14.03.2023 yildagi SQ-702-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 3-bandiga, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 14-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining matni 2022-yil 25-iyundan 1-avgustga qadar oʻtkazilgan umumxalq muhokamasida va undan keyingi jarayonlarda kelib tushgan takliflar, fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda maromiga yetkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining nomi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” deb oʻzgartirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 2023-yil 10-martdagi 3017-IV-sonli Qarori (bundan buyon matnda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qarori deb yuritiladi) qabul qilinganligi va unda ushbu Qarorning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 2023-yil 13-martda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qarorini koʻrib chiqib, uning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida KSQ-4-sonli qaror qabul qilganligi va ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish masalasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qarori boʻyicha Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi masʼul etib belgilanganligi hamda uning ushbu masalaga oid xulosasi taqdim etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining matni ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumi tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi referendumi 2023-yil 30-aprel — yakshanba kuni oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi referendumida ovoz berish byulleteniga quyidagi matndagi masala kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Siz “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq mazkur Qaror hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 2023-yil 15-mart kuni matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan qonun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-702-IV-son