07.04.2023 yildagi SQ-717-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning (bundan buyon matnda Ombudsman deb yuritiladi) 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini muhokama qilib, bir qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Ombudsman nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlaridan kelib tushgan murojaatlar soni jami 17 761 tani tashkil etib, 2021-yilga (18 738 ta) nisbatan 977 taga yoki 5 foizga kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy murojaatlar soni 2022-yilda 3 921 tani (2021-yilda 4 655 ta) tashkil qilib, oldingi yilga nisbatan 734 taga yoki 15,8 foizga pasaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Ombudsman tomonidan parlament nazorati subyekti sifatida 3 219 ta murojaat nazoratga olinib, ularning 892 tasi ijobiy hal etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning natijasida fuqarolar va tadbirkorlar foydasiga undirilgan hamda undirilishi belgilangan mablagʻlar 2 mlrd 372 mln soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilida inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonun buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga 134 ta taʼsir chorasi (20 ta taqdimnoma, 36 ta xulosa, 78 ta ariza va daʼvo arizasi) kiritilgan boʻlib, ularning soni 2021-yilga nisbatan 43 foizga (94 ta) oshgan. Ushbu hujjatlarning 98 tasi (73 foizi) ijobiy hal etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan 381 ta monitoring tashrifi doirasida 6 mingdan ortiq mahkum bilan jamoaviy uchrashuvlar va 1 657 nafar mahkum bilan yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitasi bilan birgalikda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan yaqin hamkorligini taʼminlashga qaratilgan davra suhbatlarini oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquq va erkinliklari sohasidagi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” loyihasi tashkil etilib, loyiha doirasida respublika boʻyicha targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda ommaviy axborot vositalarida Ombudsman faoliyatiga oid 3 732 ta chiqish tashkil etilib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan salkam 3 baravarga (2021-yilda 1 326 ta) oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni oldingi yilga nisbatan kamaygan boʻlsa-da, ijtimoiy huquq yoʻnalishidagi murojaatlar jami murojaatlarning 31,4 foizini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, eng koʻp murojaatlar Qashqadaryo viloyati (2 297 ta), Toshkent shahri (2 079 ta), Surxondaryo viloyati (1 582 ta) hissasiga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, 2022-yilning 2-yarim yilligida Yagona onlayn platforma orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash boʻyicha Ombudsman faoliyati nisbatan past baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, mazkur platforma orqali 103 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan murojaatlarning 22 foizi oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan boʻlsa, 32 foizi takroriy murojaatlarni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari 2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy asosda faoliyat yuritib kelayotgan boʻlsa-da, yil davomida respublika boʻyicha mintaqaviy vakillarga jami 1 512 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, murojaatlar soni Ombudsmanga kelib tushgan jami murojaatlarning 8,5 foizini tashkil etgan xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy vakillarga toʻgʻridan toʻgʻri kelib tushgan murojaatlar soni Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlarning atigi 3,6 foizini (637 ta) tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatiga aholining ishonchi yetarli darajada emasligidan yoki joylarda mintaqaviy vakillarning faoliyatini takomillashtirish zarurligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida respublika boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa-da, ayrim hududlarning qamrab olinishi yetarli emasligi qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan 36 ta xulosadan 24 tasi hamda 20 ta taqdimnomadan 8 tasi qanoatlantirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish koloniyalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar tomonidan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilganligi boʻyicha “Ombudsman qutisi”ga yoʻllangan 189 ta murojaatning 74 foizi oʻz isbotini topmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, hisobotda Ombudsman inson huquqlarini taʼminlashga doir qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 39 ta qonun loyihasi, 2 ta Prezident farmoni va qarori loyihasi hamda Vazirlar Mahkamasining 9 ta qarori loyihasiga takliflar berilganligi qayd etilgan boʻlsa-da, ushbu takliflarning inobatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar hisobotda yetarlicha aks ettirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan bino va texnik jihozlar bilan toʻliq taʼminlanmagan. Bugungi kunda Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili bino va xizmat avtomashinasi bilan, Qashqadaryo, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari esa xizmat avtomashinasi bilan taʼminlanmagan, Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili binosida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan 11 549 nafar boladan 11 162 nafari oilalarga va bolalar muassasalariga joylashtirilgan boʻlsa, 387 nafari joylashtirilmasdan qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy berilishi rejalashtirilgan 25 nafar yetim bola va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uy-joy bilan taʼminlanmagan boʻlsa-da, Bolalar ombudsmani tomonidan masʼul davlat organlari va idoralariga nisbatan yetarlicha choralar koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6312-sonli Farmoni 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilning oxirida Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi Yagona axborot tizimi ishga tushirilgan. Ammo mazkur tizimning toʻlaqonli ishlashi uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tegishli ishlar yakuniga yetkazilmagan, tizim dasturi toʻliq tugallanmagan hamda davlat organlari va tashkilotlari tizimiga integratsiya qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 324-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 2958-IV-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning murojaatlarini har tomonlama va oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda mualliflarga asosli javob xati berish orqali takroriy murojaatlarning oldini olish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng koʻp murojaat yoʻllangan hududlardagi muammolarni tahlil qilib, murojaatlarni kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan qonunda belgilangan taʼsir choralaridan keng foydalansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda monitoring tadbirlari natijadorligiga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy vakillar faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy vakillarning aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlashini taʼminlashga, aholi muammolariga tezkorlik bilan munosabat bildirilishiga hamda muammolar hududlarning oʻzida hal qilinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan doimiy hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, ularning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining oldini olish, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari va tarbiya koloniyalari faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tadbirlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oilalarga va bolalar muassasalariga toʻliq joylashtirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda oilalarga berilgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularga yaratilgan shart-sharoitlarni doimiy ravishda monitoring qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi “Yagona axborot tizimi”ning (edo.ijro.uz) toʻliq ishga tushirilishini hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan viloyat, tuman (shahar) hokimliklari ushbu tizimga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Andijon, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda mintaqaviy vakilni viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, shuningdek, uni zarur mebel, aloqa va texnik vositalar hamda xizmat avtomashinasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi Ombudsman bilan birgalikda ikki oy muddatda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish koloniyalari va tergov hibsxonalari hududida oʻrnatilgan “Ombudsman qutisi” bilan bir qatorda “Ombudsman elektron qutisi”ni joriy etish masalasini oʻrganib chiqsin va takliflar tayyorlab, Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi holati boʻyicha Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan taqdim etiladigan maʼruzalarni keng muhokama qilish va unda koʻtarilgan masalalarni hal etishga koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mazkur Qarorning 2- va 3-bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha joriy yilning 10-iyul kuniga qadar Senatga umumlashtirilgan axborot taqdim qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari Bolalar ombudsmani bilan birgalikda oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning ahvoli hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganib, natijasi boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni joriy yilning 15-iyul kuniga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-717-IV-son