11.05.2023 yildagi 3158-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori , 11.05.2023 yildagi 3158-IV-son
Kuchga kirish sanasi
11.05.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda davlat dasturi deb yuritiladi) 2023-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) taʼkidlaydiki, oʻtgan davrda aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, davlat dasturidagi tadbirlarning bajarilishini taʼminlash va doimiy monitoring olib borish yuzasidan yaxlit tizim yaratilgan, tegishli taqvim-jadval tasdiqlangan. Davlat dasturining bajarilishi har oyda tahlil qilinib, topshiriqlar ijrosi yuzasidan haftalik monitoring yuritilgan hamda masʼullarning hisobotlarini eshitib borish tartibi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishida hukumat va parlament yaqin hamkorlikda faoliyat olib borgan. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va hukumat tomonidan nazorat-taxdil tadbirlari doirasida koʻtarilgan masalalarni birgalikda hal etish amaliyotidan unumli foydalanilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan jami 41 ta hujjat qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, statistik koʻrsatkichlar iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi islohotlar samaradorligini taʼminlash, hududlarni kompleks rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishilganligini koʻrsatmokda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, yalpi ichki mahsulot oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,5 foizga oʻsgan. Davlat budjeti daromadlari 47,3 trln. soʻmga ijro etilgan. Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida Davlat budjetidan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 18,1 trln, soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida jami qiymati 2,55 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan, tovarlar va xizmatlar eksporti 3,2 mlrd. dollarga yetgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 6,2 trln. soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish borasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar doirasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan hamda maqbullashtiriladigan 72 turdagi davlat xizmatlari va servislarini elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga raqamli xizmatlar koʻrsatish sifatini yanada oshirish, soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasini mutlaqo yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura institutining rolini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qushimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ishsiz xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga davlat hisobidan oʻqitish maqsadida 78 ming nafar xotin-qizlarning aniq roʻyxati shakllantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini yanada oshirish, reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida 46 ta tumanlararo perinatal markazni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha tegishli shartnomalar imzolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlash va ularni reintegratsiya qilish maqsadida 80,2 ming nafarga yaqin fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarda teng huquqli subyekt sifatidagi rolini yanada oshirish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, 300 dan ortiq turli darajadagi tadbirlar, ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga davlat dasturida jami 59 ta yaxlit va kichik bandning ijrosini joriy yilning birinchi choragida taʼminlash belgilangan boʻlib, shundan 53 tasining ijrosi toʻliq bajarilgan, 6 tasining ijrosini taʼminlashga doir ishlar yakunlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, taʼlim xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimini joriy etish boʻyicha ishlab chiqilgan normativ-xuquqiy hujjat loyihasini qabul qilish bilan bogʻliq ishlar oxiriga yetkazilmagan (159-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning barcha hududlarida, ayniqsa, chekka qishloq va mahallalarda istiqomat qiladigan aholiga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish dasturini tasdiqlash boʻyicha (235-band) normativ-huquqiy hujjat hanuzgacha qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, davlat dasturidagi qator bandlarning ijro muddatlari yil davomida deb belgilangan boʻlsa-da, ushbu bandlarning bajarilishi holati haqidagi maʼlumotlar yetarlicha aks ettirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi ayrim bandlarining ijrosi, xususan, 750 mingta yangi dehqon xoʻjaliklarini tadbirkorga, yer egasiga aylantirish (99-band), qishloq xoʻjaligining yillik oʻsish surʼatlarini kamida 5 foizga yetkazish (103-band), mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar bandligini taʼminlash va reintegratsiya qilish choralarini koʻrish (267.1-bandi) kabi muhim vazifalar bayonlar, “yoʻl xarita”lari, chora-tadbirlar dasturlari qabul qilinganidan kelib chiqib, bajarildi, deb koʻrsatilgan. Biroq mazkur bandlarda belgilangan vazifalarning dolzarbligidan kelib chiqqan holda bu kabi bandlarni ularning ijrosi toʻliq taʼminlanib, aniq natijalarga erishilmaguniga qadar ijrosini nazoratdan olmaslik muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek aholi, shu jumladan yoshlar bandligini taʼminlash, taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, kambagʻallikni qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasini yetkazib berish, qurilishlar sifatini oshirish, bepul davlat xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligiga va ekologik barqarorlikka erishish borasidagi ishlarni jadallashtirish kabi masalalarga ham hukumat tomonidan qoʻshimcha choralar koʻrilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida hamda davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan Xukumat aʼzolari, mutasaddi vazirlik hamda idoralar rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturining ijrosi yakunlanmagan bandlarida nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishini oxiriga yetkazish yuzasidan zarur chorapar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida joriy yilning II choragida ijro etilishi nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan tizimpi monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturi doirasida belgilangan qonun loyihalarini ishlab chiqishda Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan yaqin hamkorlikni yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari”, bayonlar, chora-tadbirlar dasturlari qabul qilinganligidan kelib chiqib, ijrosi bajarildi deb koʻrsatilgan bandlarda belgilangan vazifalarning dolzarbligini inobatga olgan holda ularning ijrosi yuzasidan har chorakda batafsil maʼlumot kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari tomonidan muhokamalar jarayonida koʻtarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan qoʻshimcha choralarni koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shu jumladan inson manfaatlarini taʼminlash, taʼlim sifatini yanada oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarning samarali tashkil qilinishi hamda ushbu tadbirlar uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari davlat dasturidagi ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlarning bajarilishi ustidan oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3158-IV-son