07.04.2023 yildagi SQ-718-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi ishlar vazirligining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, tashqi siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Harakatlar strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida oliy darajadagi 5 ta xorijiy tashrif va 200 ga yaqin turli uchrashuvlar, onlayn muloqotlar va telefon orqali muzokaralar tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bilan hamkorligi doirasida 200 ga yaqin yuqori darajadagi tadbirlar amalga oshirilgan, yirik xalqaro anjumanlarda ishtirok etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani tufayli xalqaro tashkilotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta tashabbusi toʻla amalga oshirilgan. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasida Markaziy va Janubiy Osiyoning oʻzaro bogʻliqligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning roli hamda BMT Inson huquqlari kengashida “Yoshlar va inson huquqlari” haqidagi rezolyutsiyalar bir ovozdan qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz shahrida Afgʻonistonga gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha Koʻp funksiyali xalqaro xabni tuzish ishlari muvofiqlashtirildi va uning faoliyatida BMT tuzilmalari ishtiroki ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO doirasida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan 3 ta rezolyutsiya qabul qilingan (“Xiva jarayoni”, “Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash” va “Erta yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha butunjahon anjumanini Toshkentda oʻtkazish”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy-gumanitar sohada 8 ta yirik tadbirlar tashkil etilgan. Jumladan, aprel va sentyabr oylarida Qirgʻizistonning Botken viloyatida 2 ta umumtaʼlim maktabi Oʻzbekiston tomonidan qurilib, Qirgʻiziston tomoniga foydalanish uchun topshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotida raisligi doirasida oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda, Mintaqaviy rejalashtirish kengashi, Tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari, Qishloq xoʻjaligi va Madaniyat va turizm vazirlari yigʻilishlari va boshqa 20 dan ortiq tadbirlar oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning 5-yigʻilishini hamda 28 ta ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazishga amaliy yordam koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda Belarus, BAA, Vengriya, Germaniya, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Ummon, Eron, Hindiston va Yaponiya bilan hukumatlararo komissiyalarining yigʻishlari oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy diplomatiyani ragʻbatlantirish sohasidagi samaradorlik darajasining tahlili Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Koreya, Avstriyadagi diplomatik missiyalari natijadorligi va tashabbuskorligini koʻrsatib, bu 2022-yil davomida tovar aylanmasi oʻsishida va respublika hududlarida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda namoyon boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda elchixonalar kesimida 47 ta xorijiy davlatga (2021-yilda 37 ta davlat boʻyicha olib borilgan) eksportni amalga oshirish boʻyicha taqsimot qilingan boʻlib, yanvar — dekabr oylarida eksport 10,2 mlrd dollar yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya, Koreya, Buyuk Britaniya, Misr, Ispaniya, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Oʻmon, Italiya, Latviya, Xitoy, Indoneziya, Gretsiya, Malayziya, Fransiya va Tojikistondagi elchixonalarda va yirik savdo tarmoqlarida 36 ta “Shou-rum” va “savdo shoxobchalari”ni ochish masalasi ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elchixonalar koʻmagida Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasining Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Tojikiston, Qirgʻiziston va Xitoy davlatlarida 9 ta yangi xorijiy savdo maydonchasi ochilib, 2 575 ta xorijiy korxona Respublika tovar-xomashyo birjasida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida va diplomatik kanallar orqali jami 365 ta hujjat, jumladan 358 ta savdo-iqtisodiy, transport hamda madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga oid ikki va koʻp tomonlama hujjatlar imzolanishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, vazirlik faoliyatida eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan quyidagi muayyan muammo va masalalar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport va logistika sohasiga oid xalqaro shartnomaviy-huquqiy bazani, jumladan, Oʻzbekistonning qator bitim va konvensiyalarga (masalan, Avtotransport vositalari egalarining javobgarligini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polisi bitimiga (Yashil kartaga) qoʻshilish masalalari ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik vakolatxonalarning shtatlar jadvali xorijiy davlatlar bilan hamkorlik darajasi hamda istiqbollaridan kelib chiqib shakllantirilmagan. Oʻzbekistonning bir qator elchixonalarida (AQSh, Rossiya va Germaniya,) savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi vakant boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik vakolatxonalar va respublika hududlari oʻrtasida xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishda taklif etilayotgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda hamda tezkor maʼlumot almashinuvida oʻzaro hamkorlik talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga qaramasdan, hududlararo hamkorlik va shaharlar oʻrtasida birodarlik aloqalarini rivojlantirish yoʻnalishida amaliy natijalarga erishilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olish va ijrosini monitoring qilish yagona elektron tizimi toʻliq ishga tushirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-sonli qaroriga muvofiq turizmni rivojlantirish va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish boʻyicha elchixonalar tomonidan olib borilgan ishlar sezilarli natija bermadi. Belgiya, Ispaniya, Fransiya, Malayziya, Tojikiston, Belarus, Ummon va Misrdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan “koʻrgazma zallari” va “doʻkonlar” ochish orqali hunarmandchilik mahsulotlarini ommalashtirish boʻyicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Singapur, Tailand, Indoneziya, Eron, BAA va Isroil davlatlarida esa bu yoʻnalishda ishlar deyarli amalga oshirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, vazirlik va idoralar hamda Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalari va lozim darajada ishlamasligi bilan bogʻliq muammolar iqtisodiy diplomatiyaning muvaffaqiyati va natijadorligiga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan Oʻzbekiston vazirlik-idoralariga yuborilayotgan murojaat va takliflar uzoq muddat javobsiz qolib ketmoqda. Bundan tashqari, baʼzi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro tashkilotlar doirasidagi tashabbuslarni Tashqi ishlar vazirligi fikrini inobatga olmasdan ilgari surish holatlari kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elga yuboriladigan Oʻzbekiston delegatsiyalarini kutib olish va kuzatish, ularning xorijiy davlatda harakatlanishini taʼminlashda Oʻzbekistonning diplomatik va konsullik muassasalarini asossiz jalb qilish holatlari koʻpayib bormoqda. Mazkur tashriflarni tashkil etish, ularni amalga oshirish tartiblarini belgilovchi yagona reglament ishlab chiqilmagani hamda elchixonalar oʻzining majburiyatlaridan tashqari boshqa vazifalar bilan ham shugʻullanayotgani sababli ularning ish samaradorligi pasayib ketmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mamlakatimiz elchixonalarining oʻzlari biriktirilgan iqtisodiy soha va respublika hududlarining tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish uchun shaxsiy javobgarligini yanada oshirish choralarini koʻrish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat tomonidan investitsiya va eksport hajmini oshirish yuzasidan qoʻyilayotgan talab va vazifalarni inobatga olib, ayrim elchixona vakant lavozimlarni toʻldirish masalasini oʻrganish, shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar nomzodlari boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mahsulotlar samaradorligi, sifati va qoʻshimcha qiymatini oshirishga xizmat qiladigan ilgʻor xorijiy texnologiyalarni jalb qilish sohasida xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari sohasida qabul qilingan hujjatlar ijrosi va sohada erishilayotgan natijalar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatini keng xabardor qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) yuzasidan BMTning Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan muassasalari rahbarlari tomonidan berilgan takliflarni va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda “Yoʻl xaritasi”ning tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz vaqtida, soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik vakolatxona joylashgan hamda akkreditatsiyadan oʻtgan mamlakatlarda Oʻzbekiston milliy manfaatlarini ilgari suradigan, ularga xizmat qiladigan xayrixoh tuzilma va hamkorlarni shakllantirish boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston vazirlik va idoralar delegatsiyalari tashriflarini tashkil etish, ularni amalga oshirish tartiblarini belgilovchi yagona reglament ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-sonli qarorida turizmni rivojlantirish va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish boʻyicha elchixonalarga yuklatilgan vazifalar bajarilishini taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda Oʻzbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotning mazmun-mohiyatini xalqaro hamjamiyatga keng yetkazish boʻyicha ishlarni faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda xorijiy yirik importchi ulgurji va chakana savdo korxonalarni respublikamiz birja savdolariga jalb etish, mahalliy birjalarimizning chet elda savdo maydonchalarini tashkil qilish hamda yangi hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama imzolanishi koʻzda tutilgan savdo-iqtisodiy kelishuvlarni oldindan har tomonlama puxta shakllantirish, loyiha asoslarini oʻrganish va natijadorligini taʼminlashga qaratilgan samarali nazorat mexanizmini ishlab chiqib, uni belgilangan tartibda oʻz faoliyatiga tatbiq etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalari hamda savdo shartnomalari ijrosining holati boʻyicha maʼlumot almashish jarayonidagi idoralararo hamkorlik tizimini yanada takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni (masalan, litsenziya olish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va h.k.) kamaytirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritalari”da amalga oshirilishi koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarini Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda belgilangan tartibda kelishish amaliyotini joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Respublikadagi umumjahon merosi obyektlarida loyihalarni YUNESKO bilan kelishish mexanizmlarini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olish, xatlovdan oʻtkazish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishga moʻljallangan elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Braziliya, Avstraliya, Kanada bilan toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish hamda havo yoʻli orqali tashish bilan bogʻliq tariflar va toʻlovlarni kamaytirish masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning milliy manfaatlaridan kelib chiqib, transport va logistika sohasida qator xalqaro bitim va konvensiyalarga Oʻzbekistonning qoʻshilishi masalasini oʻrganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2023-yil 1-avgustga qadar mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-718-IV-son