19.04.2023 yildagi O‘RQ-831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 7-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 7-aprelda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda moliya va bank sektorining barqarorligini taʼminlashga, banklar tomonidan qulay va sifatli moliyaviy xizmatlar koʻrsatish, shuningdek aholining banklarga boʻlgan ishonchini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga bank sektorining barqarorligini taʼminlash, banklarni kapitallashtirish darajasini oshirish hamda ularning resurs bazasini koʻpaytirish, shuningdek mazkur sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qoʻshimcha huquqiy shart-sharoitlar yaratish zaruriyati yuzaga keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bank ustav kapitalining eng kam miqdorini 2025-yilning 1-yanvariga qadar yuz milliard soʻmdan besh yuz milliard soʻmgacha bosqichma-bosqich oshirib borish toʻgʻrisidagi talablar joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari norezidentlarga chet el fond bozorlariga joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish huquqi berilgan holda, banklarning aksiyalarini ular tomonidan sotib olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun banklarni kapitallashtirish darajasini yanada oshirishga va ularning resurs bazalarini koʻpaytirishga, ularning iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar jarayonlarida ishtirok etishini kengaytirishga, shuningdek bank sektoriga chet el investitsiyalarini jalb etishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard soʻmni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran ikki yuz milliard soʻmni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-apreldan eʼtiboran uch yuz ellik milliard soʻmni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran besh yuz milliard soʻmni tashkil etishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkil etilayotgan yoki qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, bank tashkil etilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan kundagi bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza beriladigan paytgacha bank muassislari tomonidan shakllantirilgan boʻlishi kerak. Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablagʻlar bankda ochilgan jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlarda oʻz ustav kapitali miqdorini mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqlashtirishi kerak. Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlgan banklar norezidentlarga davlat ulushini toʻliq sotish orqali xususiylashtirilganda Markaziy bank boshqaruvi bank ustav kapitalini mazkur moddaning birinchi qismida belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirish boʻyicha belgilangandan boshqa muddatlarni oʻrnatishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 17-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida axborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar bankning muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — oʻninchi qismlari tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasi 1-bandining qoidalari mazkur Qonun amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-831-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 03/23/831/0219-son)