12.05.2023 yildagi PF-70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, davlat organlari faoliyatiga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, jamiyat va har bir fuqaro hayotiga ularni tatbiq etish Yangi O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida markaziy o‘rinni egallab kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga qaratilgan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani uning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga hamda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashining a’zosi sifatida faol harakati, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari hamda inson huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilar bilan yaqin hamkorligi bunga yorqin misol bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni amalga oshirish, ayniqsa ayollar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga konstitutsiyaviy maqom berildi. Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmning qonuniy asoslarini shakllantirish, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirishga, aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, shuningdek, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Bosh kotibining “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini izchil va qat’iy bajarishni davom ettirish, fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari va normalari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, qonunchilikka oid chora-tadbirlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda davlat tashkilotlari va muassasalari, jamoatchilik birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi eng muhim vazifa deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Milliy komissiya) (A. Saidov) Dasturni amalga oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil qilish va amalga oshirishga ko‘maklashish hamda ularning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston vakillarining faol ishtirok etishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT muassasalari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan, shuningdek, inson qadri va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, shu jumladan axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturda belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Milliy komissiya ishchi organi — Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy komissiya va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2023-yildan boshlab har yili 1 — 10-dekabr kunlari mamlakatimizda “Inson huquqlari” o‘n kunligini e’lon qilish hamda barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan umummilliy dars o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy maqsadlarini amalda ro‘yobga chiqarishda BMT sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi maxsus jamg‘armasiga O‘zbekistonning ixtiyoriy badali sifatida yuz ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturining amalga oshirilishini har tomonlama yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-70-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PF-70-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish

1.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga Universal davriy hisobot doirasida O‘zbekiston Respublikasining to‘rtinchi milliy hisobotini tayyorlash.

1. Universal davriy hisobot doirasida O‘zbekiston Respublikasining to‘rtinchi milliy hisobotini tayyorlash.

2023-yil may

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Universal davriy hisobot doirasida O‘zbekiston Respublikasining to‘rtinchi milliy hisobotini BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim qilish.

2023-yil iyun

3. O‘zbekiston Respublikasining to‘rtinchi milliy hisobotini taqdim qilish doirasida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ishida ishtirok etish.

2023-yil noyabr

2.

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining birinchi milliy ma’ruzasini tayyorlash.

1. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining birinchi milliy ma’ruzasini tayyorlash yuzasidan ishchi guruhini tuzish.

2023-yil may

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining birinchi milliy ma’ruzasini tayyorlash.

2023-yil iyun

3. Nogironlar huquqlari to‘g‘risida konvensiya bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining birinchi ma’ruzasini BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim qilish.

2023-yil iyul

3.

BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik, idoralar bilan kelishish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

2. Milliy harakatlar rejasi loyihasini Oliy Majlis palatalariga kiritish.

2023-yil iyul

4.

BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalari bajarilishi bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

2. Milliy harakatlar rejasi loyihasini Oliy Majlis palatalariga kiritish.

2023-yil iyul

5.

BMTning Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiyasi bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining oltinchi milliy ma’ruzasini tayyorlash.

1. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiya bajarilishi bo‘yicha oltinchi milliy ma’ruzani tayyorlash yuzasidan ishchi guruhini tuzish.

2023-yil sentyabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Qi�noqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiya bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining oltinchi milliy ma’ruzasini tayyorlash.

2023-yil oktyabr-noyabr

3. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiya bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining oltinchi milliy ma’ruzasini BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga taqdim etish.

2023-yil dekabr

II. Inson huquqlari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish

6.

Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmining qonuniy asoslarini rivojlantirish.

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash.

2023-yil iyun

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), Bosh prokuratura

7.

Fuqarolarning mehnat huquqini cheklovchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish.

1. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslarni qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’iy nazar ishga qabul qilishda cheklovlar belgilovchi qonunchilik hujjatlarini aniqlash.

2023-yil iyun

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish natijalariga ko‘ra, ishga qabul qilishda cheklovlar �elgilovchi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash.

2023-yil iyul

8.

Milliy qonunchilik va amaliyotni BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalari va tamoyillariga, shu jumladan nogironlik bilan bog‘liq terminologiyani xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

1. Milliy qonunchilikni nogironlik masalalarini huquqiy tartibga solishdagi bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklar yuzasidan, shu jumladan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida keltirilgan tushunchalarni kiritish yuzasidan tahlil qilish.

2023-yil oktyabr-noyabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nogironlarni kamsituvchi qoidalarni bartaraf etishga, shuningdek, nogironlarning fuqarolik va siyosiy (saylov huquqi, odil sudlov huquqi va boshqa) huquqlarini amalga oshirishda ishtirok etish mexanizmlarini belgilashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

III. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish

9.

O‘zbekiston Respublikasida Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi bajarilishini monitoring qilish.

1. Davlat organlari va NNTlardan Milliy harakatlar rejasi bajarilishi bo‘yicha ma’lumot olish.

Rejada belgilangan muddatlarda

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalarining bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringini o‘tkazish.

3. Umumlashtirilgan ma’lumotni Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha

10.

BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi bajarilishini monitoring qilish.

1. Davlat organlari va NNTlardan Milliy harakatlar rejasi bajarilishi bo‘yicha ma’lumot olish.

Rejada belgilangan muddatlarda

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha pakti qoidalarining bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringini o‘tkazish.

3. Umumlashtirilgan ma’lumotni Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha

11.

BMT Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish qo‘mitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi bajarilishini monitoring qilish.

1. Davlat organlari va NNTlardan Milliy harakatlar rejasi bajarilishi bo‘yicha ma’lumot olish.

Rejada belgilangan muddatlarda

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida konvensiya qoidalarining bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringini o‘tkazish.

3. Umumlashtirilgan ma’lumotni Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasiga taqdim etish.

Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha

IV. Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim, axborot-ma’rifiy va nashriyot faoliyatini takomillashtirish

12.

Deklaratsiyaning 75-yilligi munosabati bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini (o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida) nashr etish.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etish.

2023-yil davomida

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi

13.

Huquqni muhofaza qilish organlari uchun inson huquqlari sohasida o‘qitishning o‘quv-uslubiy bazasini rivojlantirish.

“Huquqni muhofaza qilish organlari uchun inson huquqlari” nomli darslikni nashr etish.

2023-yil sentyabr

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi

14.

Yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini ko‘rish.

1. Umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, mehnat organlari hamda ma’muriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar tomonidan haftaning belgilangan kunlarida soliq, uy-joy, mehnat, er, oila, fuqarolik, ma’muriy ?a jinoyat qonunchiligidagi normalar bo‘yicha ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil qilish.

Muntazam ravishda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Umumta’lim maktablarida “Axborot soati” va “Sinf soati”da huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan mavzularni o‘qitishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini taklif etish.

O‘quv yili mobaynida reja asosida

15.

“O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlikning oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish. Tadbir Konsepsiyasi, muddati va kun tartibini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

2. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish hamda mahalliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish.

2023-yil avgust

16.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini oliy ta’lim muassasalarida (xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari o‘tkazish bilan) keng nishonlash.

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini nishonlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida davra suhbatlari va konferensiyalar o‘tkazish uchun reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

2. Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari tashkil etish.

2023-yil davomida

3. Ilmiy-amaliy konferensiya yakunlari bo‘yicha to‘plamlar nashr qilish.

2023-yil dekabr

17.

“10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari” kuni munosabati bilan (maktab, litsey, texnikum, oliy ta’lim muassasalarida) “Inson huquqlari” o‘n kunligini o‘tkazish.

1. Mamlakatning barcha maktablari, litseylari, kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston — inson huquqlari” umummilliy darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

2023-yil noyabr-dekabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. “Yangi O‘zbekiston — inson huquqlari” umummilliy darslarini OAVlar orqali yoritish.

2023-yil dekabr

3. Ta’lim muassasalarida maktab o‘quvchilari, talabalar o‘rtasida “Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovini tashkil etish.

2023-yil noyabr-dekabr

18.

“Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovini o‘tkazish.

1. “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovi nizomini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

2. “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovini e’lon qilish.

2023-yil noyabr

3. “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovi g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash.

2023-yil dekabr

19.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bag‘ishlangan turkum maqola va risolalar hamda mamlakatimizning inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlarini mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritilishini ta’minlash.

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bag‘ishlangan turkum maqola va risolalar tayyorlash bo‘yicha “Media-reja” ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

2. O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan maqola va risolalarni mahalliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish.

2023-yil sentyabr — dekabr

O‘zbekiston Axborot agentligi, “Dunyo” axb�rot agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, oliy ta’lim tashkilotlari

20.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bag‘ishlangan 5 daqiqalik qisqa metrajli film tayyorlash va namoyish etish.

1. Qisqa metrajli film ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish.

2023-yil sentyabr

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Qisqa metrajli filmni mahalliy telekanallarda namoyish qilish.

2023-yil noyabr

V. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

21.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari F.Tyurkni O‘zbekistonga tashrifi natijalari yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Tashrif natijalari bo‘yicha bildirilgan tavsiyalar asosida “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqish.

2023-yil may

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)

2. “Yo‘l xaritasini” belgilangan tartibda Oliy Majlis palatalariga kiritish.

2023-yil iyun

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)

22.

“Markaziy Osiyo davlatlarida konstitutsiyaviy shikoyat institutining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

1. Konferensiya konsepsiyasi, kun tartibi va dasturi loyihasini tayyorlash.

2023-yil iyun

Konstitutsiyaviy sud

2. Konferensiyani yuqori darajada tashkillashtirish va o‘tkazish.

2023-yil iyul

23.

Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha doimiy mustaqil komissiyasining 21-sessiyasi doirasida “Biznes va inson huquqlari: qonuniy asoslari va IHTga a’zo-davlatlarda implementatsiya jarayoni” mavzusidagi seminarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil may

Inson huquqlari b�yicha Milliy markaz

2. Xalqaro seminarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash va yakunlari bo‘yicha ma’lumot tayyorlash.

2023-yil iyun

24.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining inson huquqlarini mustahkamlashga bag‘ishlangan 2023-yil 5-6-iyun kunlari Vena shahrida o‘tkaziladigan oliy darajadagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil may

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Oliy darajadagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash va yakunlari bo‘yicha ma’lumot tayyorlash.

2023-yil iyun

25.

EXHT Parlament Assambleyasining (PA) 2023-yildagi sessiyalarida �shtirok etish.

1. Tashrif dasturini ishlab chiqish.

2023-yil davomida

(EXHT PAning sessiyalariga takliflarga ko‘ra)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi

2. Har bir sessiya kun tartibi bandlari bo‘yicha delegatsiya nuqtai nazarini shakllantirish.

3. O‘zbekistonda demokratik islohotlar, shu jumladan, inson huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan ma’ruzalar va taqdimotlar tayyorlash hamda EXHTning tuzilmalariga va a’zo davlatlari delegatsiyalariga t�qdim etish.

26.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligiga bag‘ishlangan “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro Forumni o‘tkazish.

1. Forum konsepsiyasi, kun tartibi va dastur loyihasini tayyorlash.

2023-yil avgust

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Forumni yuqori darajada tashkillashtirish va o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

3. Forum doirasida Turkiy davlatlar tashkiloti ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar assotsiatsiyasi majlisini o‘tkazish.

2023-yil oktyabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)

27.

BMTning Qiynoqlar masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi E. Edvardsni O‘zbekistonga taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Tashrif muddati va dasturini ishlab chiqish.

Kelishilgan muddatda

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

2. Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada tashkillashtirish.

28.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining 2023-yil 10-11-dekabr kunlari o‘tkaziladigan “Inson huquqlari — 75” shiori ostida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil oktyabr-noyabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Yuqori darajadagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash va yakunlari bo‘yicha ma’lumot tayyorlash.

2023-yil dekabr

29.

“Adolat uchun ta’lim”, “Hayotga qo‘shil” (Doha deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Global dastur “Line up Live up”) loyihalarini respublika maktablariga bosqichma-bosqich tatbiq etish.

1. Umumta’lim maktablarida “Adolat uchun ta’lim”, “Hayotga qo‘shil” (Doxa deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Global dastur “Line up Live up”) loyihalarini amalga oshirish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2023-2024-yillar davomida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2. Reja-jadval asosida loyiha dasturlarini respublika umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy qilish.

30.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli tashkilotlarning xalqaro tadbirlarida O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

2023-yil davomida

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi

2. Xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash va yakunlari bo‘yicha ma’lumot tayyorlash.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2023-y., 06/23/70/0275-son)