30.12.2021 yildagi PQ-77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida so‘nggi besh yilda mamlakatimizdagi usta hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar 9 barobarga ko‘payib, sohada band bo‘lganlar soni 230 ming nafarga yetdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hunarmandlarning xalq amaliy san’ati milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro ko‘rgazma hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 340 nafar ustalar ushbu katalogdan o‘rin oldi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mahallabay ishlash orqali foydalanilmayotgan imkoniyatlarni to‘la ishga solish, hunarmandlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yanada kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, “usta-shogird” an’analari asosida mahallalarda yoshlarga hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qaroriga asosan, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 trillion so‘m mablag‘ ajratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablag‘larning 500 milliard so‘mi hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditlar hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million so‘mgacha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ko‘zda tutilgan shartlarda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditlar hunarmandning talabi bo‘yicha naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldingi yillarda hunarmandlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning so‘ndirilgan qismidan hosil bo‘lgan mablag‘lar aynan hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun qayta yo‘naltirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va ularning tijorat banklariga o‘z vaqtida qaytarilishi yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha “oilakredit.uz” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qo‘yish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida bo‘lim ishga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2022-yildan boshlab Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shogirdlarga — mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga — internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, subsidiya ajratiladigan hunarmandlar va shogirdlar hisobi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yuritilib, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Onlayn mahalla” elektron platformasi bilan integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan subsidiyalarni ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yildan boshlab “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soliq stavkasi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yuritish joyidan qat’i nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023-yil 1-oktabrga qadar Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilyonlarini (keyingi o‘rinlarda — savdo pavilyonlari) tashkil etsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo pavilyonlari 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan maydonda, Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo pavilyonlarini tashkil qilish (qurish) mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga topshirilgan savdo pavilyonlari “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi bilan beriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hunarmand” uyushmasi savdo pavilyonlari orqali hunarmandchilik mahsulotlarini sotib olish hamda realizatsiya va eksport qilish ishlarini tizimli tashkil etishga mas’ul bo‘ladi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo pavilyonlari xorijiy va mahalliy turistlar uchun mo‘ljallangan turistik marshrutlarga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish vazirligi Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo pavilyonlarining namunaviy loyihalarini har bir hududning o‘ziga xos hunarmandchilik an’analari asosida ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Adliya vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Toshkent shahri tumanlari, Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda hunarmandchilik rivojlangan tuman va shaharlardagi davlat xizmatlari markazlari binolarida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va savdo rastalari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, har yili “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini tashkil etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, yarmarkani tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha hududlarga biriktirilib, milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha mas’ul etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalarining turizm faoliyatiga ko‘maklashish, jumladan hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish va targ‘ib qilish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlarini har olti oyda bir marotaba Oliy Majlis Senatida eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar har bir hududning milliy urf-odatlari, xalq amaliy san’ati va milliy davlatchilik tarixini o‘zida aks ettirgan, shuningdek, xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadigan muzeylardagi noyob eksponatlar replikatsiyalari asosida yangi hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini tayyorlab, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi “Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablarini turistik marshrutlarga kiritish choralarini ko‘rib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliya vazirligi uch oy muddatda Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “Katta Do‘mbirobod” mahallasida “Hunarmandchilik markazi” va “Usta-shogird maktabi” binosini qurish ishlarini yakunlash hamda zarur asbob-uskuna va inventarlar bilan jihozlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan 5 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mablag‘lar haqiqatda bajarilgan ishlar bo‘yicha “Hunarmand” uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilari va “Hunarmand” uyushmasi quyi tuzilmalarining o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokim yordamchilari va “Hunarmand” uyushmasining hududlardagi mas’ul xodimlari bilan birgalikda mahallalarda hunarmandchilik loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Hunarmand” uyushmasi ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Savdo-sanoat palatasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov, “Hunarmand” uyushmasi raisi U.T. Abdullayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-77-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-77-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Amalga oshirish uchun mas’ullar:

vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Hunarmandchilik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish

1.

2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 500 milliard so‘m ajratish.

Bunda:

imtiyozli kreditlarni hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million so‘mgacha ajratish;

imtiyozli kreditlarni hunarmandning talabi bo‘yicha depozit hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan keyinchalik unga xizmat ko‘rsatuvchi bank tarif siyosatiga muvofiq, naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etish;

oldingi yillarda hunarmandlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning so‘ndirilgan qismidan hosil bo‘lgan mablag‘larni aynan hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun qayta yo‘naltirib borish;

hunarmandchilik subyektlariga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va ularni tijorat banklariga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatish.

Tijorat banklari kreditlari

2022-yil davomida

Markaziy bank

(Zaxidov),

“Xalq banki” AT

(Atabayev),

“Mikrokreditbank” ATB

(Butayev),

“Agrobank” ATB

(Mamatqulov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

2.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha “oilakredit.uz” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qo‘yish va loyihalarini kreditlash uchun alohida bo‘limni ishga tushirish.

2022-yil yanvar

Markaziy bank

(Zaxidov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov)

3.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish:

“usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;

shogirdlarga — mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga — internet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmaydigan qismiga.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

2022-yil yanvar

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

4.

2022-yil 1-yanvardan boshlab “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun:

ijtimoiy soliq stavkasini yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilash;

faoliyat yuritish joyidan qat’iy nazar kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lashni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirish.

Doimiy

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Energetika vazirligi

(Sultanov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(Xidoyatov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

5.

Hunarmandlarning yuridik shaxs tashkil qilgan holda faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida, ularning faoliyatini iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi ro‘yxatiga qo‘shish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Xolxo‘jayev),

Davlat xizmatlari agentligi

(Muxammadiyev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Begalov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

II. Hunarmandchilik sohasida marketing va savdo tizimini takomillashtirish, eksportga ko‘maklashish va hunarmandchilik mahsulotlarini targ‘ib qilish

6.

1. Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida hunarmandlar ishlab chiqaradigan mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilyonlarini tashkil etish.

Bunda:

savdo pavilyonlarini 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan maydonda, Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida tashkil etish;

foydalanishga topshirilgan savdo pavilyonlarini Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi bilan berish;

savdo pavilyonlari orqali hunarmandchilik mahsulotlarini sotib olish hamda realizatsiya va eksport qilish ishlarini tizimli tashkil etish;

savdo pavilyonlari manzilini xorijiy va mahalliy turistlar uchun mo‘ljallangan turistik marshrutlarga kiritish.

Mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2022-yil 1-iyunga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov),

Qurilish vazirligi

(Zakirov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov, Abduhakimov)

2. Har bir hududning o‘ziga xos hunarmandchilik an’analari asosida savdo pavilyonlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

Qurilish vazirligi

(Zakirov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

7.

Toshkent shahri tumanlari, Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda hunarmandchilik rivojlangan tuman va shaharlardagi Davlat xizmatlari markazlari binolarida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va savdo rastalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-aprelga qadar

Adliya vazirligi

(Davletov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

8.

“O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini tashkil etish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Har yili

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

9.

“Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablarini turistik marshrutlarga kiritib borish.

Doimiy ravishda

Turizm va sport vazirligi

(Azamov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

10.

Har bir hududning milliy urf-odatlari, xalq amaliy san’ati va milliy davlatchilik tarixini o‘zida aks ettirgan, shuningdek, xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadigan muzeylardagi noyob eksponatlar replikatsiyalari asosida yangi hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini tayyorlab, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish.

O‘z mablag‘lari

2022-yil 1-mayga qadar

Madaniy meros agentligi

(Nurulloyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Badiiy akademiya

(Nuriddinov),

San’atshunoslik instituti

(Pidayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

11.

Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishda doimiy amaliy yordam ko‘rsatish, jumladan elektron tijorat (E-commerce) yo‘nalishi orqali sotishni kengaytirish.

Doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

12.

Milliy hunarmandchilik, xalq amaliy va badiiy san’ati tarixi hamda mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan videoroliklar va “Milliy hunarmandchilik jurnali”ni tayyorlab, yiliga kamida ikki marotaba yangilab borish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

2022-yil aprel

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev),

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(Abduxoliqov),

O‘zbekiston milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

“Dunyo” axborot agentligi

(Suyarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Badiiy akademiya

(Nuriddinov),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(Xasilov),

“Uzbekistan Airways”

(Xusanov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Ramatov)

Bunda, ushbu materiallarni xorijiy va mahalliy sayyohlar va yo‘lovchilar e’tiboriga havola qilish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning aviareys va “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning poyezd vagonlariga doimiy joylashtirib borish.

Doimiy

13.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va savdo nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha dasturni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, mazkur savdo nuqtalarini tashkil etish xarajatlarining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishini nazarda tutish.

2022-yil aprel

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

14.

Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoqchilik, shuningdek, o‘choq, bolta, cho‘yan qozon kabi eksportbop mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

2022-yil fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

15.

Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Yebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot qilishlariga ko‘maklashish bo‘yicha har bir hududda tegishli o‘quv kurslarini tashkil etish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Alohida grafik asosida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

III. Hunarmandchilik faoliyati uchun zarur bo‘lgan xom ashyo bazasini yaratish

16.

Hunarmandchilik mahsulotlari uchun xom ashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini to‘laqonli tashkil etish.

Bunda:

klasterlar ustav kapitalini teng ulushlarda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan shakllantirish;

klasterlarga hunarmandchilik va ipak mato, ipak gilamlari to‘qish faoliyatini tashkil etish hamda qayta tiklanadigan xom ashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratishi uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini paxtadan qisqartirilgan yerlar hisobidan ajratish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi

2022-yil yanvar

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Marufova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, G‘aniyev)

17.

Hunarmandchilikning yog‘och buyumlar yasash va yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishlari rivojlangan hududlarda zarur bo‘lgan daraxt turlarini ekish va parvarishlash maqsadida, tashabbuskor hunarmandlarga o‘zlashtirilmagan yoki paxtadan bo‘shagan yer maydonlaridan kamida 10 gektardanajratib berish.

Tashabbuskor hunarmandlar mablag‘lari

2022-yil fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Xodjayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(G‘aniyev, Qo‘chqorov)

18.

Hunarmandchilik faoliyati uchun zarur bo‘lgan xom ashyo bazasi, shuningdek, hunarmandlarning mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ularni sotishga mo‘ljallangan “internet do‘kon” onlayn platformasini ishga tushirish.

2022-yil noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

19.

Hunarmandchilik subyektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan, jumladan mis, oltin, kumush kabi xom ashyo turlarini ularning ehtiyojidan kelib chiqib, cheklangan miqdorda xarid qilishga imkon yaratish maqsadida, Tovar-xom ashyo birjasida hunarmandlar uchun alohida savdolar tashkil etish choralarini ko‘rish.

2022-yil aprel

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Tovar-xom ashyo birjasi

(Badriddinov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Xolxo‘jayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov)

IV. “Usta-shogird” an’analarini yanada rivojlantirish orqali aholini hunarmandchilikka keng jalb qilish

20.

Farg‘ona viloyatida hunarmandchilik faoliyatini kengaytirish hamda hunarmandlarning mahsulotlariga yangi bozorlar topishga sharoit yaratish maqsadida, loyihalarni amalga oshirish uchun 20 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish va shu orqali 20 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish.

Tijorat banklari kreditlari

2022 — 2024-yillar

Markaziy bank

(Zaxidov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Xolxo‘jayev),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

21.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi sobiq “Baxt uyi” o‘rnida “Milliy hunarmandchilik muzeyi va turizm markazi”ni tashkil etib, ushbu obyektlarni turistik marshrutlarga kiritish.

Mahalliy budjet

2022-yil dekabr

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

22.

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yangi dizayndagi mahsulotlar ishlab chiqarish va qadoqlash, elektron savdo platformasi orqali sotish va hunarmandlarni marketingga o‘qitish bo‘yicha “Hunarmandlar o‘quv markazi”ni tashkil etish.

Mahalliy budjet

2022-yil oktabr

Xorazm viloyati hokimligi

(Ermanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

23.

Xorazm viloyatida hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yich? “Xorazm brendi”ni yaratish va bozorlarga olib chiqish dasturini ishlab chiqish.

Mahalliy budjet

2022-yil aprel

Xorazm viloyati hokimligi

(Ermanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

24.

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Hunarmandlar markazi”ni tashkil etish va Shahrixonga Butunjahon hunarmandlar kengashi “World craft counsil” tomonidan beriladigan hunarmandlar shahri maqomini olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Respublika budjeti

2022 — 2024-yillar

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

25.

Jizzax viloyatining har bir tumani va shahrida talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda “Ayollar biznes markazlari”ni tashkil etish orqali 25 ming nafar xotin-qizlarni davlat hisobidan kasbga o‘qitish choralarini ko‘rish.

Mahalliy budjet, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

2022-2023-yillar

Jizzax viloyati hokimligi

(Saliyev),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

26.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Kitob, Kasbi tumanlari hamda Qarshi shahrida hunarmandchilik markazlarini tashkil etib, 15 mingdan ortiq yoshlarning shogirdlikka jalb etilishini ta’minlash.

Mahalliy budjet, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

2022-2023-yillar

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

27.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” maydonida joylashgan sobiq “Chorsu” bozori negizida zamonaviy “Hunarmandchilik markazi”ni tashkil etib, “usta-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet

2022-yil noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

28.

Qashqadaryo viloyatida qadimiy Kasbi kulolchiligini qayta tiklash, shuningdek, tumanda yog‘och o‘ymakorligi va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida “Kasbi hunarmandlar markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet

2023-yil aprel

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

29.

Samarqand tumanidagi “Konigil” mahallasida tashkil etilgan “Turizm qishlog‘i” loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va ushbu loyiha doirasida 28 ta ixtisoslashgan hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etish.

Tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari

2022-yil dekabr

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

30.

Sirdaryo tumani va Toshkent viloyati chegarasida zamonaviy “Karvonsaroy” majmuasini ishga tushirib, hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha savdo do‘konlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari

2022-yil sentabr

Sirdaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Xolxo‘jayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

31.

Buxoro shahrining Mirdo‘stim ko‘chasida joylashgan “Abdullaxon” va “Modarixon” madrasalarini ta’mirlab, zardo‘zlik va zargarlik markazlarini tashkil etish.

Mahalliy budjet

2023-yil mart

Buxoro viloyati hokimligi

(Zaripov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

32.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida har yili mustaqillik bayrami arafasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

Mahalliy budjet

Doimiy

Toshkent shahar hokimligi

(Ortiqxo‘jayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

33.

Milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda kasbga o‘qitish maskanlarida o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Bunda, o‘quv jarayonlariga mentor sifatida Xalq amaliy san’ati ustalari milliy katalogiga kirgan va uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan ustalarni jalb etish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

34.

Yosh hunarmandlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh hunarmandlar” festivalini o‘tkazish.

Bunda, mazkur festivalning tuman va shahar hamda viloyat bosqichlarida saralangan yosh hunarmandlar ishtirokida respublika bosqichini Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yuksak darajada o‘tkazish.

Respublika va mahalliy budjet

2022-yil iyul — sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

35.

Har bir tuman va shaharda, jumladan hunarmandchilik kirib borgan 5 657 ta mahallada 10 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirish.

Bunda, loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish yuzasidan joylardagi hokim yordamchilari va “Hunarmand” uyushmasi bo‘limlarining o‘zaro hamkorlik tizimini yaratish.

2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov)

36.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi “Jaloliddin Manguberdi istirohat bog‘i” hududida do‘ppi, gilam, kigiz to‘qish, teridan po‘stak, cho‘girma, yog‘och o‘ymakorlik buyumlarini tayyorlashga ixtisoslashgan “Hunarmandlar shaharchasi”ni tashkil etib, uni turistik marshrutga kiritish.

Tashabbuskor tadbirkor va hunarmandlar mablag‘lari

2022-yil sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Sariyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

37.

Qadimiy qoraqalpoq milliy “ko‘k ko‘ylak” matosini o‘rganish va qayta tiklash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan hunarmandlarga zarur sharoit yaratish maqsadida Xo‘jayli tumanida “Hunarmandlar markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari

2023-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Sariyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/77/1233-son; 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)