16.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2803-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining buyrugʻi , 16.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2803-2
Kuchga kirish sanasi
16.06.2023
Hujjat 16.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbekiston respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2803-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi 269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 54-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2803, 2016-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 30-maydagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Yoʻriqnoma portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibini belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining (boshliq oʻrinbosarining) buyrugʻi bilan tuziladigan hududiy boshqarma vakili raislik qiladigan Portlovchi materiallarning yoʻqolishi sabablarini texnik jihatdan tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori, xossalari, yoʻqolgan joy va boshqa holatlardan kelib chiqib Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili raislik qiladigan tarkibda tuzilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, (bundan buyon matnda hududiy ichki ishlar organlari deb yuritiladi) vakili (vakillari) (Komissiyaga Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining vakili raislik qilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili (vakillari);”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 12-banddagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 14-banddagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 20-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “pasport seriyasi va raqami” degan soʻzlar “pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili Komissiya raisi boʻlganda);”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/2803-2/0383-son)