14.06.2023 yildagi PQ-192-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada ragʻbatlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotlarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada ragʻbatlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyun holatiga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (noturar koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno) boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyun holatiga oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyun holatiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq qoʻmitasi va Majburiy ijro byurosi ikki hafta muddatda ushbu qarorning 1-bandidagi soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan imkoniyatdan foydalanish va keyingi faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishda shart-sharoit yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandiga asosan hisobdan chiqarilgan toʻlovlar (soliq qarzi, penya va jarimalar) toʻgʻrisida jismoniy shaxslarga uyali aloqa kanallari hamda yuridik shaxslarga soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligining 2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining uch karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv soligʻidan qarzini oʻn ikki oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizalarni elektron tarzda qabul qilib, ularning Soliq kodeksida belgilangan shartlarsiz besh kungacha muddatda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni soliq organlarining “E-aktiv” axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulga qadar issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda respublika budjetidan tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir besh sotix yer maydoni uchun oyiga kamida bir nafar ishchining bandligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadni mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati boʻyicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-192-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 07/23/192/0380-son)