Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Soʻnggi yillarda oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yaxshilash hamda malakali harbiy kadrlar tayyorlash tizimini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini axloqiy-ruhiy tayyorgarligini yaxshilash va jangovar ruhini oshirish sohasida kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoni hamda “Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-sentabrdagi PQ-371-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishiga nomzodlarni saralab olish tartibini belgilash;
psixologiya va pedagogika taʼlim yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari zimmasiga talabalarni harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha vazifalar yuklash;
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olish tartibini belgilash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-iyun,
266-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi)” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Bilimni baholash agentligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar Akademiyasi) “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti (keyingi oʻrinlarda — Aloqa harbiy instituti) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Harbiy tibbiyot akademiyasi) oʻqishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha psixologiya va pedagogika taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining ikkinchi bosqichini, muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining uchinchi bosqichini, oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining toʻrtinchi bosqichini tamomlagan talabalar (keyingi oʻrinlarda — talabalar) tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari nomiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy taʼlim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga ikki kun muddatda yuboriladi.”
3. 17-bandda:
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot.”;
oʻn uchinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Qurolli Kuchlar Akademiyasi bakalavriat bosqichining “Qoʻshinlarning taktik qoʻmondonligi (chegara qoʻshinlari)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining ichki idoraviy hujjatlariga muvofiq saralab olinadi.”.
5. 31-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Respublikaning psixologiya va pedagogika, muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy taʼlim muassasalari rektorlariga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:”.
6. 53-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 531-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 59-banddagi “Davlat test markaziga taqdim etiladi yoki Davlat test markazi” soʻzlari “Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi yoki Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 61 va 65-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davlat test markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. 68-bandning birinchi xatboshisidagi va 70-banddagi tegishli kelishikdagi “Davlat test markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. 71-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Oʻqishni Qurolli Kuchlar Akademiyasining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Aloqa harbiy instituti hamda Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish istagini bildirgan talabalar tegishli ravishda taʼlim yoʻnalishidagi 5 ta fandan iborat majmua boʻyicha test sinovini topshiradi. Fanlar majmuasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Aloqa harbiy instituti hamda Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan har yili fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan fanlar majmuasi va fanlar boʻyicha oʻquv dasturlari test topshiriqlarini shakllantirish uchun Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Test topshiriqlari Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Aloqa harbiy instituti hamda Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan professor-oʻqituvchilar tomonidan Bilimni baholash agentligida tuziladi va ekspertizadan oʻtkaziladi.”.
12. 73 va 76-bandlardagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. 81-bandning ikkinchi xatboshisi “Harbiy-tibbiy komissiya xulosalariga asosan” soʻzlaridan keyin “Qurolli Kuchlar Akademiyasining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
14. 1-ilovada:
a) “3-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidagi “Muhandis-texnik yoʻnalishdagi va tibbiy oliy taʼlim muassasalari rektorlari” soʻzlari “Psixologiya va pedagogika, muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy taʼlim muassasalari rektorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Talabalar orasidan” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) “4-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Davlat test markazining” soʻzlari “Bilimni baholash agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “5-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilimni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) “6-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “Davlat test markaziga” soʻzlari “Bilimni baholash agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. 10-ilovadagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)