02.05.2023 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalari, respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini moddiy hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-son Farmoni, “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qaroriga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlarida, respublikadagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga ijtimoiy taʼminot yordami mablagʻlarini moliyalashtirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ushbu qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abduraxmonov hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-maydagi 181-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun (davlat oliy taʼlim muassasalari va Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot — davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari, respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba — davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stipendiya — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Stipendiyalarni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilot talabalari uchun stipendiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlari doirasida (48 21 190 boshqa xarajatlar moddasi boʻyicha) ajratiladi va moliyalashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot — har yili 15-oktabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun stipendiya mablagʻlari ushbu muassasalarning budjet xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Stipendiyalarni tayinlash va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilot talabalari uchun stipendiyalar Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Stipendiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi hamda stipendiya sohiblariga belgilangan miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashkilot rahbarlari budjetdan stipendiya toʻlovlari uchun ajratilgan mablagʻlar oʻz vaqtida talabalarga oyma-oy toʻlab borilishini taʼminlashga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-maydagi 181-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot — nodavlat oliy taʼlim tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba — nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy taʼminot yordami — oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻlarni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilot talabalariga ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlari doirasida (48 21 190 boshqa xarajatlar moddasi boʻyicha) ajratiladi va moliyalashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot — har yili 15-sentabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — har yili 1-oktabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻlarni tayinlash va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilot talabalariga ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi va belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkilot rahbarlari ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlari uchun ajratilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida talabalarga oyma-oy toʻlab borilishini taʼminlashga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 09/23/181/0246-son)