ILOVA
|
5.1-jadval | |
|
Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar turi |
Jarayon va hodisalar namoyon boʻlishining miqdoriy koʻrsatkichlari |
|
Uyurmali quyun |
Diametri 500 metrgacha boʻlgan atmosfera gidrdobi yoki qumli girdob (shamol tezligi 18 — 32,5 m/s boʻlganda “Fujita” shkalasi boʻyicha boʻron tipli, maksimal tezligi 100 m/s). |
|
Shamol (shamol boʻroni) |
Tezligi 20 m/s dan ortiq (Bofort shkalasi boʻyicha 8 balli shamol boʻronlarining boshlanish chegarasi) va kuchaygan paytlarda 40 m/s dan ortiq (Bofort shkalasi boʻyicha 12 balli shamol dovulining boshlanish chegarasi)ni tashkil etadi. |
|
Yomgʻir |
Sel kelishi va jala quyish xavfi boʻlgan tumanlarda yogʻinlarning miqdori 12 va undan kam soatda 30 mm dan ortiqni tashkil etadi. Qolgan hududlarda: 12 va undan kam soatda 50 mm dan ortiq; 2 sutkada 100 mm va undan ortiq; 4 sutkada 150 mm va undan ortiq; 9 sutkada 250 mm va undan ortiq; 14 sutkada 400 mm va undan ortiq. |
|
Jala |
1 soatda yogʻingarchilik miqdori 30 mm dan koʻp |
|
Yaxvonlik |
Havodagi simlarda devorining qalinligi 25 mm dan qalin muz qoplamining hosil boʻlishi |
|
Juda kuchli qor yogʻishi |
1 soatda yogʻingarchilik miqdori 20 mm dan koʻp |
|
Juda katta doʻl yogʻishi |
Yogʻin paytida doʻlning kattaligi 20 mm dan katta |
|
Kuchli qum boʻronlari |
Qum boʻronlari paytida shamol tezligining oʻrtacha koʻrsatkichi 15 m/s va koʻrinish masofasi 500 m gacha |
|
Kuchli tuman |
Tuman vaqtida koʻrinish 50 m gacha |
|
Qor koʻchkisi |
Tik qiyaliklardan 0.01 mln/m3 qor yoki muzli qatlamning toʻsatdan tez harakatlanishi |
|
Sel oqimlari |
Qisqa vaqt ichida kuchli yomgʻir yogʻishidan hosil boʻladigan aholi va xalq xoʻjaligi obyektlariga xavf soluvchi oqimlar |
|
Yuqori haroratlar |
+40ºS dan yuqori |
|
Past haroratlar |
-10ºS dan past |
|
|
5.2-jadval |
|
Jarayon va hodisalar turi |
Jarayon va hodisalar namoyon boʻlishining miqdoriy koʻrsatkichlari |
|
Toʻlin suv |
Yilning maʼlum davrlarida toʻyinish manbalaridan suv qoʻshilishining (qor va muzlar erishi natijasida) ortishi bilan suv sathining sutkasiga 1 m dan oshib borishi hamda 15 foiz maydon birligidan kam boʻlmagan joyni suv bosishi. |
|
Shovush |
Daryolarda muz parchalarining maʼlum bir qismlarida yigʻilib qolishi bilan suv sathining yuqori qismda koʻtarilishi va quyida pasayishi kuzatiladi. Koʻtarilish jarayoni sutkasiga 1 m dan ortgan holatlar. |
|
Muzlarning tiqilib qolishi (zator) |
Daryolarda muz parchalarining maʼlum bir qismlarida yigʻilib qolishi bilan suv sathining yuqori qismda koʻtarilishi va quyida pasayishi kuzatiladi. Koʻtarilish jarayoni sutkasiga 1 m dan ortgan holatlar. |
|
Toshqin |
Gidrologik rejimning fazasi boʻlib, daryo yoki koʻl suvi sathining koʻtarilishi natijasida quruqlikni suv bosishi. Toshqin daryo suvi, asosan, havo harorati keskin koʻtarilib, qor yoki muzliklar qisqa vaqtda koʻp miqdorda eriganda, qattiq jala quyganda sutkasiga suv sathining koʻtarilishi 1 m dan kam boʻlmagan holatda |
|
Kam suvlik (mejen) |
Suv sathining suv olish inshootining loyihaviy suv olish sathidan, oqava suv chiqarish joylari va kema qatnovi mumkin boʻlgan navigatsiya sathidan kamida 10 kungacha pasayishi. |
|
Oʻzan deformatsiyasi |
Daryo va boshqa suv obyektlarining qirgʻoq chizigʻini oʻzgartirishi 1 m/yildan katta boʻlishi |
|
Megatsunami |
Suv osti yoki qirgʻoq boʻylarida kuchli yer silkinishidan vujudga keladigan yopiq suv havzalaridagi shartli tsunami hodisasi. Hodisa paytida qirgʻoqqa uriladigan toʻlqin balandligi 2 m dan, toʻlqin energiyasi 20 km/h dan yuqori boʻlganda. |
|
Kuchli toʻlqinlanish |
Toʻlqinlanish qirgʻoq mintaqasida 4 m dan baland boʻlganda. |
|
|
5.3-jadval |
|
Gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasi |
Hududning gidrologik va gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasini belgilovchi sharoitlar |
|
Oʻrganilgan |
Quyidagi shartlarga javob beradigan reprezentativ post (stansiya)ning mavjudligi: |
|
kuzatuvlar obyekt loyihasini asoslash uchun zarur boʻlgan barcha gidrometeorologik koʻrsatkichlar boʻyicha olib boriladi; | |
|
kuzatuvlarning sifati hisoblashlarda ishlatiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini belgilaydi; | |
|
agar kuzatuvlar davrining davomiyligi quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasa, daryolar maksimal suv sarfi qatori hisobini aniqlash uchun yetarli deb qabul qilinishi mumkin: | |
|
25 yil — oʻrmon zonasi uchun; | |
|
30 yil — oʻrmon dasht zonasi uchun; | |
|
40 yil — dasht zonasi va togʻli tumanlar uchun; | |
|
50 yil — qurgʻoqchil dashtlar va yarim choʻl zonalari uchun; | |
|
agar ularning davomiyligi quyidagi koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlsa, meteorologik kuzatuvlar qatori yetarli hisoblanadi: | |
|
havo harorati — 30 — 50 yil boʻlsa; | |
|
tuproq harorati — 10 yildan kam boʻlmasa; | |
|
tuproqning maksimal muzlash chuqurligi — 25 — 30 yil; yaxvonlik devori hisobiy qalinligi — 25 — 30 yil boʻlsa; | |
|
shamolning hisobiy bosimi — 20 yildan kam boʻlmasa. | |
|
Etarli darajada oʻrganilmagan |
Mavjud postlar (stansiyalar) hududni oʻrganilgan deb xarakterlovchi sharoitlarning hech boʻlmaganda bittasiga ham javob bermaydi. |
|
Oʻrganilmagan |
Reprezentativ postlar (stansiyalar)ning mavjud emasligi. |
|
Shakllanishi faqat mahalliy omillar va sharoitlar (oʻzan jarayonlari, suv havzalari qirgʻoqlarining yemirilishi, qor koʻchkilari, daryolardagi muz tiqinlari) bilan aniqlanadigan gidrometeorologik jarayon va hodisalarni oʻrganishda. |
|
|
5.4-jadval |
|
Gidrometeorologik sharoitlarning tafsiloti |
Kuzatuvlarning eng kam davomiyligi |
|
Quruqlikdagi suv obyektlarining gidrologik rejimi (oʻzan jarayoni, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi rejimlarini qoʻshgan holda) |
Gidrologik rejimning barcha fazalarini oʻzida mujassamlashtirgan yillik davr. |
|
Meteorologik elementlarning rejimi |
Barcha iqlim mavsumlarini oʻzida mujassamlashtirgan yillik davr. |
|
Ekstremal va mavsumiy gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlar (suvning maksimal va minimal sathi va suvning oqib tushishi, havo harorati va yogʻingarchilik, suv havzalarining qishki rejimi) |
Rejimning toʻliq fazalarini oʻzida mujassamlashtirgan yillik davr yoki unda sodir boʻladigan iqlim mavsumi. |
|
Xavfli tabiiy jarayonlar |
Yomgʻir yogʻadigan davr (yomgʻirlar mavsumi). |
|
Sellar, qor koʻchkilari |
Qor erishi bilan boshlanib, qor koʻchkilari tushishi tugashigacha boʻlgan davr. |
|
|
7.1-jadval |
|
Gidrometeorologik sharoitlar |
Gidrometeorologik koʻrsatkichlar |
|
Iqlim |
Havo harorati, namligining ekstremal va oʻrtacha qiymatlari, atmosfera yogʻinlarining miqdori va intensivligi, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor qatlami balandligi va tuproq qatlamining muzlash chuqurligi va atmosfera hodisalari |
|
Daryolarning gidrologik rejimi |
Sathlar rejimi (suvning eng baland sathi, suv bosadigan yerlarning chegaralari, muzlash rejimi, oʻzan jarayonlarining rejimi (oʻzan jarayonlarining turi, ularning shiddatliligi va rivojlanish darajasi, qirgʻoq deformatsiyasining tavsifi) |
|
Suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi |
Jarayonlar turi, ularning yoʻnalganligi, shiddatliligi va rivojlanish darajasi |
|
Sellar |
Sel oqimlarining tarqalish chegaralari, sel xavfi boʻlgan davrning davomiyligi, sel kelishining takroriyligi |
|
Qor koʻchkilari |
Koʻchkilar sodir boʻlishining takroriyligi, koʻchkilar tarqalishi va havo toʻlqini taʼsirining chegaralari, qor koʻchkilari sodir boʻlish davrining davomiyligi. |
|
|
8.1-jadval |
|
Gidrometeorologik sharoitlar |
Gidrometeorologik koʻrsatkichlar |
|
Iqlim |
Yer yuzasida va balandliklarda shamol tezligi, yoʻnalishining taqsimlanishi, yogʻingarchilikning hisobiy sutkalik maksimumi, yaxvonlik devorining maksimal qalinligi, iliq va sovuq davrlarning davomiyligi, qor qatlamining paydo boʻlish, saqlanib turish, yemirilish va erib ketish sanalari, havo oʻrtacha sutkalik haroratining berilgan koʻrsatkichlardan oʻtish sanalari, havo haroratining berilgan miqdorlaridan yuqori va past boʻlgan davrlarining davomiyligi. |
|
Daryolarning gidrologik rejimi |
Suvning hisobiy eng yuqori sathi va sarfi miqdorlari, hisobiy sathlarga toʻgʻri keladigan hududlarni suv bosish chegaralari, muz haraka�ining (yurishining) eng yuqori sathi, oqimlarning hisobiy tezliklari, bashorat qilinadigan davr oxiriga toʻgʻri keladigan oʻzan rejalangan siljishining oʻrtacha tezligi va qirgʻoq deformatsiya zonasining chegarasi. |
|
Koʻllar, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi |
Bashorat qilinadigan davr oxiriga toʻgʻri keladigan qirgʻoq yemirilishi zonasi chegarasining holati va uning hisobiy profili |
|
Sellar |
Yogʻingarchilikning hisobiy sutkalik maksimumi, sel oqimining maksimal sarfi va hajmi, sel oqimi oʻtadigan zonaning kengligi, harakat tezligi, bir toshqin natijasida olib chiqilgan yotqiziqlarning maksimal hajmi. |
|
Qor koʻchkilari |
Qor koʻchkisining hajmi va harakat tezligi, qor koʻchkisi yotqiziqlarining zichligi va qalinligi, qor koʻchkisi va havo toʻlqinining zarb kuchi. |
|
|
|
10.1-jadval |
|
Jarayonlar, hodisalar |
Jarayon va hodisaning taʼsir qilish turi va xarakteri |
Jarayon va hodisaning taʼsir qilishining tarqalish hududlari |
|
Toshqin (suv bosishi) |
Jarayon taʼsir qilish zonasida joylashgan bino va inshootlarni suv bosishi. |
Daryo vodiylarining tagi, suv omborlari, koʻllar va qirgʻoq zonalari. |
|
Nihoyatda kuchli shamollar, quyunlar |
Jarayon taʼsir qilish zonasida joylashgan bino va inshootlarga halokat keltiruvchi kuchga ega boʻlgan dinamik taʼsir. |
Jarayon harakati trayektoriyasi yoʻnalishi boʻylab choʻzilgan front boʻyicha chegaralangan yoʻlak. |
|
Qor koʻchkilari |
Qor massalarining yonbagʻir boʻylab harakatlanishi. Bu harakatlar bino va inshootlarning barcha turiga taʼsir qiluvchi qorning dinamik bosimi va zarbli havo toʻlqinlari bilan birga keladi. |
Qor koʻchkisi tushadigan yoʻnalishda. |
|
Qor bosishlar (uyumlari) |
Korxonalar, transportlarning normal ishlashini qiyinlashtiruvchi qor qatlamlarining katta-katta uyumlari. |
Meteorologik jarayon va hodisaning taʼsir zonasi. |
|
Yaxvonlik |
Inshootlar konstruksiyasining, ular muz va bulduruq bilan qoplanishi oqibatida ogʻirlashishi. |
Jarayonning har xil koʻrsatkichlari boʻlgan ayrim tabiiy zonalar. |
|
Sel oqimlari |
Sel oqimining inshootlarning barcha turlariga dinamik taʼsiri, oqimning sel transport qilinadigan zonada oʻzanning yemirilishi va materialning chiqish konusi doirasida yotqizilishi. |
Sel keladigan daryo vodiysining qiya qismlari va vaqtinchalik suv yoʻllari. |
|
Oʻzan arayoni |
Daryoning tagi, oʻzanning va qayirning qirgʻoqlariga akkumulyativ-erozion taʼsiri. Ushbu jarayon bu erda joylashtiriladigan inshootlarning mustahkamligini yoki undan normal foydalanish sharoitlarini buzadi. |
Daryo oʻzani, qayiri va ularga yondosh hududlarda. |
|
Daryolar, koʻllar, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi |
Qirgʻoqqa erozion taʼsir. Buning natijasida qirgʻoq orqaga chekinib, unda joylashgan inshootlarning buzilishi (vayron boʻlishi) yuz beradi. |
Daryolar, koʻllar, suv omborlari qirgʻoqlari boʻylari zonalarida. |
| 11.1-jadval | ||
| Gidrologik sharoitlarning koʻrsatkichlari | Suv olish joylarini qurish loyihasini asoslash muammolarini hal qilishda hisobga olinadigan gidrologik xususiyatlar | |
| Suv tortib chiqarish qurilmalarini va suvlarni tushirish inshootlarini joylashtirish variantlarini tanlashda | Tanlab olingan variantga qoʻshimcha | |
| Suv sathi | Hisobiy minimal va maksimal qiymatlar. | |
| Suv harorati | Minimal va maksimal qiymatlar. | |
| Suvning loyqaligi | Har kunlik, maksimal, oʻrtacha oylik va yillik, yil orasida taqsimlanishi, muallaq holdagi zarralarning granulometrik tarkibi. | Suv tortib chiqarish qurilmasi stvorining har xil chuqurliklarida. |
| Muz rejimi | Muzlash, ochilish, muz oqishining boshlanish va tugash sanalari, suv aro muzlarning, muz uyulib va tiqilib qolishining, suv orasidagi muzlar tiqilishining mavjudligi. | Muzning hisobiy qalinligi, ayrim muz boʻlaklarining oʻlchamlari, muz boʻlaklari uyilgan va muzning qirgʻoqqa chiqib qolgan joylari, muz uyumlarining, tiqinlarining hosil boʻlishi. |
| Oqim tezligi | Yuzadagi va har xil chuqurliklarda. | |
| Suvning sifati | Kimyoviy tarkibi va sanitariya holati, fitoplankton, zooplankton va suv oʻtlarining mavjudligi. | Fitoplankton, zooplankton va suv oʻtlari turlarining tarkibi va miqdori. |
| Oʻzan deformatsiyasi | Jarayonning turi, u sodir boʻlishining (namoyon boʻlishining) xarakterli belgilari va yoʻnalishi. | Qirgʻoqlar va oʻzan tubining deformatsiyasi, daryo tubidagi choʻkindilar uyumlarining parametrlari. |
| Yirik va mayda daryolardagi toʻlqinlanishlar | Izlanishlar davridagi toʻlqinlanishlar. | “Xavfli yoʻnalishlar” uchun toʻlqinning hisobiy balandligi. |
| 11.2-jadval | ||
| Tabiiy sharoitlarning koʻrsatkichlari | Avtomobil va temir yoʻllari qurilishi loyihasi yechimida hisobga olinadigan gidrometeorologik koʻrsatkichlar | |
| Avtomobil va temir yoʻllari trassasi yoʻnalishini tanlashda | Tanlab olingan trassa yoʻnalishida qoʻshimcha | |
| Iqlim | Havo harorati va namligining, atmosfera yogʻinlarining, shamolning ekstremal va oʻrtacha miqdorlari; qor qoplamining eng yuqori balandligi va gruntning muzlash chuqurligi; atmosfera hodisalari. | Havo haroratining 0o C dan oʻtadigan kunlari miqdori, momoqaldiroqning takroriyligi, shamolning takroriyligi va ustuvor yoʻnalishlari, tumanli va yaxli kunlar miqdori, qor qoplamining hisobiy qalinligi; qor qoplamining va yaxli davrning davomiyligi, qor boʻronli shamollarning ustuvor yoʻnalishlari, qorning bir erdan ikkinchi erga koʻchish tafsiloti, ekstremal meteorologik hodisalar (jala, shamol va b.) toʻgʻrisida maʼlumotlar. |
| Kichik daryolar havzasidan tushadigan maksimal suv miqdori | Jala oqimi va bahor toshqinlari oqimlarining shakllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar. | Maksimal suv sarfi va suv sathining hisobiy qiymatlari; yogʻingarchilik va bahor toshqinlarining gidrograflari; yogʻingarchilikning sutkalik maksimumi va ularning har xil vaqt oraligʻidagi intensivligi. |
| Oʻrta va katta daryolar havzasidan tushadigan maksimal suv miqdori | Suvning maksimal sarfi va sathi, muz sharoitlari toʻgʻrisida maʼlumotlar. | Suvning maksimal hisobiy sarfi hamda uning oʻzan va qayir orasida taqsimlanishi; suvning maksimal hisobiy sathi; suvning eng baland, past va boshqa xarakterli sathlarining (bahorgi muz koʻchishlarida, muzning harakati va tiqilishida va b.), tafsiloti; muzning hisobiy qalinligi va muz boʻlaklarining muz koʻchishidagi oʻlchamlari; oʻzan va qayir uchun oqimning oʻrtacha hisobiy tezligi; suv osti choʻkindilarining granulometrik (mexanik) tarkibi va oʻrtacha diametri; toʻlqinlarning hisobiy balandligi. |
| Qor koʻchkilari | Qor koʻchkilarining asosiy parametrlari toʻgʻrisida maʼlumotlar. | Qor qoplamining qalinligi va rejimi hamda qor boʻronlari haqida, qor koʻchkilarining paydo boʻlish haqida, qor koʻchkilarini yigʻgichlar va qor boʻronlari vositasida koʻchiriladigan yondosh uchastkalarning morfometriyasi haqida, qor koʻchkisi uziladigan chiziqning eng baland holati, qor koʻchkisi oqimining zichligi haqida maʼlumotlar. |
|
|
11.3-jadval |
|
Oʻtish joyining murakkablik guruhi |
Havo liniyasi trassasining suv obyektidan oʻtish sharoitlari |
|
I |
Suv obyekti qayir bilan birgalikda aniq havo liniyasini loyihalash uchun qabul qilingan tayanch ustunlaridagi (chiziqli) bitta hisobiy oraliq bilan kesishadi. |
|
II |
Suv obyekti oʻzanining va qayirining eni yoki qirgʻoqlar yemirilish (yuvilish) zonasi hisobiy oraliqdan katta. Bu holda, asosan, taglikli chiziqli tayanch ustunlar qoʻllash yoki poydevorlarni maxsus muhofazalash talab qilinadi. |
|
III |
Kema qatnovi boʻlgan daryo yoki kanal balandligi 50 m dan ortiq maxsus tayanch ustunlari qoʻllash yordamida kesib oʻtiladi. Bundan tashqari, masofasi 700 m dan ortiq boʻlgan oraliq bilan kesib oʻtiladigan har qanday suv obyekti (tayanch ustunlarining balandligidan qatʼi nazar). |
|
11.4-jadval | |
|
Havo liniyalari va podstansiyalarga investitsiyalarni hamda qurilish loyihalarini asoslashda hisobga olinadigan gidrologik koʻrsatkichlar va maʼlumotlar | |
|
Havo liniyasi trassasi va podstansiya maydonchasi joyini tanlashda |
Tanlab olingan va kelishilgan havo liniyasi trassasida (podstansiya maydonchasida) |
|
III va II murakkablik guruhiga mansub suv obyektlaridan oʻtish joylari | |
|
Oʻtish joylarining soni |
Suv eng yuqori koʻtarilishining R foizli takrorlanishdagi hisobiy sathi, suv bosish zonasining eni, chuqurligi (oʻrta va eng katta), hisobiy sathlarda oqimning tezligi oʻrtacha (oʻtish joyi profilining uchastkalari boʻyicha). |
|
Oʻzanning yoki oʻzan va qayir deformatsiyasining bashorat qilinadigan zonalari; oʻtish joyidagi oraliqning tavsiya qilinadigan uzunligi; |
Suv eng yuqori koʻtarilishining eng baland sathi, yoki maʼlum boʻlganlar ichida eng yuqorisi, u sodir boʻlgan yil va analog boʻyicha taxminiy taʼminlanganligi; bahorgi toshqinlarning (toshqin davrining) boshlanish va tugash sanalari, kuzatilgan eng baland sath; baland sathlar turishining davomiyligi; suv koʻtarilishi va pasayishining jadalligi; yoz chillasining oʻrtasi va oxiridagi suv sathi. |
|
Qirgʻoqning balandligi va yemirilishga bardoshliligi; qayirning kengligi, uning suv bosish chuqurligi, yemirilishga bardoshliligi; |
Berilgan taʼminlanganlikdagi suvning maksimal sarflari (baland suvlar sathini (BSS) R foizli takrorlanishda gidravlik-morfometrik usulda hisoblash zarurat tugʻilganda). |
|
Qayirda muz oqishining mavjudligi, uning xarakteri, muz boʻlaklari va muz oqish zonasining oʻlchamlari; kema harakatining mavjudligi, kemalarning suv sathidan balandligi (kelajakda oʻsishini hisobga olgan holda) |
Muz sharoitlari — Muz rejimi asosiy fazalarining kirish muddatlari; bahorgi muz oqishining oʻrtacha va chekka boshlanish hamda tugash sanalari, bahorgi muz oqishida kuzatilgan suvning eng baland sathi, berilgan taʼminlanganlikda baland suv turishining hisobiy sat�i; qayirdagi muz oqish zonalarining kelib chiqishi, oʻzan va eski oʻzanda hosil boʻlgan muz boʻlaklarining eng katta oʻlchamlari, muz boʻlaklarining harakatlanish yoʻnalishining sxemasi, ularning qayirdagi tayanch ustunlari oʻrnatilgan joylarda trassaga yaqinlashish burchagi; muzning kuzatilgan va muz oqishidan oldingi eng katta qalinligi; muz uyumlari hosil boʻlgan joylar, ularning balandligi, eni, uzunligi; muz tiqinlari hosil boʻladigan joylarning mavjudligi, ularning oʻtish joylarida daryo rejimiga taʼsiri; muz ustidan oʻtish ehtimoli davrining boshlanishi. |
|
Oʻzan jarayonining turi, uning yoʻnalganligi, faolligi, oʻzan va irmoq qirgʻoqlarining deformatsiyalanish tezligi; qirgʻoqlarda suv oqizib kelib yotqizgan uchastkalarining joylashgan joyi; inshootlar xizmat qiladigan muddatlar bashorat qilinadigan deformatsiyalar zonasining kengligi, oʻzan va irmoqlarning eng katta yemirilish chuqurligi va bashorat qilinadigan holati (profili). | |
|
Qayirning, irmoqlarning, oʻzanning, uning qirgʻoqlari gidromorfologik koʻrsatkichlarining kompleksi: oʻsimliklari, relyefi, gruntlari, yuqori (baland) suv bosish va ularning pasayish sharoitlari, oqim yoʻnalishlari, tezliklari, qiyaliklari, baland suvlar qoldirgan izlar va bahoriy muz oqishlarining izlari, yotqiziqlar, yigʻilgan va yemirilgan uchastkalar, oʻzan yotqiziqlari, ularning qirgʻoq deformatsiyasiga taʼsiri (oʻzan jarayoni va qayir deformatsiyasini hisobga olgan holda), qayir massivining turi, daryoda kechuv joylarining mavjudligi, ular cheklangan davrlar va b. Vodiyning gidromorfologik tafsiloti, uning kengligi, yonbagʻirlarning balandligi, profili; deformatsiya jarayonlari. | |
|
Suv obyektlarining I guruh murakkablikdagi oʻtish joylari | |
|
Oʻtish joylarining soni |
Vodiyning gidromorfologik tafsiloti (yonbagʻirlarning kengligi, balandligi, profili, jarlanganligi, serildizligi, mustahkamligi, oʻzan va qayirning kengligi va oʻnqir-choʻnqirligi, oʻzan qirgʻoqlarining balandligi, profili, mustahkamligi, deformatsiya jarayonlari). |
|
Suv obyektlarining I , II va III guruh murakkablikdagi oʻtish joylari | |
|
Kemalar harakatining mavjudligi, suv obyektlarining kema harakatlanish sharoitlari boʻyicha turlari, sinfi, kemalar suv usti gabaritlarining suv sathidan balandligi (kemalar harakatlarining kelajakda rivojlanishini hisobga olgan holda). Amaldagi va loyihalanayotgan gidrotexnik inshootlar va ularning oʻtish joylari uchastkalarida gidrologik rejimga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar. | |
|
11.5 jadval | |
|
Havo liniyalari va podstansiyalarga investitsiyalar kiritishni va qurilish loyihasini asoslashni ishlab chiqishda hisobga olinadigan meteorologik koʻrsatkichlar | |
|
Havo liniyalari trassasi va podstansiya joylashadigan joyni tanlashda |
Tanlab olingan va kelishilgan havo liniyalari trassasi va podstansiya maydonchasida |
|
Atmosferaning tabiiy manbalar (shoʻrxoklar, shoʻr koʻllar va b.) va sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanish sharoitlarini xarakterlovchi koʻrsatkichlar |
Havo harorati: oʻrtacha oylik va oʻrtacha yillik; absolyut minimum va maksimum, absolyut minimumlardan oʻrtachasi; eng sovuq besh kunlik va yaxvonlikning hisobiylari; iliq va sovuq davrlarning davomiyligi; |
|
Shamol: sakkiz rumb boʻyicha yoʻnalishlarning takroriyligi va shtillarning oylik va yillik takroriyligi; oʻrtacha oylik va oʻrtacha yillik tezligi, berilgan takroriylikdagi kuzatilgan maksimal va hisobiy maksimal tezliklar; kuchli shamollar kuzatilgan oʻrtacha va eng koʻp kunlar; | |
|
Iqlim parametrlari — shamol boʻlgan paytda va shamolsiz maksimal yaxvonlik rejimlarida hamda yaxvonlik paytidagi maksimal shamol bosimida: yaxvonlik devorining ekvivalent qalinligi, yaxvonlik paytida shamol bosimi; | |
|
Asosiy iqlim parametrlari (regional xaritalar va maʼlumot — uslubiy materiallar boʻyicha) |
Oylik va yillik momoqaldiroqli kunlar soni, momoqaldiroqlarning oʻrtacha yillik davomiyligi — soatlarda, togʻli tumanlarda bulutlar orasidagi chaqmoqlar erga bergan razryadlarining soni; |
|
Oylik va yillik qor boʻronli va qum boʻronli kunlar soni; | |
|
Oylik va yillik tumanli va shudrngli kunlarning oʻrtacha va eng koʻp soni; | |
|
Oylik va yillik atmosfera yogʻinlarining iliq va sovuq davrlar boʻyicha va yil boʻyi oʻrtacha yigʻindisi, qattiq, aralash va suyuq yogʻinlarning oylik va yillik miqdori (umumiy miqdoridan foiz hisobida); | |
|
Qor qatlamining oʻn kunlikdagi oʻrtacha qalinligi, eng qalin qatlamga nisbatan (doimiy reyka boʻyicha) yillik oʻrtacha, maksimal va minimal qalinligi, qor qatlamining zichligi, uning paydo boʻlish va yoʻq boʻlish sanasi, hisobiy qor bosimi. Oylik oʻrta muzlash chuqurligi, eng katta va eng kichik chuqurliklarning oʻrtachasi. | |
|
|
11.6-jadval |
|
Oʻtish joylarining murakkablik daraja guruhi |
Magistral quvuroʻtkazgich trassasi kesib oʻtadigan suv obyekti oʻtish joyining sharoitlari |
|
I |
Yoz chillasida trassa bilan kesishuvchi stvor uchun suv sathining kengligi 30 metrgacha (oʻrtacha chuqurligi 1,5 m). |
|
II |
Xuddi yuqoridagiday, 1,5 m oʻrtacha chuqurlikda 31 dan 75 m gacha |
|
III |
Xuddi yuqoridagiday, 75 m dan kam, ammo 90 foiz taʼminlanganlikda suv �athi turishining 20 kunligida suv bosish zonasi 500 m dan ortiqni tashkil qiladi. |
| 11.7-jadval | ||
| Tabiiy sharoitlar tafsiloti | Magistral quvuroʻtkazgichlar qurilishini loyihalashni asoslashni ishlab chiqish uchun oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida aniqlanadigan gidrometeorologik koʻrsatkichlar | |
| Trassa yoʻnalishini tanlashda | Trassaning tanlab olingan yoʻnalishida qoʻshimcha | |
| Magistral quvuroʻtkazgichlar trassalari uchun | ||
| Iqlim | Havo harorati va namligining, atmosfera yogʻinlarining, shamolning ekstremal va oʻrtacha miqdorlari; qor qoplamining eng yuqori balandligi va gruntning muzlash chuqurligi; atmosfera hodisalari. | Gruntlarning oʻrtacha va eng chuqur muzlash chuqurligi hamda muzlash davrining oʻrtacha davomiyligi; tuproq yuzasining oylik va yillik oʻrtacha harorati va ularning chuqurlik boʻyicha taqsimlanishi; yaxvonlik — sovuq-nam havo yotqiziqlarining ogʻirligi. |
| Kichik oʻtish joylari uchun | ||
| Daryolarning gidrologik rejimi | Trassaning xarakterli uchastkalari boʻyicha taxminan baholangan oʻtish joylarining soni. | Suvning hisobiy eng baland sathi*, suvning hisobiy maksimal sarfi **, oʻzan tubining yemirilishi (yuvilishi) mumkin boʻlgan eng katta chuqurlik; inshootlar xizmat qilishining oxirida yuvilishi mumkin boʻlgan chuqurlikning bashorati. |
| Katta va oʻrta oʻtish joylari uchun | ||
| Daryolarning gidrologik rejimi | Suvning eng baland hisobiy sathi; bahorgi muz yurishining eng baland va eng past sathi; oqimning suv yuzasi va suv tagidagi oʻrtacha hamda maksimal tezligi; suv haroratining 12o S daraja oʻrtacha va chekka sanalari ***, suvning muzdan holi boʻlgan davrdagi loyqaligi ***, choʻkindilar oqib kelishi va suv tubidagi uyumlarning parametrlari ***. | |
| Oʻzan va qayir deformatsiyasi | Oʻzan tubi yemirilishining eng katta chuqurligi; oʻzan tubi yemirilishining bashorat qilingan profili; berilgan davr holatiga oʻzan va qayirning bashorat qilingan deformatsiyasi. | |
|
|
11.8-jadval |
|
Tabiiy sharoitlar tafsiloti |
Daryo transporti obyektlarini loyihalash uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida aniqlanishi kerak boʻlgan gidrologik koʻrsatkichlar |
|
Suvning sathlari |
Gidrologik rejim va xarakterli sathlar fazalari kirib keladigan oʻrtacha va chekka sanalar; xarakterli hisobiy va kunlik har xil ehtimollikda taʼminlangan sathlarning turish davomiyligi va taʼminlanish ehtimolligi. |
|
Suv va choʻkindilarning sarfi |
Suvning hisobiy maksimal va minimal sarfi; suv sarfining sath, loyqalik, choʻkindilar sarfi bilan bogʻliqlik grafiklari; daryo suvining uning irmoqlari boʻyicha taqsimlanish foizlarining egri chiziqlari. |
|
Suv yuzasining nishabligi |
Suv sathi yuzasining boʻylama profili, nishabliklarning va suv pasayishi (tushishi) bilan bogʻliqligi. |
|
Oqim tezligi |
Oqimning eng katta va oʻrtacha tezligi, shu jumladan, sayozliklarda sathlar oʻzgargandagi oqimlar tezliklari. |
|
Muzlash sharoitlari |
Ochilishdan oldin bahorgi muz yurishi davrida muzning mustahkamligi, muz boʻlaklarining oʻlchami, ularning harakat tezligi va qirgʻoqqa yaqinlashish burchagi, muz uyumlari hosil boʻladigan joylar, ularning balandligi, eni va uzugligi, muz tiqinlarining mavjudligi va takroriyligi, muz fazalarining paydo boʻlish muddatlari. |
|
Toʻlqinlanish |
Hisobiy sathlarda turli miqdorlarda taʼminlangan toʻlqinlanish koʻrsatkichlari va ularning takrorlanib turishi, toʻlqinlanish davri (oqimni hisobga olgan holda daryolarda). |
|
Oʻzan jarayonlari |
Jarayonning turi, rivojlanish darajasi, deformatsiyaning tafsiloti, yuvilishning (emirilishning) eng katta chuqurligi, choʻkindi bosish miqdori va oʻzan hodisalarining bashorat qilingan joyi. |
|
Suvning kimyoviy tarkibi |
Kimyoviy tarkib normallashtirilgan asosiy ingridiyentlarining tarkibi. |
ILOVA