12.06.2023 yildagi PQ-185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi PQ-118-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilishda tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va soliq imtiyozlarini berish orqali ragʻbatlantirish shuningdek, sohaga xususiy sektorni jalb qilish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi PQ-118-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sheriklar tomonidan koʻmir mahsulotlari zaxirasini yaratishga budjetdan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oldindan 50 foizgacha boʻnak mablagʻlarini moliyalashtirish va qolgan mablagʻlarni 1-sentabrga qadar moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xomashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini 6 oy muddatga foizlar hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari xususiy sheriklarning eng maqbul takliflarini tanlab olishda Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarida joylashgan obyektlar uchun xususiy sheriklar mablagʻlari ulushi kamida 30 foiz va undan yuqori boʻlishiga ruxsat berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-185-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi PQ-118-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “va viloyatlar” soʻzlari “viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xususiy sherikka ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud soz holatida boʻlgan isitish qozonlaridan foydalanish, birinchi bosqichda eski va samarasiz qozonlarni almashtirish hamda keyingi bosqichlarda loyiha davomida qolgan qozonlarni almashtirish huquqi berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) va Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov)” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2-ilovada belgilangan hududlar boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xususiy sherikka ijtimoiy soha muassasalarining foydalanilmayotgan, boʻsh turgan bino va inshootlarini foydalanish uchun vaqtinchalik ijaraga berish yoki omborxona qurilishi uchun yer uchastkasini (yer maydoniga egalik qilish huquqi berilmagan holda) ajratish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlari — elektron tender (tanlov) savdolari platformalari orqali va (yoki) Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi qarorlari asosida eng maqbul takliflari asosida tanlab olinadi va tanlov asosida jalb qilingan loyiha institutlari bilan Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi oʻrtasida shartnomalar rasmiylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarni amalga oshirishda modernizatsiya qilish va taʼmirlash xarajatlari uchun talab etiladigan investitsiya mablagʻlari xususiy sheriklar va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sheriklar tomonidan koʻmir mahsulotlari zaxirasini yaratishga budjetdan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oldindan 50 foizgacha boʻnak mablagʻlari moliyalashtiriladi hamda qolgan mablagʻlar 1-sentabrga qadar moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sheriklarning ulushi kamida 50 foizni, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarida (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlar uchun kamida 30 foizni hamda obyektlarni ekspluatatsiya qilish muddati 10 yilni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish davri davomida xususiy sheriklar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar 2023-yilda mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar, shuningdek, mavjud shtat birliklarini qisqartirish hamda energiya resurslarini tejash hisobiga iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarda (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlarning ekspluatatsiya xarajatlariga 2023-yilda mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarga nisbatan qoʻshimcha 30 foizgacha mablagʻ ajratilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim hududlarda ijtimoiy soha isitish tizimi tabiiy gazdan koʻmirga oʻtkazilishini hamda koʻmir xarajatlarining normalari va narxini oshishini inobatga olib, mahalliy budjet parametrlarida ekspluatatsiya xarajatlari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni hisob-kitoblarga koʻra oshirishga ruxsat beriladi va ular mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari yoki maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik energiyasi yoʻqotishlarini kamaytirish va obyektning energiya samaradorligini oshirish tadbirlari koʻzda tutilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimlari ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun masʼul va shaxsiy javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xomashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini 6 oy muddatga foizlar hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimlari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida xususiy sherikka oʻz majburiyatlarini bajarishga har tomonlama, shu jumladan koʻmir yoqilgʻisini muddatidan oldin jamlab qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xususiy sheriklar mablagʻlarining ulushi kamida 50 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarda (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlar uchun kamida 30 foiz va undan yuqori boʻlishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “shundan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari uchun 250 mlrd soʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatiga 50 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratsin” soʻzlari “ajratsin hamda davlat-xususiy sheriklik bitimi rasmiylashtirilishiga qarab moliyalashtirib borilishini taʼminlasin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)