ILOVA
| T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | Garov predmetini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Garov predmetini realizatsiya qilish jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlanishini yoki qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻzaro hisobga olishni taʼminlovchi mexanizmni yaratish. | 2023-yil 1-iyunga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Majburiy ijro byurosi |
| 2. | Garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimini takomillashtirish. | Qonun loyihasi. Unda qonunchilik hujjatlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish nazarda tutiladi: a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab: toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini garov qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik beriladi; undiruv qaratilgan garovga qoʻyilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qoʻyuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi; garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi holatining juda arzimas darajada baholanishi uchun mazkur majburiyat summasi garov qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi va majburiyat bajarilishining kechikishi 3 oydan ort�q boʻlmasligi mezonlari belgilanadi; qarzdorning ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyoti bekor qilinadi; undiruvchining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi qarori haqida xabardor qilish muddati davlat ijrochisining taklif olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni qilib belgilanadi; b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab: garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun olib qoʻyilsa, garovga oluvchida oʻz talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi; mol-mulkni garovga olishda boshqa shaxs roziligi yoki organning ruxsati olingan boʻlsa, garovga oluvchining mazkur mol-mulk garovi bilan taʼminlangan talablari faqat sud tartibida qanoatlantirilishi tartibi bekor qilinadi; ipotekaga oluvchi talablarini ipoteka hisobidan suddan tashqari tartibda qanoatlantirish tugallangandan soʻng qarzdor majburiyatining qoplanmagan qismini qarzdorning boshqa mol-mulki hisobidan soʻndirish huquqi saqlab qolinadi. | 2023-yil iyul | Markaziy bank, Bosh prokuratura |
| 3. | Majburiyatlarni garovdagi mol-mulk hisobidan soʻndirish tizimini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. 2024-yil 1-yanvardan boshlabgarovga qoʻyilgan mol-mulkni takroriy auksionda sotish mumkin boʻlgan eng past narx auksion obyekti boshlangʻich narxining 80 foizi miqdorida belgilanadi. Agar mol-mulk takroriy auksionda realizatsiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auksion boshlangʻich narxidan 25 foiz past qiymatda oʻzida qoldirish taklif qilinadi. | 2023-yil iyul | Markaziy bank, Bosh prokuratura |
| 4. | Oʻzbekistonda kollektorlik faoliyatini joriy etish istiqbollarini oʻrganish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Muddati oʻtgan qarzdorliklarning uchinchi shaxslar tomonidan undirilishini (kollektorlik faoliyatini) tartibga solish boʻyicha ilgʻor xorij amaliyoti va ushbu amaliyotni Oʻzbekistonda joriy etish istiqbollari, shu jumladan kollektorlik faoliyatini tashkil etish, muammoli qarzdorliklarni realizatsiya qilish tartibi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimi tahlil qilinadi. | 2023-yil sentyabr | Markaziy bank |
| 5. | Oʻzbekistonda faktoring faoliyatini rivojlantirish. | Qonun loyihasi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida faktoringni rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqiladi. | 2023-yil dekabr | Markaziy bank |
| 6. | Pul majburiyatlari boʻyicha talablarni qondirish navbatini tahlil qilish. | Tahliliy maʼlumotnoma. Amalga oshirilgan toʻlov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli boʻlmagan holatda kreditorning qarzdorlik (ijroni olishga qaratilgan chiqimlar, foizlar, qarzning asosiy summasi) boʻyicha talablarini qondirish navbatiga doir amaldagi qonunchilik, xorijiy davlatlar tajribasi hamda toʻlov navbatining toʻlov intizomiga taʼsiri tahlil qilinadi. | 2023-yil iyun | Markaziy bank |
| 7. | Kreditorlarning garovga qoʻyilgan mol-mulkiga nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlash boʻyicha yagona sud amaliyotini qoʻllash. | Amaliy chora-tadbirlar. Kreditorlarning garovga qoʻyilgan mol-mulkiga nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlash, undiruvni garov narsasiga qaratish amaliyoti, qonun asosida garov (ipoteka) institutidan amaliyotda samarali foydalanish, shuningdek, kreditor qarzdorlikni sugʻurta qilish shartnomasiga asosan mazkur qarzdorlik boʻyicha boshqa taʼminot mavjudligidan qatʼi nazar sugʻurta pulining toʻlanishi haqida sudlarga tegishli tushuntirishlar berish nazarda tutiladi. | 2023-yil noyabr | Oliy sud, Bosh prokuratura |
| 8. | Kreditor qarzdorliklarni undirishning har bir bosqichini kuzatib borish imkonini beradigan onlayn platformani yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi (DYHXX), Kadastr agentligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (e-auksion.uz) va tijorat banklari hamkorlikda elektron axborot almashish (integratsiya) onlayn platformasini yaratishi koʻzda tutiladi. Bunda, kreditor tomonidan qarzdorlarga nisbatan olib borilayotgan undiruv jarayonining har bir bosqichini, xususan, kiritilayotgan daʼvo arizalarini Savdo-sanoat palatasi orqali elektron rasmiylashtirish, sud va ijro jarayoni, qarzdorlarning mulklarini aniqlash va qidiruv ishlari natijalari boʻyicha qisqa muddatlarda maʼlumotlarni olish, mulkning auksion savdolariga qoʻyilishi va sotilishini nazoratga olish hamda yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish imkoniyati yaratiladi. | 2023-yil oktyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi |