01.05.2023 yildagi 1245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-aprelda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumining yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 2023-yil 10-martdagi 3017-IV-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 2023-yil 14-martdagi SQ-702-IV-sonli qarorlariga muvofiq, 2023-yil 30-aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumi oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18, 38 va 39-moddalariga muvofiq hamda referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining okrug boʻyicha referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Referendum yakunlariga koʻra ovoz beruvchilar roʻyxatiga kiritilgan 19 722 809 nafar fuqarolarning yarmidan koʻpi, yaʼni 16 667 097 nafari yoki 84,51 foizi referendumda ishtirok etganligiga asoslanib, 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq haqiqiy va boʻlib oʻtgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumining natijalari quyidagicha tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referendumda ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni — 19 722 809 nafar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning soni — 16 667 097 nafar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning soni — 16 667 097 nafar yoki ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy sonidan 84,51 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referendumga qoʻyilgan masalani yoqlab “Ha” deb berilgan ovozlar soni — 15 034 608 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referendumga qoʻyilgan masalaga qarshi “Yoʻq” deb berilgan ovozlar soni — 1 558 817 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 9,35 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining soni — 73 672 ta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Referendumda ovoz berishda ishtirok etgan 16 667 097 nafar fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi, yaʼni 15 034 608 nafari yoki 90,21 foizi referendumga qoʻyilgan “Siz “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?” degan masalaga “Ha” deb yoqlab ovoz berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda mazkur qaror referendum yakunlari rasmiy eʼlon qilingan kunning oʻzida uning ijrosini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qaror hamda referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining veb-saytida va rasmiy manbalarda eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. NIZAMXODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1245-son