Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 02.05.2023 yildagi PQ-143-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimiz asrlar davomida ogʻir sinovlarda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz ozodligi, erkinligi yoʻlida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati xotiramizdan hech qachon oʻchmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, jang maydonlaridan omon qaytgan bobolarimizga, front ortida ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan ajdodlarimizga mehr-oqibat koʻrsatish tom maʼnoda milliy anʼanaga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butun dunyoda millionlab insonlar halok boʻlishiga sabab boʻlgan, mislsiz yoʻqotishlar, talafot va musibatlarni olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, qonli qirgʻin boʻlganligi bugun barchamizga maʼlum. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 2 millionga yaqin oʻzbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok boʻlgani, urushdan qaytganlari ham butun umr urush dahshatlari yodi bilan yashab oʻtganliklarini xalqimiz aslo yodidan chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatish, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan madaniy-maʼnaviy tadbirlar, targʻibot aksiyalari, ijodiy kechalar, ommaviy sport musobaqalari va boshqa chora-tadbirlarning “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida oʻtkazilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joylarini taʼmirlash hamda obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda harbiy qismlar komandirlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni yoʻqlash uchun ularning yashash joylariga tashrif buyurish hamda ular koʻrsatgan mardlik va jasoratning ahamiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik tadbirlarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, zarur dori vositalarini ajratish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda, doimiy ravishda patronaj xizmatini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarining oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlardagi “Vatanparvarlar” bogʻlari va boshqa belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasini, shu jumladan urush yillarining qoʻshiq va kuylari ijro etilishi hamda tegishli sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalar va maydonlarning 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan koʻrgazmali targʻibot vositalari bilan bezatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, oʻtkaziladigan tadbirlar hamda respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining bayram marosimlariga transportda kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti hamda mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2023-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram mushakbozligini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan hamda bayram mushakbozligi tashkil etiladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-143-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish va ularga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkiliy ishchi guruhlarni tuzish.

2023-yil 3-may kuniga qadar

-

Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“Vatanparvar” tashkiloti

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda barcha shahar va tumanlar markazlarida “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida kompleks tadbirlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2023-yil reja-jadval asosida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Mudofaa vazirligi

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bayramga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun shu hududda istiqomat qilayotgan taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, sportchilar, shu bilan birga, belgilangan tartibda shartnoma asosida madaniyat, sanʼat xodimlari ishtirokini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni oʻz ortidan ergashtira oladigan faol yoshlardan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish.

2023-yil may

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi,

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi,

Kinematografiya agentligi

4.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi oʻtkazilishi munosabati bilan:

majmuaga olib boruvchi koʻcha va yoʻllarni taʼmirlash hamda majmua hududini obodonlashtirish, manzarali daraxt va gullar ekish, ularga shakl berish, majmuani bayramona bezatish, amfiteatr ustki qismini tozalash ishlarini tashkillashtirish;

mehmonlarni kutib olish hududini va gulchambarlar qoʻyish joylarini tozalash uchun maxsus texnika (pol yuvish mashinasi)ni xarid qilish.

2023-yil may

Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi

5.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan hissasi, yurtimizga evakuatsiya qilingan turli millat vakillari bagʻrikenglik bilan kutib olinishi singari tarixiy voqealarni aks ettiruvchi “Ulugʻ ajdodlardan meros — shijoat” nomli ekspozitsiyani yaratish.

2023-yil may — iyul oylarida

Toshkent shahri maha?liy budjeti mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Badiiy akademiya,

Badiiy ijodkorlar uyushmasi

6.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid samolyot va zirhli texnikalar eksponatlariga texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish.

2023-yil 5-may kuniga qadar

“Uzbekistan Airways” AJ mablagʻlari va Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari va uning budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi,

“Uzbekistan Airways” AJ,

Mudofaa vazirligi

7.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududida joylashgan temir yoʻl vokzalidagi parovoz, vagonlar va temir yoʻllarga texnik xizmat koʻrsatish va zaruriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2023-yil 5-may kuniga qadar

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

Transport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Mudofaa vazirligi

8.

“Urush xotiralarda” ruknida oʻtkazilgan yozma ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblarining ijodiy ishlari va “Oʻzbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasi” mavzusida oʻtkazilgan respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari toʻplamini oʻz ichiga olgan “Xotiralarda jonlangan tarix” kitobini nashrga tayyorlash va chop ettirish.

2023-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Badiiy akademiya,

Badiiy ijodkorlar uyushmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Milliy rassomlik va dizayn instituti

9.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining shon-sharaf.uz va warheroes.uz veb-saytlari dizaynini yangilash va uni Ikkinchi jahon urushi davri mavzusiga oid videoroliklar bilan boyitish.

Majmuaning warheroes.uz veb-saytini yagona integrator UZINFOCOM xostingiga oʻtkazish, shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyida oʻrnatilgan infokiosklarni sensorli ekranda ishlashga moslashtirish va ularni masofadan boshqarish tizimini yaratish.

Ikkinchi jahon urushi mavzusida yaratilgan videoroliklarni “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida namoyish etish uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida 3D gologrammalar yaratish.

2023-yil may iyul

Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar

10.

Joylarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar tashkilotlari faollari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va faol yoshlar ishtirokida bayramga bagʻishlab tadbirlar tashkil etish.

2023-yil 7 — 9-may kunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumenti, Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimlarini tashkil etish.

2023-yil 7 — 9-may kunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar

12.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilot hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ularning yashash joylariga tashriflarini uyushtirish.

2023-yil 3 — 9-may kunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

“Vatanparvar” tashkiloti

13.

Oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida ular ishtirokida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda qahramonlik koʻrsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan xizmatchilar oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ularga oʻrnatilgan byustlar poyiga gul qoʻyish.

2023-yil 3 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Vatanparvar” tashkiloti

14.

“Koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasini oʻtkazish.

2023-yil 9-may kuniga qadar

Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi,

Toshkent shahri hokimligi

15.

Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish.

2023-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining orttirib bajarilgan qismi hamda homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

“Vatanparvar” tashkiloti

16.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar yoʻllash.

2023-yil 9-may kuni

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

17.

Yosh avlodning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini tashkil etish.

2023-yil 9-may kuniga qadar

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Badiiy akademiya,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Milliy rassomlik va dizayn instituti,

Badiiy ijodkorlar uyushmasi

18.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekiston xalqining front va front ortidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini madh etuvchi “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasini tashkil etish.

2023-yil 3 — 10-may

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi,

Badiiy akademiya

19.

Davlat hamda nodavlat telekanallarda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish.

2023-yil may

-

Oʻzbekiston MTRK,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,

Kinematografiya agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya

20.

Oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Jasorat — mangu barhayot” mavzusida jasorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish.

2023-yil may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi,

“Vatanparvar” tashkiloti

21.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari oʻrtasida rasmlar koʻrik-tanlovini tashkillashtirish va oʻtkazish.

2023-yil may

-

Mudofaa vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

tegishli tashkilotlar

22.

Ikkinchi jahon urushi yillarida erishilgan gʻalabaga xizmat itlarining qoʻshgan hissasini yoritishga bagʻishlab “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzilmalarining xizmat itlari oʻrtasida musobaqa tashkil qilish va oʻtkazish.

2023-yil may

-

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Bojxona qoʻmitasi, tegishli tashkilotlar

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar

23.

1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish.

2023-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

24.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish.

2023-yil 9-may kuniga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

“Vatanparvar” tashkiloti

25.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash.

2023-yil may

Vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari hamda ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

26.

Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar-joylarini taʼmirlash hamda obodonlashtirish.

2023-yil 3 — 10-may kunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

X.M. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

O.K. Abduraxmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

5.

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

6.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

7.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

8.

A.H. Qoʻldoshev

favqulodda vaziyatlar vaziri

9.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

10.

Sh.D. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri

11.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

12.

O.A. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri

13.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

14.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

15.

I.Yu. Abduraxmonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

16.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri

17.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

18.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri v.b.

19.

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

20.

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

21.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

22.

U.M. Yusupov

Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori

23.

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

24.

A.K. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

25.

M.M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

26.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

27.

R. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

28.

X.X. Salimov

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari

29.

X.A. Batirov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2023-y., 07/23/143/0250-son)