23.03.2023 yildagi 1215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 29-moddalari hamda “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 18 va 27-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida saylov uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov yoki referendum davrida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining soʻroviga asosan boshqa vaqtda ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmatini doimiy ravishda ishlashini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari bilan birgalikda saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmatdan foydalanish tartibi aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 20-avgustdagi 1101-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1215-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 23-martdagi 1215-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat (keyingi oʻrinlarda — interfaol xizmat) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov yoki referendum uchastkasiga oʻzgartirish mustasno), harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan saylov yoki referendum uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Interfaol xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy saylov komissiyasi) rasmiy veb-sayti orqali koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Interfaol xizmat Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti, YIDXP va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — SJBAT) oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Interfaol xizmatdan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga ega boʻlgan, saylov yoki referendum kuniga qadar yoxud saylov yoki referendum kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Interfaol xizmat koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Saylovchi yoki ovoz beruvchi fuqaro (keyingi oʻrinlarda — fuqaro) interfaol xizmat koʻrsatilishining har qanday bosqichida undan bosh tortish huquqiga ega. Bunda, fuqaroning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fuqaro saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash boʻyicha interfaol xizmatdan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fuqaro saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash uchun YIDXPdagi saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash xizmatini tanlaydi va (yoki) unga biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va raqamini hamda tugʻilgan sanasini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Fuqaroning mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlari SJBATdagi Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidagi maʼlumotlar bilan avtomatik tarzda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar mos kelgan taqdirda fuqaroga saylov yoki referendum uchastkasi haqidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash boʻyicha interfaol xizmat natijasi boʻyicha QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnoma YIDXPda rasmiylashtiriladi hamda uni elektron shaklda yuklab olish va chop etish imkoniyati mavjud boʻladi. Bunda, ushbu maʼlumotnomani yuklab olish uchun fuqaro YIDXPda roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash fuqaroning biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va raqami hamda tugʻilgan sanasini kiritish yoʻli bilan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash boʻyicha interfaol xizmatdan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fuqaro Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidagi saylov yoki referendum uchastkasi haqidagi maʼlumotlar bilan uning doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzili oʻzaro nomuvofiq boʻlgan taqdirda saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP yoki Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, YIDXPda fuqarolarga saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish mumkin boʻlgan muddatning tugashiga qadar qolgan vaqt haqida maʼlumot berish imkoniyati mavjud boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqaro saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish haqida YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa shaxsga tegishli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmatdan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov yoki referendum uchastkasi haqidagi maʼlumotlarga operator tomonidan aniqlik kiritilishi uchun fuqaro soʻrovnomani telefon raqami va unga bepul yuboriladigan maxsus kod bilan tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan soʻng, soʻrovnomada koʻrsatilgan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga muvofiq interfaol xizmat foydalanuvchisiga oʻzgartirilayotgan saylov yoki referendum uchastkasi haqidagi maʼlumot dastlabki tarzda tanishib chiqishi uchun koʻrsatiladi va fuqaro maʼlumotlar bilan tanishib chiqqanidan keyin soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soʻrovnoma “UNICON.UZ” DUK qoshida tashkil etilgan Call-markaz operatoriga (keyingi oʻrinlarda — operator) kelib tushadi. Operator soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan soʻng, operator SJBATga fuqaroga tegishli maʼlumotlarni, oʻzgartirish nazarda tutilayotgan uchastkani, oʻzgartirish sababini hamda YIDXPda koʻrsatilgan ariza raqamini kiritadi va saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema asosida belgilangan muddatlarda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish yuzasidan interfaol xizmat natijasi boʻyicha QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnoma YIDXPda rasmiylashtiriladi hamda uni elektron shaklda yuklab olish va chop etish imkoniyati mavjud boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning interfaol xizmatdan foydalanishi natijasida saylov yoki referendum uchastkasidagi saylovchilar yoki ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatida yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar SJBATda koʻchirilgan saylovchilar yoki ovoz beruvchi fuqarolar tarixida oʻz aksini topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmatini koʻrsatish YIDXPga havola qilish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Interfaol xizmat yordamida oʻzgartirilgan saylov yoki referendum uchastkasini fuqaroning roziligisiz oʻzgartirish yoxud saylovchilar yoki ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagi hollarda saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomadagi maʼlumotlar toʻliq toʻldirilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma saylov yoki referendumga besh kundan kam muddat qolganida berilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Interfaol xizmat koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaziy saylov komissiyasi mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur Nizomga muvofiq YIDXP orqali interfaol xizmat doimiy va uzluksiz koʻrsatilishini taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Interfaol xizmat koʻrsatish natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Fuqaro interfaol xizmatning koʻrsatilishi va natijalari yuzasidan sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Saylovchi yoki ovoz beruvchi fuqaro toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi*

2. Ismi*

3. Otasining ismi*

4. Tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk)*

5. Biometrik pasport yoki ID-karta seriyasi*

6. Biometrik pasport yoki ID-karta raqami*

7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)*

8. Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzili boʻyicha viloyat nomi, tuman nomi, saylov yoki referendum uchastkasi raqami**

9. Telefon raqami

10. Elektron pochta manzili

11. Saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish sababi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali roʻyxatdan oʻtilgan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Uchastka raqami Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilgan havola orqali uchastka manzillari xaritasidan foydalangan holda aniqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va oʻzgartirish boʻyicha interfaol xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Saylovchi yoki ovoz beruvchi fuqaro (keyingi oʻrinlarda — fuqaro)

Interfaol xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi (saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash boʻyicha interfaol xizmatdan foydalanishda ixtiyoriy)

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Fuqaro yoki YIDXP

Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash avtomatik tarzda Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — SJBAT) orqali amalga oshiriladi

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Fuqaro

Saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani toʻldiradi

Xohishiga koʻra

4-bosqich

Fuqaro

Saylov yoki referendum uchastkasi haqidagi maʼlumotlarga operator tomonidan aniqlik kiritilishi uchun fuqaro soʻrovnomani telefon raqami va unga bepul yuboriladigan maxsus kod bilan tasdiqlaydi

2 daqiqa ichida

5-bosqich

YIDXP

Soʻrovnomada koʻrsatilgan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga muvofiq interfaol xizmat foydalanuvchisiga oʻzgartirilayotgan saylov yoki referendum uchastkasi haqidagi maʼlumot dastlabki tarzda tanishib chiqishi uchun koʻrsatiladi

1 daqiqa ichida

6-bosqich

Fuqaro

Fuqaro maʼlumotlar bilan tanishib chiqqanidan keyin soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun operatorga yuboradi

Xohishiga koʻra

7-bosqich

YIDXP

Soʻrovnoma “UNICON.UZ” DUK qoshida tashkil etilgan Call-markaz operatoriga kelib tushadi

1 daqiqa ichida

8-bosqich

Operator

1. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlashtiradi.

2. SJBATga fuqaroga tegishli maʼlumotlarni, oʻzgartirish nazarda tutilayotgan uchastkani, oʻzgartirish sababini hamda YIDXPda koʻrsatilgan ariza raqamini kiritadi va saylov yoki referendum uchastkasini oʻzgartiradi.

Bir ish kunida

9-bosqich

SJBAT

Fuqaroning interfaol xizmatdan foydalanishi natijasida saylov yoki referendum uchastkasidagi saylovchilar yoki ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatida yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar SJBATda koʻchirilgan saylovchi yoki ovoz beruvchi fuqarolar tarixida aks etadi

Saylov yoki referendum uchastkasi oʻzgartirilganidan soʻng 1 daqiqa ichida

10-bosqich

YIDXP

1. Fuqaroning elektron manziliga saylov yoki referendum uchastkasi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi xabar yuboriladi.

2. YIDXP orqali fuqaroning shaxsiy kabinetiga QR-kodli maʼlumotnoma yuboriladi.

Fuqaroning soʻrovnomasiga koʻra