19.06.2023 yildagi PQ-195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti jonajon Vatanimizda oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga beqiyos hissa qoʻshmoqda. Ushbu ulugʻ ayyomning maʼnaviy hayotimizdagi muhim ahamiyatini eʼtiborga olib hamda uni mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun — chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, yurtimizda 2023-yil 28-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoni bilan ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 2023-yilning 29-30-iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul kuni qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Qurbon hayiti xalqimizning milliy anʼana va qadriyatlariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Madaniyat va turizm vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-195-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 07/23/195/0401-son)