’morchilik san’ati;

Ikkinchi Renessans davri me’morchilik san’ati;

Mirak Naqqosh;

Kamoliddin Behzod;

Mahmud Muzahhib;

Sulton Ali Mashhadiy;

Xattotlik san’ati tarixi.

2023-yil mart

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qadimgi sivilizatsiya izlari

Qadimgi madaniyat;

Ayozqal’a;

Katta Guldursunqal’a;

Qirqqizqal’a;

Tuproqqal’a;

Chilpiqqal’a;

Gaurqal’a.

2023-yil aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

6.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Boburiylar yurti

Mingtepa;

Andijon;

Zahiriddin Muhammad Bobur;

Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.

2023-yil aprel

Andijon viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

7.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Islom yuksalgan yurt

Boykent;

Varaxsha;

Alp Er To‘nga;

Hofiz Kabir Buxoriy;

Imom al-Buxoriy;

Bahouddin Naqshband;

Ibn Sino;

O‘zbek davlati somoniylar, qoraxoniylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar davrlarida;

Jadidlar.

2023-yil noyabr

Buxoro viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

8.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Yurt darvozasi

Toshqo‘rg‘on;

Qaliyatepa;

Ustrushona;

Temir darvoza;

1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni.

2023-yil aprel

Jizzax viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

9.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Nasafiylar yurti

Yerqo‘rg‘on;

Uzunqir;

Sangirtepa;

Nasaf;

Nasafiylar.

2023-yil may

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

10.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Sohibqiron tug‘ilgan yurt

Amir Temur;

Oqsaroy, Dor us-siyodat, Dor ut-tilovat, Ko‘k gumbaz va boshqalar;

Hunarmandchilik;

Xisrav Dehlaviy;

Bedil;

Mirzo G‘olib.

2023-yil iyun

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

11.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Toshlarga muhrlangan tarix

Qoyatosh suratlarida aks etgan ibtidoiy odamlar hayoti, ovchilik manzaralari, jang manzaralari.

2024-yil aprel

Navoiy viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

12.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Yer yuzining sayqali

Afrosiyob;

Amir Temur poytaxti;

Mirzo Ulug‘bek;

Qozizoda Rumiy;

G‘iyosiddin al-Koshiy;

Ali Qushchi.

2023-yil avgust

Samarqand viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

13.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Hadis ilmi darg‘alari

Iso Termiziy;

Hakim Termiziy va boshqa hadisshunoslar.

2023-yil sentabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

14.

Termiz arxeologiya muzeyi

Ilk davlatchilik kurtaklari

Ilk shahar-davlatlar:

Sopollitepa;

Jarqo‘ton;

Kushoniylar;

Termiziylar.

2023-yil oktabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

15.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Ustrushona

Ustrushona tarixi, savdo yo‘llari, karvon yo‘llari, tashqi aloqalari.

2023-yil noyabr

Sirdaryo viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

16.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Tarixiy manzilgohlar

Obirahmat;

Xo‘jakent qoyatosh suratlari;

Turk hoqonligi;

Kavardon.

2024-yil avgust

Toshkent viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

17.

Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Sharq darvozasi

Ko‘hna Farg‘ona;

O‘zbek davlati qoraxoniylar davrida;

Ahmad Farg‘oniy;

Mahmud Qoshg‘ariy;

Yusuf Xos Hojib;

Birinchi Renessans davri.

2024-yil sentabr

Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

18.

“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Qo‘qon adabiy muhiti

Qo‘qon qog‘ozchiligi;

Mashrab;

Gulxaniy;

Nodirabegim;

Uvaysiy;

Muqimiy;

Furqat.

2024-yil sentabr

Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

19.

“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Ko‘hna Xorazm

O‘zbek davlatchiligi tarixida xorazmshohlar;

Xorazm taqvimi;

Ma’mun akademiyasi;

xorazmlik olimlar, adiblar, so‘fiylar.

2024-yil sentabr

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

20.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Mashrab yurti

Axsikent;

Qadimgi Pop;

Mug‘tepa;

Qirqxujra;

Mashrab.

2024-yil may

Namangan viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

21.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

2024-yil Parij shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga bag‘ishlangan ekspozitsiya.

2024-yil dekabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi

22.

Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi

Turon harbiy san’ati

Harbiy san’at va usul;

Harbiy qurol-aslahalar;

Mudofaa tizimi (inshootlar);

Buyuk qo‘shinboshilar.

2024-yil oktabr

Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu rejada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjet, Madaniy meros jamg‘armasi, muzeylar sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspozitsiyalar olimlar va mutaxassislar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlangan konsepsiya asosida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspozitsiya nomi va unda alohida e’tibor beriladigan jihatlar, shu jumladan o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatining yoritilishi tasdiqlangan konsepsiyaga asosan o‘zgarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkil etiladigan ekspozitsiyalar uchun belgilangan tartibda boshqa muzey va idoralardan muzey ashyolari va kolleksiyalari olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli muzeylar ushbu rejada belgilangan ekspozitsiya mavzulari doirasida doimiy ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi va tarixiy manbalarni to‘plab boradi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda davlat muzeylarida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil qilishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Restavratsiya laboratoriyasi tashkil etiladigan muzey nomi

Ixtisosligi

Amalga oshirish muddati

1.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Arxeologiya va etnografiya ashyolari

2022-yil

2.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

Tasviriy san’at

3.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi

Tasviriy san’at

4.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Etnografiya va amaliy san’at

2023-yil

5.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Xalq amaliy san’ati

6.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Me’morchilikka oid ashyolar

7.

“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Yog‘och va metall buyumlar

8.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

Me’morchilikka oid ashyolar

9.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Tasviriy san’at

2024-yil

10.

Termiz arxeologiya muzeyi

Arxeologiya ashyolari

11.

Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Xalq amaliy san’ati

12.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qoyatosh suratlari

13.

O‘zbekiston kino san’ati tarixi muzeyi

Kino, foto va fono ashyolar

14.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Arxeologiya va etnografiya ashyolari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu rejada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar har yili muzeylar sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan mazkur rejada ko‘rsatilgan restavratsiya laboratoriyalarining ixtisosligi va ularni tashkil etish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlash hamda ularni realizatsiya qilish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Muzey nomi

Replikatsiyalari tayyorlanadigan asarlar soni, ta

Mas’ullar

Jami

Shundan yillar bo‘yicha

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

210

20

40

50

50

50

Fanlar akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Toshkent shahar hokimligi

2.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

210

20

40

50

50

50

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Toshkent shahar hokimligi

3.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

140

20

30

30

30

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Toshkent shahar hokimligi

4.

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi

65

10

10

15

15

15

“Milliy bank” AJ, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, Madaniy meros agentligi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti

5.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

50

10

10

10

10

10

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya

6.

San’atshunoslik instituti

150

10

30

30

40

40

Fanlar akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Toshkent shahri hokimligi

7.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi

160

20

30

30

40

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

8.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

85

10

15

20

20

20

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Andijon viloyati hokimligi

9.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi

150

20

30

30

30

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Buxoro viloyati hokimligi

10.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

25

5

5

5

5

5

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Jizzax viloyati hokimligi

11.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

50

10

10

10

10

10

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Qashqadaryo viloyati hokimligi

12.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

60

10

20

20

20

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Namangan viloyati hokimligi

13.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi

150

20

30

30

30

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Samarqand viloyati hokimligi

14.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

50

10

10

10

10

10

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

Termiz arxeologiya muzeyi

100

10

10

20

30

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

100

10

10

20

30

30

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Farg‘ona viloyati hokimligi

17.

“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi

140

15

20

30

35

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Farg‘ona viloyati hokimligi

18.

“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi

150

20

20

30

40

40

Madaniy meros agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, San’atshunoslik instituti, Xorazm viloyati hokimligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: replikatsiyalar ijrochilar, tashabbuskorlar, muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tayyorlanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat muzeylari nomi

Hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilayotgan xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar nomi

1.

Madaniy meros agentligi;

O‘zbekiston muzeylar kengashi;

Respublika ahamiyatidagi davlat muzeylari.

1. Mustaqil muzeylar assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)

2. Amerika muzeylari ittifoqi (AQSH)

3. Britaniya muzey do‘stlari assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)

4. Irlandiya muzeylar assotsiatsiyasi (Irlandiya)

5. Muzeylar kompyuter tarmog‘i (AQSH)

6. Muzeylar kompyuter guruhi (Museums Computer Group) (Buyuk Britaniya)

7. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

8. Konservatsiyalash instituti (Italiya)

2.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.

1. Koreya milliy etnografiya muzeyi

2. Nara milliy muzeyi (Yaponiya)

3. Xitoy milliy muzeyi

4. Shanxay viloyati arxeologiya muzeyi (Xitoy)

5. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

6. Islom san’ati muzeyi (Turkiya)

3.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi.

1. Moskvadagi Tretyakov galereyasi

2. Qozog‘iston davlat milliy muzeyi

3. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

4.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi.

1. Dunyo xalqlari an’anaviy san’ati muzeyi (Rossiya)

2. Turk va islom san’ati muzeyi (Turkiya)

3. Turkman gilamlari milliy muzeyi

4. A.L. Shtiglits nomidagi Sankt-Peterburg davlat badiiy-sanoat akademiyasining amaliy san’at muzeyi (Rossiya)

5.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi.

1. Tabiiy tarix muzeyi (Buyuk Britaniya)

2. Amerika tabiiy tarix muzeyi (AQSH)

3. Tabiat muzeyi (Qozog‘iston)

6.

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi.

1. Davlat sport muzeyi (Rossiya)

2. Olimpiya muzeyi (Shveysariya)

3. Afina olimpiya muzeyi (Gretsiya)

4. Galatasaroy sport muzeyi (Turkiya)

5. Yaponiya olimpiya muzeyi

6. Gruziya sport tarixi muzeyi

7. Amerika sport muzeyi (AQSH)

7.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.

Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon adabiyoti milliy muzeyi

8.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi.

Malik milliy muzeyi (Eron)

9.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

1. Qozog‘iston davlat milliy muzeyi

2. Qozog‘iston davlat markaziy muzeyi

10.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi.

1. Rossiya davlat muzeyi

2. Milliy portret galereyasi (Buyuk Britaniya)

3. Milliy san’at markazi (Yaponiya)

4. G. Aytiyev nomidagi Qirg‘iziston tasviriy san’at milliy muzeyi

11.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

Qirg‘iziston tarixi davlat muzeyi

12.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi.

1. Saritsino muzey-qo‘riqxonasi (Rossiya)

2. Gatchina muzey-qo‘riqxonasi (Rossiya)

3. Yevropa va O‘rta yer dengizi sivilizatsiyalari muzeyi (Fransiya)

13.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

“Sulaymon-Too” tarixiy-arxeologik kompleksi (Qirg‘iziston)

14.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi.

1. “Sulaymon-Too” tarixiy-arxeologik kompleksi (Qirg‘iziston)

2. “Ejulgi Taraz yeskert-kishteri” tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi (Qozog‘iston)

15.

Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyi.

1. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Koreya Milliy muzeyi

16.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi.

1. Gatchina muzey-qo‘riqxonasi (Rossiya)

2. Saritsino muzey-qo‘riqxonasi (Rossiya)

17.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi.

1. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Saritsino muzey-qo‘riqxonasi (Rossiya)

3. Kolomenskiy muzey-qo‘riqxonasi (Rossiya)

18.

Termiz arxeologiya muzeyi.

1. Shanxay viloyati arxeologiya muzeyi (Xitoy)

2. Istanbul arxeologiya muzeyi (Turkiya)

19.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi.

1. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Qozog‘iston davlat milliy muzeyi

3. Shanxay viloyati arxeologiya muzeyi (Xitoy)

20.

“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi.

1. Shotlandiya milliy muzeyi (Shotlandiya)

2. Issiq-ko‘l davlat tarix-madaniyat muzey-qo‘riqxonasi (Qirg‘iziston)

21.

“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi.

1. To‘pqopi saroyi muzey kutubxonasi (Turkiya)

2. Geydar Aliyev madaniyat markazi (Ozarbayjon)

3. Turkmaniston davlat muzeyi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muzeylari ushbu rejada belgilangan xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni Madaniy meros agentligi, tegishli davlat muzeyining yuqori turuvchi organi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda davlat muzeylariga tegishli xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashish, xodimlar malakasini oshirish, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilish, ko‘rgazmalar tashkil etish kabi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi va davlat muzeylarining xorijiy muzeylar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlari Madaniy meros jamg‘armasi, davlat muzeylarining budjetdan tashqari mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu rejada keltirilmagan boshqa muzeylar ham Madaniy meros agentligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda muzeylar sohasida xalqaro hamkorlik, shu jumladan xorijiy muzeylar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan, zarurat bo‘lganda, mazkur rejaga Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ullar

I. Muzeylarda xizmatlar sifatini oshirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Muzeylarda ilg‘or xorijiy namunalar asosida marketing va xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida ushbu yo‘nalishda katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan konsalting xizmati kompaniyalarini jalb qilish.

1. Muzeylarda marketing va xizmatlar sohasi bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish.

2022-yil iyul

Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniy meros agentligi

2. Konsalting xizmati kompaniyalarini shartnoma asosida jalb qilish.

2022-yil avgust

3. Konsalting xizmati kompaniyalari tomonidan tegishli har bir muzey uchun marketing va xizmatlar sohasini tashkil qilish hamda rivojlantirish konsepsiyasi va rejasini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

4. Ushbu konsepsiya va rejalar asosida muzeylarda marketing va yangi xizmatlarni joriy etish.

Reja asosida

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasida belgilangan xizmatlarni tashkil etishni moliyalashtirish.

Reja asosida

Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniy meros agentligi

2.

Muzeylarda rassomlar, artistlar va milliy folklor jamoalari, hunarmandlar, bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus hududlar tashkil etish va ularni keng jalb qilish, ushbu yo‘nalishda turli savdo ko‘rgazmalari, festivallar tashkil etib borish.

1. Muzeylarda turli yo‘nalishlarda savdo ko‘rgazmalari, festivallarni muntazam tashkil etish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Tashkil etiladigan tadbirlarga erkin rassomlar, artistlar va milliy folklor jamoalari, hunarmandlarni keng jalb qilish.

2022-yil iyuldan reja asosida

Muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari va ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida pulli xizmatlar sohasini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha marketing va xizmat turlarini tashkil etish.

1. Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida pulli xizmatlar ko‘rsatish turlari va tartibini tasdiqlash.

2022-yil iyul

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida qo‘shimcha marketing va xizmat turlarini tashkil etish.

Reja asosida

4.

2023 — 2026-yillarda muzeylar sohasini tubdan takomillashtirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish:

muzey xodimlarining ish haqini oshirish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, muzeylarni va ularning xodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda milliy reyting tizimini joriy etish;

davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash hamda ekspozitsiya va fond sharoitlarini tubdan yaxshilash;

Toshkent shahridagi tegishli muzeylarda yaratilgan namunaviy ekspozitsiyalar asosida boshqa davlat muzeylarining zamonaviy yangi ekspozitsiyalarini yaratish;

yangi muzeylar, xususan, nodavlat muzeylarni tashkil qilish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, “San’atsevar millat” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida san’at galereyalarini tashkil etish, muzeylarning ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil qilish;

har yili davlat muzeylari va ilmiy-tadqiqot institutlariga arxeologik va etnografik tadqiqotlar uchun davlat buyurtmasi tizimini joriy qilish.

2022-yil noyabr

Madaniy meros agentligi, Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi

5.

Muzeylarda sovg‘alar (suvenir) do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalarini tashkil etish hamda ularda muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalarisuvenir mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish.

1. Muzeylarda sovg‘alar (suvenir) do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari tashkil etish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil avgust

Muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari va ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalari — suvenir mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish.

2022-yildan reja asosida

6.

Davlat muzeylarining davlat budjetidan moliyalashtirgan holda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanishini ta’minlash.

1. Qo‘riqlanadigan davlat muzeylari ro‘yxatini tasdiqlash.

2022-yil avgust

Respublika va mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Moliya vazirligi (Ishmetov), Milliy gvardiya (Djurayev)

2. Tasdiqlangan ro‘yxatga asosan obyektlarda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlashni tashkil etish.

2023-yil yanvardan doimiy

7.

15 ta yirik davlat muzeyida tegishli yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil etish.

1. Restavratsiya laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan zamonaviy jihoz va uskunalar, xom ashyo materiallari ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil sentabr

Muzeylar sohasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari, muzeylarning budjetdan tashqari, xalqaro grant mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taqdim etilgan zarur jihoz va uskunalar, xom ashyo materiallarini ro‘yxatga muvofiq xarid qilish.

3. Restavratsiya laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Reja asosida

8.

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov uy-muzeyini tashkil etish.

1. Abdulla Oripov oila-a’zolari, mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish.

2022-yil iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Madaniy meros agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (Norov)

2. Muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, ekspozitsiyada namoyish etish uchun ashyolarni to‘plash.

2022-yil iyul

3. Muzey tashkil etiladigan bino bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil avgust

4. Muzey faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil sentabr

9.

Muzeylar va ularning hududlarida bosqichma-bosqich “Muzey-restoran” yoki “Muzey-kafe”lar tashkil etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish. Bunda ilg‘or xorijiy muzeylarda tashkil etilgan “Muzey-restoran” va “Muzey-kafe”larni o‘rganish, ularni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash va tashkil etish.

2022-yil noyabrdan reja asosida

Muzeylarning budjetdan tashqari va ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Muzeylarda “Muzey-restoran” yoki “Muzey-kafe”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yildan doimiy

10.

Muzeylarning onlayn do‘konlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish. Bunda ilg‘or xorijiy muzeylarning onlayn do‘konlarini o‘rganish, ularni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash va tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Muzeylarning budjetdan tashqari va ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Savdo-sanoat palatasi (Vahabov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Bozorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublika muzeylarining onlayn do‘konlari tizimini tashkil qilish, zarur hollarda davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga qo‘yish.

2023-yil yanvardan reja asosida

11.

“Muzey vagon” nomli ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil qilish.

1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan:

ko‘chma ko‘rgazmalarni amalga oshirish uchun maxsus vagon ajratish;

Madaniy meros agentligi bilan birgalikda maxsus vagonni zarur jihozlar va inventarlar bilan jihozlash.

2023-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov), Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Madaniy meros agentligi tomonidan:

maxsus vagonda tashkil qilinadigan muzeyning konsepsiyasini ishlab chiqish;

ekspozitsiyada namoyish etish uchun ashyolarni saralash va ekspozitsiyani tashkil qilish;

ko‘chma ko‘rgazmalar kalendar rejasini tasdiqlash va tashkil qilish.

2023-yil sentabr, kelgusida muntazam

II. Muzeylar sohasini targ‘ib qilish va ommalashtirish

12.

Davlat muzeylarida davlatchilik tarixi hamda buyuk allomalarning hayoti va faoliyati bo‘yicha yangi ekspozitsiyalar tashkil etish.

1. Yangi ekspozitsiyalarni yaratish bo‘yicha olimlar va mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhlar tuzish.

2022-yil iyul

Mahalliy budjet, Madaniy meros jamg‘armasi, muzeylar sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ekspozitsiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlash.

Reja asosida

3. Tasdiqlangan konsepsiya asosida ekspozitsiyalarni yaratish.

13.

Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar xodimlari va ularning oila a’zolarini, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi hamda talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarning muzeylar va tarixiy manzilgohlarga tashrifini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etish.

1. “Moziyga sayohat” dasturi doirasida tashriflarni tashkil qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlab borish.

2022-yil uchun 1-iyul, 2023 va kelgusi yillar uchun har yili dekabr oyiga qadar

Ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, tashrif buyuruvchilar mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Muzeylarning noyob ashyolari va kolleksiyalari kataloglarini tayyorlash, nashr qilish hamda kitob do‘konlarida ularning sotuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Yilda kamida bir donadan har bir muzeyning noyob ashyolari va kolleksiyalari kataloglarini yaratish.

2. Kataloglarni nashr qilish va kitob do‘konlarida ularning sotuvini yo‘lga qo‘yish.

2022-yildan doimiy

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Mamlakatdagi muzeylar faoliyati va muzey ashyolari tarixiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash, shuningdek, ularning respublika telekanallarida namoyishini ta’minlash.

1. Mamlakatdagi muzeylar faoliyati va muzey ashyolari tarixiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash bo‘yicha media reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Reja asosida respublikadagi barcha telekanallarda beg‘araz namoyishlarni tashkil etish.

2022-yil iyuldan,

media reja bo‘yicha

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy teleradiokompaniya (Xadjayev), Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxo‘ja)

16.

O‘zining xayriya mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi va muzeylar uchun boshqa manfaatli xizmatlari bilan amaliy yordam ko‘rsatib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni rag‘batlantirib borish tizimini joriy qilish hamda ular ishtirokida aksiya tadbirlari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

1. “Muzey do‘stlari” maqomiga ega bo‘lish va unga ega bo‘lgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash (tavsiya xarakterida).

2022-yil sentabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Muzeylarda “Muzey do‘stlari” to‘g‘risidagi ma’lumotlar burchagini tashkil qilish.

2022-yil yakuniga qadar

3. “Muzey do‘stlari” respublika va mahalliy darajadagi aksiya tadbirlarini o‘tkazish.

2023-yildan har yili 18-mayda

17.

Muzeylar hamda madaniy meros obyektlarida tariximiz va madaniyatimiz to‘g‘risida tarixiy sahna ko‘rinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni o‘tkazish.

1. Tarixiy sahna ko‘rinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Namoyishlarni reja asosida tashkil etish.

2022-yil sentabrdan, reja bo‘yicha

18.

Muzeylar va madaniy meros sohasini ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish.

1. Madaniy meros agentligi va “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan sohani keng targ‘ib qilish bo‘yicha media reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

Har yil yarim yillikda

Davlat budjeti va ijrochilar mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Madaniy meros agentligi, Milliy teleradiokompaniya (Xadjayev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxo‘ja)

2. “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan har yili kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash va keng namoyish qilish.

Har yili

19.

O‘quvchi va talabalarning muzeylar va galereyalarga tashrif buyurish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Tashrif jadvalini ishlab chiqish hamda kelishgan holda tasdiqlash.

2. Reja-jadvalga asosan har bir ta’lim muassasasi kesimida muzeylar va galereyalarga tashriflarni tashkil etish.

Har yili sentabr oyida joriy o‘quv yili uchun

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xalq ta’lim vazirligi (Saidov), Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Davlat muzeylarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning har yili Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kalendar reja asosida o‘tkazilishini joriy etish.

1. Kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Madaniy meros agentligi

2. Tasdiqlangan kalendar rejalarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish va turizm faoliyati subyektlariga yetkazib borish.

Har yili yanvar

3. Kalendar rejada belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish.

Reja asosida

21.

Davlat muzeylarida zamonaviy NFT (qo‘zg‘almas tokenlar), golografiya va 3D kabi texnologiyalarni keng qo‘llash orqali muzeylarning ommaviyligini oshirish va marketing sohasini rivojlantirish.

1. Tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda, eksperiment tarzida:

O‘zbekiston Davlat muzeylaridagi ashyolar va madaniy meros obyektlarining NFT formatini yaratish, ularni xalqaro auksionlarda sotuvga chiqarish maqsadida xavfsiz va yuqori tezlikka ega Blokcheyn platformalarida ommalashtirish va monetizatsiya qilinishini yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida to‘lqinlar interferensiyasini qo‘llagan holda, buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usulidan foydalanib, gologrammali shoularni yaratish.

2023-yil avgust

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova), Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. NFT — san’at asarlarini yaratish, ommalashtirish va monetizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda kengaytirish, shuningdek, golografiya va 3D texnologiyalarini tegishli muzeylar va madaniy meros obyektlarida joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil noyabr

III. Muzeylar sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish hamda muzeylarning ilmiy salohiyati va xodimlar malakasini oshirish

22.

Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholash.

1. Idoralararo ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil iyun

Turizm va madaniy meros vazirligi (Abduxakimov), Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholash reja-jadvalini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

3. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholash.

2022-yil iyul — oktabr

4. Lavozimiga noloyiq bo‘lgan davlat muzeylari rahbar va xodimlari o‘rniga bilimli, tajribali, mas’uliyati va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega yuqori malakali, ayniqsa yosh mutaxassislarni lavozimlarga tayinlash.

2022-yil noyabr

23.

Madaniy meros kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, quyidagi qonunchilik hujjatlarining normalarini umumlashtirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi, tizimlashgan yagona va yaxlit hujjat shakliga keltirish:

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun;

“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun;

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonun;

“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonun;

Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi to‘g‘risidagi konvensiya (1954-yil 14-may, Gaaga);

Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va ularga bo‘lgan egalik huquqini o‘zgaga berishni man etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Konvensiya (1970-yil 17-noyabr, Parij);

Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (1972-yil 23-noyabr, Parij);

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya (2003-yil 17-oktabr, Parij);

sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro shartnomalar.

1. Madaniy meros kodeksi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish hamda uning tarkibini Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlash.

2022-yil iyun

Madaniy meros agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (Norov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish.

2022-yil iyul

Madaniy meros jamg‘armasi va grant mablag‘lari

3. Xorijiy ilg‘or tajribalar va amaliyotdagi muammolarni atroflicha o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmonining 15-bandi, 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga 4-ilovaning 6, 15 va 18-bandlaridagi vazifalarni uyg‘unlashtirish.

2022-yil iyul — oktabr

4. Kodeks loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha grant va boshqa manbalardan mablag‘lar jalb etish.

2022-yil iyul — oktabr

5. Kodeks loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr — 2023-yil yanvar

6. Kodeks loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

24.

Muzeylar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda har yili grant loyihalari tanlovini tashkil qilish va o‘tkazish:

muzeylarda zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘yish;

muzeylarning ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish;

muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya va konservatsiya qilish;

sohaga zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, 7D gologrammai shoularni faol tatbiq etish;

muzey tarixi, ashyolar va kolleksiyalarini targ‘ib qilish;

muzeylarga oid eng sara kitob, katalog va boshqa nashrlarni chop etish.

1. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha grant ajratish va grant loyihalarini e’lon qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil avgust

Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniy meros agentligi

2. Keyingi yil uchun grant loyihalarini e’lon qilish.

2022-yil oktabr

3. Grant g‘oliblarini aniqlash.

2022-yil noyabr

4. Grant loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash va nazorat qilib borish.

2023-yildan har yili

25.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 178-bandiga muvofiq yurtimizdagi 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilish.

Bunda:

foydalanilmayotgan, turistlar uchun ochiq bo‘lmagan va turistik xizmatlar ko‘rsatilmayotgan mos madaniy meros obyektlarini muzeylar, ko‘rgazmalar, art-rezidensiyalar, boshqa madaniyat va turizm obyektlariga aylantirishni;

ilmiy-tadqiqot guruhlarining takliflari asosida hududlar kesimida moddiy madaniy meros obyektlarida amalga oshiriladigan ko‘chmas mulkni asrashga oid ishlarning manzilli rejasini tasdiqlash, shu jumladan, Xorazm viloyatida 100 ta, Buxoro viloyatida 800 ta, Farg‘ona viloyatidagi 10 tadan ortiq va boshqa hududlardagi madaniy meros obyektlarini birma-bir restavratsiya qilish;

arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish, konservatsiyalash, obodonlashtirish, 3D panjaralar o‘rnatish va uni rivojlantirishni, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vertikal nazorat tizimini o‘rnatish, mobil guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish, arxeologiya mutaxassislarini tayyorlashni nazarda tutish.

1. Sohadagi mavjud muammo, kamchiliklardan kelib chiqib, madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Obyektlarni shaffof ijaraga berish tizimini tashkil qilish.

3. Sohadagi holat va o‘rganish natijalariga ko‘ra madaniy meros obyektlarini ishonchli muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Madaniy meros agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Fanlar akademiyasi (Abduhalimov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya qilish yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy pedagoglarni shartnoma asosida jalb qilish.

1. Rossiya, Yevropa va AQSH kabi davlatlarning restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha yetuk pedagoglari ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil sentabr

Respublika budjeti va xalqaro grant mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (Norov)

2. Rossiya, Yevropa va AQSH kabi davlatlarning restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha yetuk pedagoglarini shartnoma asosida jalb qilish.

2023-yil sentabrdan

27.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya qilish yo‘nalishlari bo‘yicha restavratsiya ustaxonalarini tashkil etish.

1. Muzey ashyolari va kolleksiyalarining restavratsiya ustaxonalari uchun zarur jihoz va uskunalar, xom ashyo materiallari ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil oktabr

Respublika budjeti va xalqaro grant mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

2. Tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq jihoz, uskunalar va xom ashyolarni xarid qilish ishlarini tashkil etish.

2023-yil iyul

3. Restavratsiya ustaxonalarini ishga tushirish.

2023-yil sentabr

28.

Qarshi davlat universiteti huzurida Imom Nasafiy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish:

2023 — 2025-yillarda Abu Muin Nasafiy va nasaflik allomalar ilmiy merosini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

Imom Nasafiy ilmiy-tadqiqot markazini joylashtirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish, tuzilmasi, moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash.

2022-yil noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Azimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Toshboyev), Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov)

29.

Buyuk ajdodlarimizning kitobat san’ati sohasidagi boy an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, yosh avlodning kitobat ilmiga, shu jumladan xattotlik, muqovasozlik, naqqoshlik, miniatura san’atiga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida Kitobat ilmi maktabini tashkil etish.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 174-bandida belgilangan vazifalar inobatga olinadi.

1. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Kitobat ilmi maktabiga mos bino ajratish yoki, zarur hollarda, yangi bino qurish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

2022-yil oktabr

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (Minovarov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Toshboyev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Kadastr agentligi (Pulatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Madaniy meros agentligi

2. Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan takliflarni inobatga olgan holda, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Kitobat ilmi maktabini joylashtirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish, tuzilmasi va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash kabi boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi asoslangan va kelishilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

30.

Muzeylarni malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash.

1. Muzeylarning malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganligi holatini tahlil qilish.

2. Tahlil natijalariga asosan muzeylarning istiqboldagi talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

“Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi hamda unin? doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yo‘li” tadqiqotlari” ko‘p jildli katalogi taqdimoti, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlarini o‘tkazib borish.

1. Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etishga qaratilgan tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil fevral

Davlat budjeti va ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tadbirlarni belgilangan reja asosida yuqori saviyada o‘tkazib borish.

2023-yildan har ikki yilda bir marta may oyida

32.

Muzeyshunos va arxeologlarning ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishi va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishini tashkil etish maqsadida har yili muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan kamida 10 nafar xodimning chet elda malaka oshirishi va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish.

1. Chet elda malaka oshiradigan muzey xodimlari ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili yanvar

Muzeylarga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, davlat muzeylarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ularning yil davomida chet elda kamida bir hafta malaka oshirishini ta’minlash.

Har yili reja asosida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Abduxakimov

Bosh vazirning o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari*

3.

Lavozimi bo‘yicha

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

4.

Sh. Aminov

Bosh prokuror o‘rinbosari

5.

O. Pekos

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

A. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari

7.

J. Abruyev

moliya vazirining o‘rinbosari

8.

B. Shaxriyorov

turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari

9.

G‘. Rejabov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

10.

A. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

11.

A. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

12.

B. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

13.

S. Aliyev

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i

14.

T. Qo‘ziyev

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

15.

Sh. Pidayev

Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti direktori

16.

R. Suleymanov

O‘zbekiston Milliy universiteti arxeologiya kafedrasi professori, arxeolog, tarix fanlari doktori, fan arbobi

17.

J. Ismoilova

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori

18.

V. Fayziyeva

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori

19.

Sh. Hasanov

Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika ishchi guruhi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Ishchi guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Arxeologiya yodgorliklari nomi

Manzili

Yakunlash muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Dalvarzintepa

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani

2023-yil oktabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Mingtepa

Andijon viloyati, Marhamat tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi

3.

Chilonzor Oqtepasi

Toshkent shahri, Chilonzor tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi

4.

Sherozqal’a

Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand viloyati hokimligi

5.

Qo‘yqirilgan qal’a

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

6.

Nur qal’asi

Navoiy viloyati, Nurota tumani

2024-yil oktabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Navoiy viloyati hokimligi

7.

Qadimgi Pop (Munchoqtepa)

Namangan viloyati, Pop tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Namangan viloyati hokimligi

8.

Qaliyatepa

Jizzax viloyati, Jizzax shahri

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Jizzax viloyati hokimligi

9.

Qoratepa

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Quva shahristoni

Farg‘ona viloyati, Quva tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi

11.

Aqchaxan qal’a

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani

2025-yil sentabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

12.

Poykent

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Buxoro viloyati hokimligi

13.

Yunusobod Oqtepasi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi

14.

Qanqa

Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Toshkent viloyati hokimligi

15.

Afrosiyob

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

2026-yil sentabr

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand viloyati hokimligi

16.

Tuproqqal’a

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Yerqo‘rg‘on

Qashqadaryo viloyati, Koson tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

18.

Qoratosh tepa (Xumbuz)

Xorazm viloyati, Hazorasp tumani

Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu rejada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar har yili madaniy meros sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2022-y., 07/22/261/0456-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)