26.06.2023 yildagi 262-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 27-iyundagi PQ-294-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna boʻlish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili Davlat budjeti parametrlarida “Obuna” yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali amalga oshirilgan davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarishni moliyalashtirish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga mablagʻ ajratilishi nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Platforma orqali amalga oshirilgan davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismi obunachilar mazkur qarorda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ularning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MChJ tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformaning uzluksiz faoliyat olib borishi, modernizatsiya qilinishi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi, shuningdek, Platforma orqali davriy bosma nashrlarga masofadan turib elektron tarzda obuna boʻlish va obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari, shuningdek, toʻlov tizimi operatorlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismi qaytarilishi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Platforma orqali obuna boʻlishda davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini tarqatish sohasida qonunchilik hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovi (keyingi oʻrinlarda — tanlov) boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov har chorak yakuni boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan jurnalistika sohasining eng ilgʻor yutuqlaridan foydalangan holda, yuqori professional darajada tayyorlangan va eng yaxshi deb topilgan materiallarni aniqlash hamda ularning mualliflarini taqdirlash maqsadida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gazetalar va jurnal (axborotnoma-byulleten)larda chop etilgan materiallar, telekanallarda efirga uzatilgan materiallar, radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar, veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallar yoʻnalishlarida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni tashkil etish, oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni mukofotlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil iyul oyidan boshlab eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar muhokamasiga havola qilishni maxsus elektron platforma orqali amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning ichki va tashqi siyosatini, amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni, jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy oʻzgarishlar, jamoatchilikning katta qiziqishini uygʻotayotgan voqealarning mohiyatini keng tushuntirish maqsadida har chorakda 100 tagacha materiallarni tayyorlash va eʼlon qilish boʻyicha ommaviy axborot vositalariga ijtimoiy buyurtmalar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etish vakolatiga ega boʻlgan xorijiy tashkilotlar va ularning Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan vakolatli vakillari reyestrini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etish vakolatiga ega boʻlgan xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida tegishli imtihon topshirish xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 262-son qaroriga
1-ILOVA

Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni tayyorlash hamda efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaxshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladigan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlovda bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni tayyorlash hamda efirga uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha ommaviy axborot vositalari ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov har yili iyul-avgust oylarida, uning gʻoliblarini taqdirlash sentyabr oyida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

baholash mezonlari — tanlov natijalarini aniqlash uchun qoʻllanadigan koʻrsatkichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha — tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlangan va taqdim etilgan bolalarga moʻljallangan tele- va radiomahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tele- va radiomahsulotlar tayyorlash va efirga uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (tele- va radiokanallar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi — taqdim etgan loyihasi moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan tanlov ishtirokchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotchi — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmita — tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish, shuningdek tanlov uchun taqdim etilgan loyihalarni baholash mezonlarini va hakamlar hayʼati tarkibini tasdiqlash vazifalarini amalga oshiruvchi kollegial tuzilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati — tanlov ishtirokchilarining loyihalarini baholovchi yetti nafar aʼzodan iborat ekspertlar guruhi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov ikki yoʻnalishda — “bolalarga moʻljallangan eng yaxshi teleloyiha” va “bolalarga moʻljallangan eng yaxshi radioloyiha” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladi hamda jami 30 ta eng yaxshi loyiha moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi

6. Tanlov ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich — tashkilotchi har yili iyul oyining 10-sanasiga qadar tanlov haqidagi eʼlonni oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov haqidagi eʼlonda arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda tele- va radiomahsulotlarni tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish tartibi, muddati va talablari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqich — talabgor oʻzi tayyorlaydigan va efirga uzatadigan bolalarga moʻljallangan tele- va radiomahsulotlar boʻyicha loyihalarini har yili iyul oyining 25-sanasiga qadar tashkilotchiga (shu jumladan, elektron tarzda) taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bosqich — tashkiliy qoʻmita tanlovga taqdim etilgan loyihalarni har yili avgust oyining 10-sanasiga qadar ushbu Nizom talablari asosida dastlabki tarzda saralaydi va saralangan loyihalarni moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun hakamlar hayʼatiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bosqich — hakamlar hayʼati har yili avgust oyining 25-sanasiga qadar loyihalarni koʻrib chiqadi va ular hayʼat aʼzolarining ochiq ovoz berishi orqali moliyalashtirish uchun tavsiya etiladi yoki moliyalashtirishga tavsiya qilish rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bosqich — tashkiliy qoʻmita va tashkilotchi har yili sentyabr oyida hakamlar hayʼati tomonidan tavsiya etilgan loyihalarni moliyalashtirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalari gʻolib deb topilgan talabgorlarning nomlari tashkilotchining rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar tashkiliy qoʻmita tomonidan roʻyxatga olinadi va ushbu roʻyxat tashkilotchi arxivida besh yilgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha umumiy rahbarlik tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashkilotchi, tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼatining asosiy vazifalari

9. Tashkilotchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni tashkil etadi va oʻtkazadi;

tanlov shartlari asosida tavsiya etilgan loyihalarni moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmita faoliyatiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov eʼloni, jarayonlari va yakunlari haqidagi axborotni oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida eʼlon qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihasi moliyalashtirishga tavsiya etilgan talabgorlar bilan mablagʻ ajratish yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati aʼzolarining mehnatiga haq toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkiliy qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiya etilgan har bir loyihani moliyalashtirish yuzasidan belgilangan xarajatlar miqdorining asosliligini oʻrganadi, shuningdek, xarajatlarni asossiz deb topgan taqdirda, umumiy summani tegishlicha kamaytirish boʻyicha tashkilotchiga taklif kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov boʻyicha kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noxolis yondashuv, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtiriladigan loyihalarni aniqlashda hakamlar hayʼati tomonidan shaffoflik mezonlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga kelib tushgan loyihalarni baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilarining hakamlar hayʼati qarorlari ustidan qilgan shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hakamlar hayʼati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga kelib tushgan loyihalarni adolatlilik, shaffoflik va mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlariga rioya qilgan holda koʻrib chiqadi va baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov doirasida moliyalashtiriladigan loyihalarni saralab oladi va ularni moliyalashtirishga tavsiya etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilaridan ushbu Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni talab qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noxolis yondashuv, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyilmaslik, natijalar eʼlon qilingunga qadar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlar hayʼati aʼzolarining tanlovga taqdim etilgan loyihalarni oʻrganish va baholash jarayoniga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkiliy qoʻmita ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkiliy qoʻmita majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hakamlar hayʼati tarkibiga tashkilotchi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlovga loyihalarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgorlar tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran tashkiliy qoʻmita nomiga (shu jumladan, elektron tarzda) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Arizalarga loyiha boʻyicha maʼlumotlar (taqdim etilayotgan loyihaning ijtimoiy ahamiyati, efir vaqtlari, tomoshabinlar qamrovi, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiqligi haqida taqriz) .
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov uchun taqdim etilayotgan loyiha doirasida tayyorlanadigan tele- va radiomahsulotlar — telekoʻrsatuv, videolavha, multiplikatsion film, audiomaterial va boshqa koʻrinishda boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bir kalendar yili davomida bitta talabgorning koʻpi bilan beshta loyihasi moliyalashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlov doirasida moliyalashtirilgan loyiha koʻpi bilan uch oy ichida amalga oshirila boshlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov uchun taqdim etilayotgan loyihalarda boshqa shaxslarning turdosh huquqlari obyektlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Loyihalarni baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov ishtirokchilari taqdim etgan loyihalar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviylik (tele- va radiomahsulot sodda uslubda, bolalar uchun tushunarli va qiziqarli boʻlishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat va jamoatchilik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning aks ettirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoritilayotgan mavzu bolalarning taʼlim-tarbiyasiga, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga va maʼnaviyatini oʻstirishga qaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning ijtimoiy ahamiyati, tanlangan mavzularning dolzarbligi va ommabopligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar bilan ishlashda yangi yondashuvlar qoʻllanilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy oʻziga xoslik (mavzuni yoritishda, uni taqdim etishda ijodkorlik va gʻoya betakrorligining mavjudligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish boʻyicha foydaliligi (mavzuni tanlash, mazmunida aniq muammoli vaziyat aks ettirilganligi va muammoning tub mohiyati ochib berilganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlangʻich qoidalarini oʻrgatish boʻyicha foydaliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutilayotgan natija (tele- va radiomahsulot ommalashishi, jamoatchilikni qiziqtirishi va bolalarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishga qaratilganligi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tashkilotchi va talabgor oʻrtasida shartnoma tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hakamlar hayʼati loyihani moliyalashtirishga tavsiya etganidan soʻng tashkilotchi yigirma kun ichida buyruq asosida gʻolib bilan mablagʻ ajratish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomada ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shartnomada quyidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning maqsadi;

moliyalashtiriladigan loyihaning umumiy shartlari va ushbu shartlarni amalga oshirish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻ miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan mablagʻdan maqsadli foydalanish boʻyicha nazorat shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot berish muddati va shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha kelishilgan tartibda amalga oshirilmagan taqdirda, ajratilgan mablagʻni qaytarish shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar loyihasi moliyalashtirishga tavsiya etilgan talabgor shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlov davomida oʻz faoliyatini tugatgan yoxud toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlsa, tashkilotchi tanlovda ishtirok etgan va loyihasi tanlov mezonlariga muvofiq yuqori baholangan keyingi talabgor bilan shartnoma imzolashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Loyihalar ijrosini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov doirasida moliyalashtirilgan loyihalar, tanlovga taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan muddat va shartlarda amalga oshirilmagan taqdirda, tashkilotchi talabgorga ajratilgan mablagʻni qaytarish choralarini koʻradi. Agar talabgor mablagʻlarni oʻz ixtiyoriga koʻra qaytarmasa, tashkilotchi tomonidan sud tartibida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ajratilgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada kelishilgan shartlarni bajarish uchun tele- va radiokanalning muassisi va (yoki) bosh muharriri javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov tashkilotchiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun ichida tashkiliy qoʻmitaga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tashkilotchi

(Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)

Tanlov haqidagi eʼlonni oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalariga joylashtiradi.

Har yili iyul oyining 10-sanasiga qadar

2-bosqich

Talabgor

Oʻzi tayyorlaydigan va efirga uzatadigan bolalarga moʻljallangan tele- va radio-mahsulotlar boʻyicha loyihalarini tashkilotchiga taqdim etadi.

Har yili iyul oyining 25-sanasiga qadar

3-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

1. Tele- va radiomahsulotlar tayyorlash boʻyicha loyihalarni belgilangan mezonlar asosida saralaydi.

2. Saralangan loyihalarni hakamlar hayʼatiga moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Har yili avgust oyining 10-sanasiga qadar

4-bosqich

Hakamlar hayʼati

Loyihalarni koʻrib chiqadi va ular hayʼat aʼzolarining ochiq ovoz berishi orqali moliyalashtirish uchun tavsiya etiladi yoki moliyalashtirishga tavsiya qilish rad etiladi.

Har yili avgust oyining 25-sanasiga qadar

5-bosqich

Tashkiliy qoʻmita,

Tashkilotchi

1. Hakamlar hayʼati tomonidan tavsiya etilgan loyihalarni moliyalashtirish choralarini koʻradi.

Bunda, tashkilotchi hakamlar hayʼati loyihani moliyalashtirishga tavsiya etganidan soʻng yigirma kun ichida buyruq asosida gʻolib bilan mablagʻ ajratish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzadi.

2. Loyihalari gʻolib deb topilgan talabgorlarning nomlari tashkilotchining rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

Har yili sentyabr oyida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

A.A. Xodjayev

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

A.V. Shin

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

U.U. Sharifxodjayev

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Sh.T. Rizayev

—

Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

6.

Sh.T. Qudratxoʻja

—

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)

7.

Z.A. Toʻraqulov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining oʻrinbosari

8.

M.A. Safarov

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari

9.

G.K. Xatamova

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqarma boshligʻi, tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan xodimlar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.

Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radio loyiha tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radio loyiha tanlovida ishtirok etish uchun _______________________________________________________________ning

(ommaviy axborot vositasining yoki muassisining nomi)

TALABNOMASI

Kirish qismi

Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning raqami va berilgan sanasi

Talabgorning nomi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ustavga muvofiq), bank hisobvaragʻi

Loyiha mazmuni

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (joylashgan eri (yashash manzili), telefon raqami)

Tashkilot hisobchisining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)

Loyihani amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi — tugatish sanasi)

Soʻralayotgan mablagʻ miqdori (soʻm)

Muammoning qoʻyilishi

(mavjud muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq boʻlmasligi lozim)

Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari (loyihani amalga oshirish usullari, miqdor va sifat koʻrsatkichlari)

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar (sifat koʻrsatkichlari hamda bolalar tarbiyasiga ijobiy taʼsiri)

Talabnoma beruvchining ushbu sohadagi tajribasi (talabgorning faoliyati, erishgan yutuqlari)

Loyihani amalga oshirish boʻyicha xarajatlar smetasi

Xarajat nomi

Talab etiladigan mablagʻ

Rahbar F.I.O. _________________________________________________________

____________Muhr oʻrni ______________imzo _______________________sana

Bosh muharrir F.I.O. ____________________________________________________

____________________________________imzo ________________________sana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 262-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan va yuqori professional darajada tayyorlangan eng yaxshi materiallarni aniqlash hamda ularning mualliflarini taqdirlash maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov har yili chorak yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek, tanlovda qatnashish uchun ariza bergan mualliflar (ijodiy guruh aʼzolari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
material — ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maqola, sharh, jurnalistik surishtiruv, intervyu, video-, audio-, foto- va boshqa mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron platforma — tanlov tashkilotchisi tomonidan ishlab chiqilgan va eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar muhokamasiga taqdim etishga moʻljallangan elektron tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasi — ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan, qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotchi — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmita — tanlovni tashkil etish va oʻtkazishda tanlov uchun taqdim etilgan materiallarni baholash mezonlarini va hakamlar hayʼati tarkibini tasdiqlash, gʻolib va sovrindorlar hamda ragʻbatlantiruvchi oʻrinlar miqdorlarini belgilash, shuningdek tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish vazifalarini amalga oshiruvchi kollegial organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi — maxsus elektron platformadan roʻyxatdan oʻtgan hamda tanlovda ishtirok etayotgan materiallarni muhokama qilib, baho beruvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati — tanlov ishtirokchilarining arizalari bilan taqdim etilgan materiallarni baholovchi ekspertlar guruhi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazetalar va jurnal (axborotnoma-byulleten)larda chop etilgan materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekanallarda efirga uzatilgan materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkiliy qoʻmitaning tarkibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkiliy qoʻmitaning majlislari zaruratga qarab, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hakamlar hayʼati tashkilotchi, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, nodavlat notijorat tashkilotlar, oliy taʼlim tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining tajribali vakillaridan iborat tarkibda Tashkiliy qoʻmita tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hakamlar hayʼati aʼzolarining tanlov materiallarini oʻrganish va baholash jarayoniga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Foydalanuvchi joylashtirilgan materiallarni “5” ballik tizim asosida baholaydi va ushbu baholar hakamlar hayʼati tomonidan tanlov materiallarini koʻrib chiqish va baholashda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkilotchi har yili mart, iyun, sentyabr, dekabr oyining 20-sanasidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlonlarni oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishtirokchi har yili aprel, iyul, oktyabr, yanvar oyining 1 — 10-sanalarida (10 kun muddatda) ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan 5 tagacha materialni Tashkiliy qoʻmitaga (shu jumladan, elektron tarzda) tanlovda ishtirok etish uchun ariza bilan birga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga taqdim etilayotgan materiallar roʻyxati va ularning qachon va qaysi ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinganligi haqidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallarning faol giperhavolasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazeta, jurnal (axborotnoma-byulleten)larda chop etilgan materiallarning elektron (pdf) shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiokanallarda eʼlon qilingan materiallarning elektron (mp3) shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekanallarda eʼlon qilingan materiallarni videoxostingga joylashtirgan holda, ularning faol giperhavolasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkiliy qoʻmita tanlovga kelib tushgan materiallarni umumlashtiradi va eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffof usulda muhokamasi uchun platformaga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar hamda boshqa intellektual mulk huquqlarining buzilishi, ushbu Nizomda belgilangan tartiblarga rioya qilmaslik bilan bogʻliq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, Tashkiliy qoʻmita ishtirokchilarni tanlovda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilish huquqiga ega, bu holat tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hakamlar hayʼati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan materiallarni har yili aprel, iyul, oktyabr, yanvar oyining 11 — 30-sanasiga qadar (20 kun muddatda) Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadigan talablar (mezonlar) asosida baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili may, avgust, noyabr, fevral oyining 5-sanasiga qadar baholash yakunlari boʻyicha gʻolib va sovrindor deb topilgan faol jurnalistlar va mualliflarni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilotchi har yili may, avgust, noyabr, fevral oyining 10-sanasiga qadar tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlaydi hamda ularning nomlarini oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlovda ilmiy-uslubiy maqolalar, normativ-huquqiy hujjatlarga izohli sharhlar, ilmiy mualliflik tadqiqotlari, uslubiy ishlanmalar, shuningdek reklama sifatida chop etilgan materiallar ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Topshirilgan materiallar tanlov oʻtkazilayotgan chorakda birinchi marotaba eʼlon qilingan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashkilotchi, tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼatining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilotchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita faoliyatiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov eʼloni, jarayonlari va yakunlari haqidagi axborotlarni maxsus elektron platforma hamda oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida eʼlon qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati aʼzolari mehnatiga haq toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkiliy qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, zaruratga koʻra, hakamlar hayʼati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noxolis yondashuv, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib va sovrindorlarni saralashda hakamlar hayʼati tomonidan adolatlilik, shaffoflik mezonlariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga kelib tushgan materiallarni baholash mezonlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilarining hakamlar hayʼati qarorlari ustidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hakamlar hayʼati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallarni adolatlilik, shaffoflik mezonlariga rioya qilgan holda professional talablar asosida koʻrib chiqadi va baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib va sovrindorlarni aniqlaydi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noxolis yondashuv, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, natijalar eʼlon qilingunga qadar uning sir saqlanishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov gʻolib va sovrindorlari har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan 1, 2 va 3-oʻrinlar hamda har bir yoʻnalish boʻyicha 5 tadan 22 tagacha ragʻbatlantiruvchi oʻrinlarni baholash mezonlari asosida aniqlash orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ragʻbatlantiruvchi oʻrinlarning eng koʻp soni (biroq 22 tadan oshmagan miqdorda) hakamlar hayʼati tomonidan tanlovga taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Gʻoliblar va sovrindorlar quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yoʻnalish boʻyicha 1-oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yoʻnalish boʻyicha 2-oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yoʻnalish boʻyicha 3-oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yoʻnalish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi oʻringa — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlovni tashkil etish, oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni mukofotlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

26. Tanlovga taqdim etilgan materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ishtirokchi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar Tashkiliy qoʻmitaga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga

“Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Xodjayev

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

3.

A.D. Xadjayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

4.

Lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi

5.

Sh.T. Qudratxoʻja

—

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi (kelishuv asosida)

6.

O.N. Husanov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ijrochi direktori (kelishuv asosida)

7.

G.K. Xatamova

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqarma boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan xodimlar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi

Tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlonlarni oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida joylashtiradi.

Har yili mart, iyun, sentyabr, dekabr oyining 20-sanasidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar

2-bosqich

Ishtirokchi

Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan 5 tagacha materialni Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi.

Har yili aprel, iyul, oktyabr, yanvar oyining 1 — 10-sanalarida

(10 kun muddatda)

Tashkiliy qoʻmita

Tanlovga kelib tushgan materiallarni umumlashtiradi va keng jamoatchilik muhokamasi uchun platformaga hamda baholash uchun Hakamlar hayʼatiga taqdim etadi.

3-bosqich

Hakamlar hayʼati

Tashkiliy qoʻmita tomonidan taqdim etilgan materiallarni belgilangan talablar asosida baholaydi.

Har yili aprel, iyul, oktyabr, yanvar oyining 11 — 30-sanasiga qadar

(20 kun muddatda)

4-bosqich

Hakamlar hayʼati

Baholash yakunlari boʻyicha gʻolib va sovrindor deb topilgan faol jurnalistlar va mualliflarni aniqlaydi.

Har yili may, avgust, noyabr, fevral oyining 5-sanasiga qadar

5-bosqich

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi

Tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlaydi hamda ularning nomlarini oʻz rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida eʼlon qiladi.

Har yili may, avgust, noyabr, fevral oyining 10-sanasiga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 262-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan hamda xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan jurnalistlar va tahririyat xodimlariga (avval xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan, shuningdek xorijiy tillar boʻyicha oliy maʼlumotli xodimlari bundan mustasno) xorijiy tillarni oʻrganish xarajatlarini qisman, imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning imtihon topshirish xarajati qoplab beriladigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning (keyingi oʻrinlarda — OAV xodimlari) xorijiy tillarni oʻrganish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ular xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifikat)ga ega boʻlishi hamda nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan OAV xodimlariga sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlari toʻliq kompensatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan, oʻquv kurslarida xorijiy tillarni oʻrganish maqsadida oʻz xodimlarini oʻqitgan hamda oʻqitish yakunlariga koʻra xodimlari sertifikatni olgan ommaviy axborot vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatning haqiqiyligini masʼul vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon topshirish xarajati — imtihonni tashkil etish vakolatiga ega xorijiy tashkilotlar tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi rasmiy toʻlov miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — ariza beruvchiga oʻqitish va imtihon topshirish xarajatini qoplab beruvchi tomonidan qoplab beriladigan, imtihon topshirish, oʻqitish xarajati summasi (mazkur kompensatsiya masʼul vakolatli xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili tomonidan belgilanadigan imtihon topshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga olmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vakolatli tashkilot — imtihonni tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilot yoki uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus taqdimnoma — xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan imzolangan shartnomalar, toʻlov hujjatlari asosida shakllantirilgan ommaviy axborot vositalari tomonidan tasdiqlanadigan hamda masʼul vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasi — ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan, qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi oʻz xodimi ushbu Nizomga asosan kompensatsiyadan foydalanishni rejalashtirgan boʻlsa, bu haqda ariza beruvchi oʻz xodimi xorijiy tillarni oʻrganishni boshlagan kunidan boshlab oʻn kun muddat mobaynida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda, quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OAV xodimi xorijiy tillarni oʻrganishni boshlagan xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilot nomi, yuridik manzili, telefon raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni oʻrganishni boshlagan xodimning ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʻilgan yili, ommaviy axborot vositasi tahririyatida asosiy ish joyi boʻyicha haqiqatda ish boshlagan sanasi va lavozimi, telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv kursning boshlanish va yakunlanish muddati hamda narxi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv kurslari xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻqish xarajatlari hamda imtihon boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan OAV xodimlariga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza beruvchi oʻz xodimlarini xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqish xarajatlarini hamda sertifikat olish uchun imtihon xarajatlarini qoplash yuzasidan soʻrovnomani toʻldirib Agentlikka yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchidan OAV xodimlarini asosiy ish joyi boʻyicha haqiqatda ishlayotganligi, oʻqitish yuzasidan tuzilgan, ikki tomonlama tasdiqlangan shartnomalar, toʻlov hujjati, xizmat bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlarni talab qilish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra, OAV xodimlarini xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotining oʻquv kurslarida haqiqatdan oʻqiganligini shuningdek avval sertifikatga ega boʻlmaganligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi yoki sertifikatning haqiqiyligini masʼul vakolatli xorijiy tashkilot orqali tasdiqlatib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiyligi tasdiqlangan oʻqish xarajatlari va sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini ariza beruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xorijiy tillarga oʻqitish va sertifikat olish uchun imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xorijiy tillarga oʻqitish va sertifikat olish uchun imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorijiy tillarga oʻqitish va sertifikat olish uchun imtihon xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi, zaruratga koʻra, ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi soʻrovnomani ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) OAV xodimining xorijiy tilni oʻqiganligini tasdiqlovchi shartnoma va toʻlov hujjati nusxasi yoki imtihon topshirish xarajati toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi, oʻqish natijasida olgan sertifikati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga notoʻgʻri maʼlumot kiritilishi soʻrovnomani rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi xarajatlarni kompensatsiya qilishning har qanday bosqichida uni olishdan bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Nizomda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OAV xodimlari haqiqatda xorijiy tillarga oʻqitish tashkilotlarining oʻquv kurslarida xorijiy tilni oʻrganish boʻyicha oʻqib, oʻquv kursini toʻliq yakunlaganidan keyin uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda imtihon topshirish natijalariga koʻra sertifikatga ega boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihonlarning biri yoki bir nechtasi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ball — V2 va undan yuqori (daraja)ning minimal koʻrsatkichi qayd etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish yoki sertifikat berilgan sanadan boshlab 1 kalendar yil oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish yoki sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Agentlik tomonidan tasdiqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik ariza beruvchining soʻrovnomasi kelib tushganidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma kun ichida OAV xodimlarini xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarida haqiqatda oʻqiganligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn besh kun ichida ariza beruvchining soʻrovnomasi kelib tushgan paytdan boshlab sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, Agentlik imtihon tashkil etishga masʼul vakolatli tashkilotga sertifikatning haqiqiyligi boʻyicha soʻrov yuboradi. Bunday holatda sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati oʻttiz kunga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi holatlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar haqiqiy emasligi yoki OAV xodimi avval sertifikatga ega boʻlganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
verifikatsiya yoki vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan soʻrov natijasiga koʻra sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan soʻrovga javob olinmaganda Agentlik tomonidan oʻqitish yoki sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlash rad etiladi va kompensatsiya toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlik tomonidan masʼul vakolatli tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda Agentlik bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sertifikatning haqiqiyligi masʼul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi ushbu Nizom talablariga muvofiq takroran murojaat etmasdan unga kompensatsiya toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muqaddam aynan bir xodim uchun oʻqish yoki imtihonlarning bir turi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchiga imtihonlarning ushbu turi boʻyicha takroran topshirilgan imtihon xarajati qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqaddam aynan bir xodim uchun imtihonlarning bir turi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi boʻyicha minimal koʻrsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Nizom talablariga muvofiq kompensatsiya toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlik tomonidan moliyalashtiriladigan muddatda ariza beruvchi oʻz faoliyatini toʻxtatgan yoki OAV xodimlari bilan asosiy ish joyi toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda xarajatlar kompensatsiya qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchi ushbu Nizom talablari ijrosi boʻyicha Agentlik xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning imtihon topshirish xarajati qoplab beriladigan xalqaro imtihon tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Xalqaro imtihon tizimlarining nomi

Bilish darajasi aniqlanadigan xorijiy til

Toʻplanishi lozim boʻlgan minimal ball/daraja

1.

Milliy sertifikat

xorijiy tillar

(ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab va xitoy tillari)

B2

2.

International English Language Testing System (IELTS)

ingliz tili

6,5

3.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL iBT)

ingliz tili

94

4.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL ITP)

ingliz tili

543

5.

Cambridge Assessment English

ingliz tili

FCE 160

6.

Test of English for International Communication (TOEIC)

ingliz tili

1300

7.

Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF)

nemis tili

B2

8.

Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF)

fransuz tili

DELF B2

9.

Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF)

fransuz tili

DALF S1

10.

Test de Connaissance du Français (TCF)

fransuz tili

B2

11.

Diplomas de Español como Lengua Extranjera (DELE)

ispan tili

B2

12.

Servicio Internacional de Evaluación de la Lengua Española (SIELE)

ispan tili

B2

13.

The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

arab tili

B2

14.

AT Tanal Al Arabi

arab tili

B2

15.

Nanyu Shuiping Kaoshi (NSK)

xitoy tili

NSK4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tillarga oʻqitish va sertifikat olish uchun imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi oʻzida faoliyat koʻrsatayotgan jurnalist yoki tahririyat xodimi xorijiy tillar oʻquv kurslarida oʻqiganligi yoxud sertifikat olish uchun imtihon topshirganligi haqida asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga (Agentlik) soʻrovnoma yuboradi.

Oʻqish yakunlangan yoki sertifikat berilgan sanadan boshlab 1 kalendar yilida

2-bosqich

Agentlik

Ariza beruvchining xodimlarini xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarida haqiqatda oʻqiganligini oʻrganadi.

Soʻrovnoma kelib tushganidan boshlab 20 kun ichida

3-bosqich

Agentlik

Sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.

Soʻrovnoma kelib tushganidan boshlab 15 kun ichida

4-bosqich

Agentlik

Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʻrab vakolatli xorijiy tashkilotga soʻrov yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushganidan boshlab 30 kun ichida

5-bosqich

Agentlik

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlang�nda (qancha muddatda tasdiqlanganidan qatʼi nazar), sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini ariza beruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida

(Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda, bu haqida 1 ish kuni ichida ariza beruvchiga maʼlum qilinadi).

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni oʻrganish hamda xorijiy tillar boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA

Ariza tartib raqami

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1.1. Ommaviy axborot vositasining nomi

1.2. Joylashgan eri:

1.3. Telefon raqami:

1.4. Elektron pochta manzili:

1.5. Bank rekvizitlari

II. Oʻqish yoki imtihon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2.1. Oʻqish yoki imtihon turi

2.2. Oʻqish yoki imtihon topshirish xarajati

2.3. Sertifikat raqami

2.4. Qayd etilgan ball/daraja

2.5. Oʻqish boʻyicha hujjatlar yoki sertifikat nusxasi

(ilova qilinadi)

2.6. Chek/shartnoma nusxasi

(ilova qilinadi)

2.7. Oʻqigan muddat yoki test topshirilgan sana

2.8. Masʼul vakolatli tashkilot

(imtihon oluvchi markaz) kodi/nomi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 262-son qaroriga
4-ILOVA

Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna boʻlish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Obuna” yagona elektron platformasi va uning mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna boʻlish hamda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop, bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarga (keyingi oʻrinlarda — davriy bosma nashrlar) obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibini belgilaydi, reklama xususiyatiga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma — davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib elektron tarzda obuna boʻlish va obunani yetkazib berish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi va tarqatuvchi subyektlar — davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini obunachiga yetkazib beruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunachi — Platformada obuna xizmatlaridan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obuna katalogi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatiladigan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlari nomlarining belgilangan tartibda tuzilgan roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma — davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib elektron tarzda obunani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari, shuningdek, toʻlov tizimi operatorlarining axborot tizimlari, davriy bosma nashrlar tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan dasturiy taʼminot hamda uning mobil ilovasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma operatori — Platformani yaratish, uning funksional imkoniyatlarini takomillashtirib borish va texnik qoʻllab-quvvatlash, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning axborot xavfsizligini taʼminlash majburiyatiga, shuningdek, davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini tarqatuvchi subyektlar, toʻlov tizimlari va soliq organlarining elektron tizimlariga integratsiya qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs — “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platforma ishtirokchilari — obunachilar hamda noshirlik va matbaa tashkilotlari, ularni yetkazib beruvchi va ularni tarqatuvchi subyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — Platformada obuna xizmatlaridan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxsga ochiladigan, faqat oʻzi kirishi mumkin boʻlgan shaxsiy sahifa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QR-kodli chek — sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy shaxslar tomonidan Platforma orqali amalga oshirilgan davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Platforma operatorining maxsus ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Platforma operatori obunachilarga Platforma orqali amalga oshirilgan davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarishni ushbu Nizomning 3 va 4-boblari talablari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomning davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish bilan bogʻliq qoidalari 2026-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Platforma orqali roʻyxatdan oʻtish hamda davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna boʻlish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Platforma orqali davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna boʻlish hamda davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Obunachi Platformada roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformada roʻyxatdan oʻtish uchun obunachining shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar (F.I.O, obunani yetkazib berishning aniq manzili, murojaat uchun telefon raqami va ushbu jarayon bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar) Platformaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Obunachi davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga Platforma orqali obuna boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Obunachi hamda davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari oʻrtasida davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron obuna boʻyicha munosabatlar ommaviy oferta shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Obunachi ommaviy oferta shartnomasi shartlarini qabul qilishi bilan birga elektron obuna boʻyicha barcha zarur va ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlanganligini tasdiqlaydi hamda Platforma orqali davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlari uchun obunaga buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Obunachilarga Platformada maʼlum bir davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna boʻlish uchun doimiy ravishda yangilanib boriladigan obuna katalogi taklif etiladi. Bunda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar uchun moʻljallangan nashrlar roʻyxati alohida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtma rasmiylashtirilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obuna katalogi boʻlinmasida “Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlari” tugmasi tanlanadi, bunda, maʼlum bir mavzuda hamda turi boʻyicha — bosma yoki elektron koʻrinishda davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlari tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlangan nashrning obuna davri belgilanadi va uning tavsifi bilan tanishtiriladi, undan keyin nashrni savatga qoʻshish uchun “Buyurtma savati” tugmasiga bosiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar obunachi tomonidan boshqa davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna boʻlish istagi boʻlmasa, unda buyurtma savatida “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasi bosilishi lozim. Bunda, davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna toʻlovlari faqat Platformada roʻyxatdan oʻtgan obunachilar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunachi buyurtmaning jami toʻlov miqdorini Platformada taklif qilingan toʻlov usullaridan (toʻlov tizimlari, tijorat banklarning mobil ilovalari va boshqa elektron toʻlov usullari) birini tanlagan holda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunachi tomonidan obuna buyurtmasini yetkazib berish usuli obunani rasmiylashtirish kartochkasida belgilab oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunachi oʻzining shaxsiy kabinetida obuna toʻlovlari muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi QR-kodli toʻlovni tasdiqlovchi hujjatni yuklab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari, shuningdek, yetkazib beruvchi va ularni tarqatuvchi subyektlar davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna rasmiylashtirilganligini obunachining shaxsiy kabinetiga buyurtma rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida xabarni yuborish orqali tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish yuzasidan javobgarlik davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini oʻzi yoki ularning yetkazuvchi va tarqatuvchi subyektlari bilan imzolangan shartnoma asosida yetkazib berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etkazuvchi va ularni tarqatuvchi subyektlar quyidagi hollarda obunachiga obuna yetkazilmaganligi va/yoki oʻz vaqtida yetkazilmaganligi uchun javobgar emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunachi tomonidan obunani yetkazib berish manzili notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunani yetkazib berish manziliga obunaning yetkazilishi, xavfsizligi va ishonchliligini taʼminlash imkoni boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obunani yetkazib berish imkoniyati boʻlmaganda, yaʼni yengib oʻtish mumkin boʻlmagan kuchga ega holatlar yoki hodisalar (fors-major) yuzaga kelganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarining belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilishini taʼminlaydi hamda shu kunning oʻzida bu toʻgʻrisida Platformaga maʼlumot kiritadi. Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlari obunachiga belgilangan muddatdan kech yetkazilishi yoki yetkazib berilmasligi sabablari ham Platformada qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish shartlari va miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi, reklama xususiyatiga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar — obuna narxining 10 foiz miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlar — obuna narxining 20 foiz miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish obuna katalogida mavjud mahsulotlar uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismi, ular rasmiylashtirilgandan soʻng obunachilarning bank kartalariga bir oy muddatda oʻtkazib beriladi (qaytariladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish boʻyicha hisob-kitob davri bir oy etib belgilanadi. Bunda, obunachi davriy bosma nashrlarga bir oydan koʻp muddatga obuna boʻlgan taqdirda, obuna muddati tugagunga qadar, hisob-kitob har oyda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Obunachi tashabbusi bilan obuna buyurtmasi bekor qilinganda obuna xarajatlarining bir qismi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bekor qilingan obuna buyurtmasi uchun mablagʻlar obunani bekor qilish boʻyicha soʻrov yuborilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari tomonidan obunachining bank kartasiga yoki elektron hamyonga (koshelek) qaytariladi yoxud toʻlovchining tijorat bankidagi joriy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Mablagʻlarni joriy hisobvaraqqa oʻtkazishda arizada bank rekvizitlari koʻrsatiladi va mablagʻ qaytarilganligi obunachining tizimdagi shaxsiy kabinetida hisobvaraqqa yuborilgan chek orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan miqdori obunachining shaxsiy kabinetida davriy bosma nashrlarga obuna rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy oʻtganidan keyin shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismi qaytariladigan obunachilar roʻyxati va qaytariladigan mablagʻ miqdori avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Obunachi shaxsiy kabinetda davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan qismini olish uchun “Obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish” tugmasini bosgan holda buyurtma beradi. Bunda, obunachi tomonidan qaytariladigan mablagʻlarni oʻtkazib berish uchun bank kartasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Platforma operatori obunachining obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish boʻyicha buyurtmalari asosida mablagʻlarni koʻrsatilgan bank kartasiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Platforma orqali obuna boʻlishda davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini tarqatish sohasida qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarini buzgan obunachi, davriy bosma nashr tahririyatlari yoki noshirlik va matbaa tashkilotlari, shuningdek, yetkazib beruvchi va ularni tarqatuvchi subyektlarning Platformadan foydalanishiga cheklov (vaqtincha cheklov) oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna boʻlish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obuna” yagona elektron platformasi orqali davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga obuna boʻlish hamda davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Obunachi

“Obuna” yagona elektron platformasi yoki uning mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Obunachi

Platformada ommaviy ofertani tasdiqlagan holda obuna katalogida mavjud davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga buyurtma beradi va obuna uchun toʻlovni amalga oshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

3-bosqich

Platforma operatori

Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna uchun amalga oshirilgan toʻlovdan qaytariladigan mablagʻ miqdorini obunachining shaxsiy kabinetida aks ettiradi.

Obuna rasmiylashtirilgandan soʻng 1 oydan keyin, obuna davri mobaynida har oyda

4-bosqich

Obunachi

“Obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish” tugmasini bosish orqali obuna xarajatlarini qaytarishga buyurtma beradi.

Obuna amalga oshirilgandan soʻng 1 oy davomida

5-bosqich

Platforma operatori

Obunachi buyurtmasiga asosan obuna xarajatlarining bir qismini uning bank kartasiga oʻtkazib beradi.

Obuna rasmiylashtirilgandan soʻng 1 oy muddatda, obuna davri mobaynida har oyda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 262-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM

1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganiga kamida ikki yil boʻlgan davriy bosma nashrlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish orqali bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, mobil ilovalarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan maqsadlar uchun har yili eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi hamda gʻolib deb topilgan loyihalarga Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom 2026-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy bosma nashr — ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy bosma nashr muassis(lar)i va (yoki) tahririyatining loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) — davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlari maqsadli sarflanishini oʻzida aks ettiruvchi maʼlumotlar va chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga olgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — tanlovda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan davriy bosma nashr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma — tanlovda ishtirok etish uchun talabgor tomonidan taqdim etiladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov — davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganiga kamida ikki yil boʻlgan davriy bosma nashrlar orasidan ularning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, mobil ilovalarini yaratish, modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash maqsadida har yili eng yaxshi 20 ta loyihani saralab olish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) — buyurtmachi va tanlovda gʻolib deb topilgan davriy bosma nashr muassis(lar)i va (yoki) tahririyati oʻrtasida tuziladigan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmita — talabgor tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan loyihalarni baholash va tanlov gʻoliblarini aniqlash, shuningdek tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish vazifalarini amalga oshiruvchi kollegial tuzilma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan shaklga muvofiq talabnoma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlovda quyidagilarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari muassis boʻlgan davriy bosma nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma topshirilgan kunga qadar soʻnggi uch oy davomida har bir sonining adadi 300 nusxadan kam boʻlgan davriy bosma nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma topshirilgan kunga qadar soʻnggi olti oy davomida chop etilmagan davriy bosma nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el davriy bosma nashrlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomga muvofiq tanlov gʻolibi deb topilgan davriy bosma nashrning mazkur tanlovda qayta ishtirok etishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashkiliy qoʻmita talabnomalarni davriy bosma nashrlarning muassislari va (yoki) bosh muharrirlari tomonidan imzolangan hamda muhrlangan holda qabul qilib, tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazadi va unga identifikatsiya raqami beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyurtmachi har yili 30-iyunga qadar tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz rasmiy veb-saytiga, Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalariga joylashtiradi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon buyurtmachining rasmiy veb-sayti va Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalarida talabnomalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va topshirish tartibi hamda muddatlari koʻrsatilgan holda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor har yili 30-iyulga qadar tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida talabnoma topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkiliy qoʻmita har yili 1 — 20-avgust kunlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan taqdim etilgan talabnoma va unga ilova qilingan loyihalarni roʻyxatga oladi hamda ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan mezonlar asosida saralaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazadi va gʻoliblarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoliblarni aniqlash boʻyicha yigʻilish bayonnomasi imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov eʼlon qilingan muddat ichida kelib tushgan talabnomalar tashkiliy qoʻmita tomonidan roʻyxatga olinadi va u buyurtmachi arxivida besh yilgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashkiliy qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkiliy qoʻmita mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yigʻilish Tashkiliy qoʻmita aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkiliy qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga ajratilgan mablagʻ miqdorini belgilash yuzasidan xarajatlar smetasini (bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibini aniqlash boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblarining hisobotlarini qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga kelib tushgan barcha talabnomalarni ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini, zarur imzo (muhr va shtamplar)ning mavjudligini, noaniqliklar yoʻqligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov gʻolibini aniqlash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlov gʻolibi tashkiliy qoʻmita yigʻilishi aʼzolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta talabgorga tashkiliy qoʻmita yigʻilishi aʼzolarining yarmidan koʻpi ovoz bergan taqdirda, ushbu talabgor tanlov gʻolibi deb eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Gʻolibni aniqlash jarayonida taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan axborot sohasidagi tajribali ekspertlardan fikr olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovga 20 tadan ortiq talabgor talabnoma topshirganda, gʻoliblar tashkiliy qoʻmita tomonidan quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy bosma nashr chiqarilayotgan muddat, uning adadi va sahifalari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy bosma nashr bosh muharririning mehnat staji va tajribasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahririyat shtatida turgan, materiallarni toʻplash, tahlil va tahrir qilish hamda tayyorlash bilan shugʻullanuvchi xodimlar soni va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi savodxonligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy bosma nashr tahririyati shtatida kompyuter dasturchisi yoki ijtimoiy tarmoq marketingi boʻyicha mutaxassis mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor avval davlat ijtimoiy buyurtmasini olganligi va uni sifatli bajarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Buyurtmachi va tanlov gʻolibi oʻrtasida shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov gʻolibiga mablagʻ ajratish tashkiliy qoʻmitaning tanlov gʻolibi koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi imzolangan sanadan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida buyurtmachi rahbari buyrugʻi asosida gʻolib bilan tuzilgan shartnoma orqali uning hisobvaragʻiga belgilangan miqdorda mablagʻ oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Shartnoma quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov shartlari va ushbu shartlarni amalga oshirish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga ajratilgan mablagʻ miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻ bilan taʼminlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga ajratilgan mablagʻdan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot berish muddatlari va shakllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan davriy bosma nashr shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlovni oʻtkazish davomida oʻz faoliyatini tugatgan yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilgan boʻlsa, buyurtmasi tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnoma imzolashni taklif etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov gʻolibi loyihadagi talablarni tanlovga taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan muddat va shartlarda amalga oshirmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan talabgorga ajratilgan mablagʻni sud orqali undirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Loyiha moliyalashtirilgandan soʻng koʻpi bilan olti oy ichida amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov gʻolibi shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov uchun ajratilgan mablagʻdan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada kelishilgan shartlarni bajarish uchun davriy bosma nashrning muassisi va (yoki) bosh muharriri javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar qonunchilikka muvofiq yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga

Davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, mobil ilovalarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash boʻyicha tanlov tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Buyurtmachi

(Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)

Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz rasmiy veb-saytiga, Internet jahon axborot tarmogʻidagi sahifalariga joylashtiradi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.

Har yili 30-iyunga qadar

2-bosqich

Talabgor

Tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida talabnoma topshiradi.

Har yili 30-iyulga qadar

3-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Talabgor tomonidan taqdim etilgan loyihalarni roʻyxatga oladi va belgilangan talablar asosida saralaydi.

Har yili 1-20-avgust kunlari

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Talabgor tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazadi va gʻoliblarni aniqlaydi.

Gʻoliblarni aniqlash boʻyicha yigʻilish bayonnomasi imzolanadi.

Har yili 1-20-avgust kunlari

5-bosqich

Buyurtmachi

Gʻolib bilan toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnoma orqali uning hisobvaragʻiga belgilangan miqdorda mablagʻ oʻtkazadi.

Gʻoliblarni aniqlash boʻyicha yigʻilish bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 10 kun muddat ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, mobil ilovalarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun

_________________________________________________________ning

(davriy bosma nashrning yoki muassisining nomi)

TALABNOMASI

Kirish qismi

Davriy bosma nashr davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma raqami va berilgan sanasi

Talabgorning nomi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ustavga muvofiq), bank hisobvaragʻi

Loyiha mazmuni

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (yuridik manzili, telefon raqami)

Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)

Tashkilot hisobchisining F.I.O., boshqa maʼlumotlar (doimiy roʻyxatda turgan va yashash manzili, telefon raqami)

Loyihani amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi — tugatish sanasi)

-

Soʻralayotgan mablagʻ miqdori (soʻm)

Qoʻshimcha jalb qilinadigan mablagʻ miqdori (soʻm)

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Talabnoma beruvchining ushbu sohadagi tajribasi (talabgorning faoliyati, uning yutuqlari)

Xarajatlar smetasi

Xarajat nomi

Talab etiladigan mablagʻ

Rahbar F.I.O.___ __________________

__________________

Muhr oʻrni_____________imzo

sana

Bosh muharrir F.I.O. _________________

__________________

______________imzo

sana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, mobil ilovalarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash boʻyicha tanlovni oʻtkazish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY QOʻMITA TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Xodjayev

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

O.A. Pekos

—

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

S.M. Doniyorov

—

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri

5.

X.Gʻ. Xudoyberdiyev

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

6.

F.B. Egamberdiyeva

—

“Darakchi.uz” elektron sayti bosh muharriri*

7.

G.K. Xatamova

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqarma boshligʻi, tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan xodimlar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* tashkiliy qoʻmitaning ushbu aʼzosi tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan har yili oʻzgartiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 09/23/262/0429-son)