1-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Bosh vazir, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi |
2. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
3. | A.M. Boboyev | — | Samarqand viloyati hokimi v.b., Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
4. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
5. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
6. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
7. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
8. | I.R. Maxkamov | — | transport vaziri |
9. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
10. | Sh.S. Xidoyatov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
11. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
12. | P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
13. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
14. | R.M. Djurayev | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
15. | A.Yu. Mavlonov | — | Bojxona qoʻmitasi raisi |
16. | S.E. Xusanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni |
17. | Sh.Sh. Xudaykulov | — | “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi |
18. | J.O. Umarxodjayev | — | “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi |
19. | Z.Gʻ. Narzullayev | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi |
20. | A.K. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
21. | A.A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
22. | Sh.T. Qudratxoʻja | — | Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi |
23. | A.Z. Saʼdullayev | — | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. 2026-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga (keyingi oʻrinlarda — Shaxmat olimpiadasi) kompleks tayyorgarlik koʻrish | |||||
1. | FIDE rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifini amalga oshirish. | 1. FIDE delegatsiyasining Samarqand shahriga tashrifini tashkillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish. 2. Shaxmat olimpiadasini oʻtkazish boʻyicha rasmiy hujjatni (shartnoma, kelishuv memorandumi) imzolash tadbirini oʻtkazish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda FIDE rahbari oʻrtasida oliy darajadagi uchrashuvni tashkil etish. | 2023-yil davomida, kelishuvga muvofiq | Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari | Tashkiliy qoʻmita, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
2. | Shaxmat olimpiadasini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar toʻplamini FIDEga taqdim etish uchun tayyorlash. | Shaxmat olimpiadasini FIDE qoidalari asosida oʻtkazish boʻyicha: Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati; Samarqand viloyat hokimi; Bojxona qoʻmitasi; Soliq qoʻmitasi; Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari rahbarlari tomonidan kafolat xatlarini joʻnatish. | 2024-yil 1-yanvarga qadar | - | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Samarqand viloyati hokimligi, Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, DXX Chegara qoʻshinlari |
3. | FIDE vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish. | 1. FIDE vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha muzokaralar olib borish. 2. FIDE vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha kutib olish dasturini tayyorlash. 3. FIDE vakillarining tashrifi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash. | 2023 — 2026-yillarda, kelishuvga muvofiq | Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari | Sport vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi |
4. | 2024-yil Budapesht shahrida boʻlib oʻtadigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasini tashkillashtirish tajribasini oʻrganish. | 1. 2024-yil Budapesht shahrida boʻlib oʻtadigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasini tashkillashtirish tajribasini oʻrganish. 2. 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi tashkiliy qoʻmitasi bilan uchrashuvlar tashkil qilish. 3. FIDE Bosh assambleyasining 94-yigʻilishida Shaxmat olimpiadasiga Oʻzbekistonning tayyorgarligi boʻyicha taqdimot qilish. 4. Oʻrganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va Shaxmat olimpiadasini oʻtkazishda samarali foydalanish. | 2023 — 2024-yillar davomida | Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari | Sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | FIDE vakillariga Shaxmat olimpiadasi oʻtkaziladigan obyektlarni koʻrsatish. | 1. Samarqand viloyatidagi obyektlarni tayyorlash. 2. Qoʻshimcha barpo etiladigan obyektlar zaxirasini tayyorlash. | 2024 — 2026-yillarda, kelishuvga muvofiq | Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari | Sport vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi |
6. | Toshkent shahri va Samarqand viloyatida mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, yoʻllar holati, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrgangan holda Shaxmat olimpiadasini oʻtkazish uchun talab etiladigan tegishli qoʻshimcha infratuzilmalar va obyektlar roʻyxatini shakllantirish, ularni qurish hajmlari va qiymatlarini aniqlash hamda ehtiyojlardan kelib chiqqan holda obyektlarni va yoʻllarni taʼmirlash va qurish. | 1. Mavjud infratuzilmalar quvvatini oʻrganish. | 2023-yil iyul | Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari | Tashkiliy qoʻmita, Sport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish asosida qoʻshimcha infratuzilmalarni yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish. | 2023-yil avgust | ||||
3. Ehtiyojlardan kelib chiqqan holda infratuzilma obyektlarini va yoʻllarni taʼmirlash va qurish. | 2023 — 2026-yillar davomida | ||||
7. | Shaxmat olimpiadasi logotipini ishlab chiqish. | 1. Logotip namunasini ishlab chiqish va kelishish. 2. Logotipni eʼlon qilish va tarqatish. | 2024-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi |
8. | Shaxmat olimpiadasiga tashrif buyuradigan shaxmatchilar, delegatsiya aʼzolari va boshqa mehmonlarni kutib olish ishlarini tashkil etish. Xalqaro shaxmat federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillariga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida va “Samarqand” xalqaro aeroportida rasmiylashtirish. | 1. Shaxmat olimpiadasiga tashrif buyuradigan chet ellik fuqarolar roʻyxatini shakllantirish. 2. Xalqaro shaxmat federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillariga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida va “Samarqand” xalqaro aeroportida rasmiylashtirish. | 2026-yil, Shaxmat olimpiadasi boʻlib oʻtadigan muddatlarda | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi, Toshkent shahri hokimligi |
9. | Shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Televizion koʻrsatuvlar taqdimoti va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, Shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik koʻrish. 2. Shaxmat olimpiadasi gʻoyalari va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini oʻtkazish, axborot bilan taʼminlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, mazkur olimpiadaga homiylarni jalb qilish. | 2024 — 2026-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi |
10. | Shaxmat olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida koʻrgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish. | 1. Tadbirlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Tadbirlarni tashkil qilish. 3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi |
11. | Shaxmat olimpiadasi uchun shaxmatchilar va mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Shaxmat boʻyicha terma jamoalarning tayyorgarligi uchun tajribali xalqaro trenerlarni jalb qilish, ular ishtirokida hududlarda yil davomida iqtidorli shaxmatchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional shaxmatchilar sifatida tayyorlash sifatini yangi bosqichga koʻtarish. 2. Professional shaxmatchilar uchun murakkab dasturlar bilan ishlashga moʻljallangan superkompyuterdan foydalanish imkoniyatini yaratish. 3. Shaxmat olimpiadasida ishtirok etuvchi erkaklar va ayollarning 3 tadan terma jamoalarni shakllantirish. 4. Har yili xalqaro arbitrlar tayyorlash boʻyicha seminarlar, vorkshoplar tashkil etish va bu orqali xalqaro unvonga ega boʻlgan arbitrlar sonini 2026-yilga qadar 100 nafarga yetkazish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, homiylik mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar |
5. FIDE reytingi boʻyicha 1800 va undan yuqori ball toʻplagan shaxmatchilarga, istisno tariqasida, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan imtihonsiz shaxmat boʻyicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqini taqdim etish. | 2023-yil 1-dekabrdan boshlab | ||||
12. | Shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 1. Shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlarining borishi toʻgʻrisida roliklar tayyorlash. 2. Turli koʻrsatuvlar va dasturlar tashkil etish. | 2024 — 2026-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, ommaviy axborot vositalari |
II. Shaxmatni ommaviy harakatga aylantirish | |||||
13. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga shaxmatni oʻrgatish, tarbiyalanuvchilar oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari uchun shaxmatni soddalashtirilgan tarzda oʻrgatuvchi animatsion materiallar, oʻquv-qoʻllanmalar tayyorlash va tarbiyalanuvchilarga shaxmatni oʻrgatish. | Doimiy reja asosida | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil avgust | ||||
3. “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
14. | Oʻquvchilar oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Maktab ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Maktab ligasi” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil sentabr | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. “Maktab ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
15. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida har yili taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Akademik litsey ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Akademik litsey ligasi” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil sentabr | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. “Akademik litsey ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
16. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar bilan birgalikda professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida har yili taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida har yili taʼlim muassasasi — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil oktabr | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
17. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida har yili oliy taʼlim muassasasi — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Talabalar ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida har yili oliy taʼlim muassasasi — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Talabalar ligasi” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil noyabr | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. “Talabalar ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
18. | Korxona va tashkilotlarda xodimlar oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha tuman — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Korxona va tashkilotlarda xodimlar oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha tuman — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat ligasi” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil dekabr | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, manfaatdor korxona va tashkilotlar mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, manfaatdor korxona va tashkilotlar |
2. “Shaxmat ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
19. | Mahalla fuqarolari oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha mahalla — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Mahalla ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Mahalla fuqarolari oʻrtasida har yili shaxmat boʻyicha mahalla — tuman (shahar) — hudud — respublika bosqichlaridan iborat “Mahalla ligasi” musobaqalarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil avgust | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. “Mahalla ligasi” musobaqalarini oʻtkazish. | Har yili | ||||
20. | Professional shaxmatchilar oʻrtasida “Oʻzbekiston professional shaxmat ligasi” musobaqasini oʻtkazib borish. | 1. Professional shaxmatchilar oʻrtasida “Oʻzbekiston professional shaxmat ligasi” musobaqasini oʻtkazish tartibini belgilash. 2. “Oʻzbekiston professional shaxmat ligasi” musobaqasini oʻtkazish. | 2024-yildan boshlab har yili | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, homiylik mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Sport vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar |
21. | Shaxmatni oʻqitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlarni doimiy tayyorlash hamda shaxmat boʻyicha trenerlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini joriy etish. | 1. Shaxmatni oʻqitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlarni doimiy tayyorlash. | 2023-2024-yillar davomida | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlarni buyurtmalarga asosan ajratish. | Vazirlik va idoralar mablagʻlari | ||||
3. Shaxmat boʻyicha trenerlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini joriy etish. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablagʻlari | ||||
22. | Xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat toʻgaraklarini tashkil etish uchun davlat mulki obyektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara toʻlovlarisiz (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) joy ajratish. | 1. Xususiy shaxmat klublari murojaatiga asosan ular tomonidan shaxmat toʻgaraklarini tashkil etish uchun davlat mulki obyektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara toʻlovlarisiz (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) joy ajratish. 2. Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari tomonidan shaxmat klublarini tashkil etish va homiylik mablagʻlari hisobidan ularni qoʻllab-quvvatlash. | 2024-yil 1-yanvardan boshlab | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi |
23. | “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Shaxmat stipendiyasi”ni taʼsis etish. | 1. “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Shaxmat stipendiyasi”ni tayinlash tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash. | 2023-yil iyul | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar | Sport vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. “Shaxmat stipendiyasi”ni berib borish. | Har bir stipendiatga bir yil davomida | ||||
24. | “Yoshlar” telekanalida shaxmat darslaridan iborat “Grossmeyster” koʻrsatuvini efirga uzatish. | 1. Grossmeysterlarni koʻrsatuvni suratga olish jarayonlariga jalb qilish. 2. Koʻrsatuvni efirga uzatib borish. | Har oyda ikki marta | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi |
25. | 1. Videodarslar tayyorlash rejasini ishlab chiqish. 2. Videodarslar boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish. 3. Videodarslarning prototipini yaratish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarga taqdim qilish. 4. Bildirilgan taklif-mulohazalarga asosan videodarslarni takomillashtirish hamda keng jamoatchilikka eʼlon qilish va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. | 2023-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | |