02.05.2023 yildagi 3129-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 02.05.2023 yildagi 3129-IV-son
Kuchga kirish sanasi
02.05.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va deputatlari faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash, palataning qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga koʻmaklashish, parlamentarizm muammolarini tadqiq etish, xalqaro normalar va standartlarni qonunlarga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3128-IV/KQ-494-IV-sonli Qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) tashkil etishga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut yuridik shaxs shaklidagi davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi boʻlib, u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni Qonunchilik palatasining Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktorining oʻrinbosari Qonunchilik palatasining Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va deputatlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash, ularning qonun ijodkorligi borasidagi faoliyatiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlamentarizm muammolarini tadqiq etish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, “Parlament huquqi” ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy parlamentlar va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar faoliyatini oʻrganish natijalari asosida parlament faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, ularning tartibga solish taʼsirini baholash hamda xalqaro normalar va standartlarga muvofiqligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun ijodkorligini demokratlashtirish, uning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda xalqaro normalar va standartlarni qonunlarga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasiga parlament nazorati shakllarini rivojlantirishga va vakillik funksiyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalari, komissiyalari, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini oʻrganib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining tuzilmasi 1-ilovaga*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining shtatlar jadvali 3-ilovaga*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti xodimlarining mehnatiga Yagona taʼrif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilovalar berilmaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut direktori, uning oʻrinbosari va xodimlariga nisbatan tegishincha Qonunchilik palatasi Devonining xodimlari uchun belgilangan tibbiy taʼminot, moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi balansidagi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Furqat koʻchasi, 171-uy manzili boʻyicha joylashgan binoga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi ushbu binoning Institut joylashtirilgan qismiga ham belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu Qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3129-IV-son