30.03.2023 yildagi PQ-104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gidroenergetika quvvatlarini yanada ko‘paytirish maqsadida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJning (keyingi o‘rinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 507,8 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan gidroto‘plash elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha 3 279,8 MVt quvvatlarni yaratish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishda zarur bo‘lgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qarori talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-252-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan loyihalarga tatbiq etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori tashkil qilingandan so‘ng rostlovchi gidroelektrstansiyalar, shu jumladan gidroto‘plash elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun to‘lov alohida tartib (quvvat uchun to‘lov) asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar Jamiyat tarkibidagi gidroelektrstansiyalar va u tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bevosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hollarda Jamiyat davlat sherigi sifatida yoki xususiy investor bilan hamkorlikda ishtirok etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tarkibidagi “Suvsanoatmash” AJning tegishli aktivlarini belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali sotish hamda undan tushgan mablag‘lar va Jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda gidroelektrstansiyalar qurilmalarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jamiyatning:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli loyihalar amalga oshiriladigan hududlarga olib boruvchi yo‘l va boshqa zarur infratuzilma obyektlarining qurilishini Jamiyat mablag‘lari hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, Jamiyat tomonidan mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida belgilangan pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tizimidagi tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladigan davlat xaridlarida Jamiyat tizimidagi boshqa tashkilotlarning ishtirok etishiga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan “Gidroproyekt” AJni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat va uning tizimidagi tashkilotlarga “MACLEC Technical Project Laboratory Pvt Ltd” kompaniyasi (Hindiston) bilan suvda suzib turuvchi qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha shartnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushini oshirish hisobiga unga “O‘zsuvloyiha” AJning davlatga tegishli aksiyalar paketini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Jamiyat bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda tegishli xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy tijorat banklari bilan istiqbolli loyihalarga moliyaviy manbalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzokaralar natijasiga ko‘ra, bir oy muddatda istiqbolli loyihalarning O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli loyihalarga O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida bo‘lmagan xorijiy kreditlarni jalb qilish uchun “O‘zenergosotish” AJ mazkur loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yildan kam bo‘lmagan muddatda loyihada belgilangan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bilan kelishilgan tarif bo‘yicha kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanmaguniga qadar, ushbu loyihalarga talab etiladigan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolati taqdim etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamiyat 2024-yil 1-fevralga qadar mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda potensial investorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarning loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Jamiyat quyidagilarni nazarda tutuvchi sohani diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroelektrstansiyalar va suv omborlariga yondosh hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish orqali bo‘sh turgan yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-avgustdan boshlab respublika hududidagi daryo va kanallarda bosimsiz ishlaydigan innovatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qo‘shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar gidroelektrstansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil sertifikat”ni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdagi korxonalar ishlab chiqarish bazasida 2024-yil 1-yanvarga qadar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan, 2025-yil 1-yanvarga qadar quvvati 15 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 5 MVtdan yuqori bo‘lgan gidroelektrstansiyalar va gidrotuplash elektr stansiyalarini qurishga qaratilgan loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Jamiyatda quyidagilarni nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish va 2025-yilga qadar ESG reytingini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tizimida korporativ va strategik maslahatchi xizmatini tashkil etish, shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 4 nafarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-sentabrdan boshlab ekologik standartlarga muvofiq axborotlarni oshkor etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyuldan boshlab sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan “benchmarking” usulida taqqoslash orqali Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2024-yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi “Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroelektrstansiyalar va suv omborlarini yagona himoyalangan korporativ tarmoqqa birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarining nazorat-o‘lchov qurilmalarini avtomatlashtirish hamda ulardagi ma’lumotlarni olish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlariga keladigan suv hajmi prognozining aniqlik darajasini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroelektrstansiyalar va suv omborlaridagi dispetcherlik punktlarida vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib borish va baholash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidroelektrstansiyalar va suv omborlarining xavfsiz faoliyatini ta’minlash va gidrotexnik inshootlarning holatini onlayn monitoring qilib borishga qaratilgan Vaziyatlarni monitoring va tahlil qilish markazini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamiyat bir oy muddatda Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur qarordan kelib chiqib, gidroenergetika sohasini isloh qilish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni Jamiyatning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi va Kadastr agentligining gidroenergetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 6-ilovaga muvofiq jami 89,64 gektar, shundan 82,96 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda gidroelektrstansiyalar qurilishi belgilangan yer uchastkalarining amaldagi yerdan foydalanuvchilardan belgilangan tartibda davlat zaxirasiga qaytarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari, shu jumladan belgilangan tartibda zaxiraga olingan yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Energetika vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihalari doirasida vaqtincha foydalaniladigan yer uchastkalariga qurilish davrida o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Energetika vazirligi ajratilgan yer uchastkalari Yer kodeksining 241-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda Jamiyatga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilansinki, Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kesilishiga moratoriy joriy etilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mavjud bo‘lganda, ular Jamiyat mablag‘lari hisobidan ko‘chiriladi, ko‘chirish imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda, har birining o‘rniga o‘ntadan kam bo‘lmagan daraxtlar kompensatsiya sifatida ekib beriladi, ko‘chirilgan va yangi ekilgan daraxtlar kamida 5 yil parvarishlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2023-yil 1-maydan boshlab quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun yer uchastkalarini xususiy investorlarga ajratishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar Energetika vazirligi, Jamiyat, tashabbuskor tadbirkorlar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ochiq portaliga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda tayyorlanadi va vakolatli organlar bilan kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlangan yer uchastkalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan elektron onlayn-auksionga faqat ijara huquqi bilan mikro va kichik gidroelektrstansiyalar qurish uchun chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion g‘olibi tuman (shahar) hokimi bilan yer uchastkasi ijarasi shartnomasini tuzish, vakolatli organ bilan esa ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-104-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur bo‘lgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

Ibosqich. 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladigan kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar

1.

7305 31 000 0

Suv keluvchi quvur

2.

8481 80 990 7

Suv to‘suvchi qurilma

3.

7308 90 980 9

Chiqindilarni ushlab qoluvchi panjara

4.

8410 11 000 0

Spiral kamerasi

5.

8428 90 900 0

Vintli ko‘taruvchi qurilma

6.

7305 31 000 0

Chiquvchi konus quvuri

7.

8410 11 000 0

Gidravlik turbina (quvvati 1 MVtgacha)

II bosqich. Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur bo‘lgan hamda 2024-2025-yillarda xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb etgan holda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar

8.

8501 62 000 0

Pastki krestovina

9.

8501 62 000 0

Yuqori krestovina

10.

8410 11000 0

Kompensator

11.

8501 62 000 0

Tok halqasi (Stator)

12.

8410 11000 0

Turbina vali

13.

8410 11 000 0

Qayta tiklash qopqog‘i

14.

8410 12 000 0

8410 13 000 0

Gidravlik turbina (quvvati 1 MVtdan yuqori)

15.

8410 11 000 0

Yo‘naltiruvchi apparat kuragi

16.

8410 11 000 0

TVS flanetslar

Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidroenergetika sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilayotgan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Yerdan foydalanuvchi

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

shundan

Tuproq ball boniteti

sug‘oriladigan yerlar, ga

Lalmi, yaylov va boshqa yerlar, ga

HAMMASI

89,64

82,96

6,68

“Namangan viloyati Katta Andijon kanalida gidroelektr stansiyalar kaskadi qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

Uchqo‘rg‘on tumani

1.

M. Xamzaobod massivi

“Xolmirza xoji ota” fermer xo‘jaligi

2138k

1,15

1,14

0,01

81

2.

M. Xamzaobod massivi

“Istiqbolli tegirmon” fermer xo‘jaligi

2142k, 2143k

3,24

3,08

0,16

81

3.

M. Xamzaobod massivi

“Nurli istiqbol sari” fermer xo‘jaligi

2145k

10,21

9,86

0,35

81

4.

M. Xamzaobod massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

2136k, 2148k

0,13

0,13

5.

M. Xamzaobod massivi

“Agro-Pilla” MCHJ

2134k

0,78

0,70

0,08

81

6.

M. Xamzaobod massivi

Fuqaro Alimboyeva Onaxon dala shiyponi

2136k

0,14

0,01

0,1350

81

7.

M. Xamzaobod massivi

Katta Andijon kanali

(Farg‘ona birlashgan dispetcherlik markazi)

2141k

1,14

0,38

0,76

73,7

8.

Porloq Yulduz massivi

“Samandar Sevinchoy Farangiz” fermer xo‘jaligi

1842k

9,41

9,35

0,06

81,2

9.

Porloq Yulduz massivi

“Iminjon Muxarrambonu” fermer xo‘jaligi

1858k

5,37

5,29

0,08

67,7

10.

Porloq Yulduz massivi

“Xomidjon Dilshod Umrixon” fermer xo‘jaligi

1902k

5,19

5,14

0,05

68,4

11.

Porloq Yulduz massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

1919k

0,06

0,06

12.

Porloq Yulduz massivi

Dehqon xo‘jaliklari

1858k, 1919k

4,14

4,14

71,3

13.

Porloq Yulduz massivi

“Agro-Pilla” MCHJ

1840k, 1841k

1,67

1,61

0,06

68,4

14.

Porloq Yulduz massivi

Katta Andijon Kanali

(Farg‘ona birlashgan dispetcherlik markazi)

1772k, 1821k

1,05

0,43

0,63

73,6

15.

U. Madadkor massivi

“Qo‘g‘ay O‘lmas tekstil” fermer xo‘jaligi

1648k

0,91

0,88

0,03

81

16.

U. Madadkor massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

1646k

0,07

0,07

17.

U. Madadkor massivi

Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaligi yerlari

1646k

0,16

0,16

81

18.

U. Madadkor massivi

Norin Haqqulobod ITB xizmat uyi

(Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi)

1647k, 1647k

0,34

0,16

0,18

81

19.

U. Madadkor massivi

Norin Haqqulobod ITB suv ko‘tarish inshooti

(Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi)

1646k

0,10

0,10

81

20.

Porloq Yulduz massivi

“Xorunxon mo‘l hosili” fermer xo‘jaligi

1978k, 1979k, 1980k, 1981k

2,84

2,72

0,12

71,3

21.

Porloq Yulduz massivi

Dehqon xo‘jaliklari

1978k

0,10

0,10

68,4

Tuman bo‘yicha jami

48,19

45,23

2,96

Norin tumani

22.

Bo‘ston massivi

“Qizil tov imkoniyatlari (Isaqov Iskandar)” fermer xo‘jaligi

1582k, 1592k, 1594k

7,06

6,87

0,19

77,7

23.

Bo‘ston massivi

“Toshloqlik Muhammaddiyor” fermer xo‘jaligi

1569k, 1576k, 1578k, 1708k

9,81

9,66

0,15

77,6

24.

Bo‘ston massivi

Katta Andijon kanali va qirg‘oq mintaqasi

(Farg‘ona birlashgan dispetcherlik markazi)

1567k, 1568k

0,36

0,24

0,12

76

25.

Bo‘ston massivi

“Akramjon Mamatov” fermer xo‘jaligi

1679k, 1680k, 1687k, 1689k

6,15

5,97

0,18

70,9

26.

Bo‘ston massivi

“Otajon ota saxovati” fermer xo‘jaligi

1675k

4,32

4,28

0,04

76,5

27.

Bo‘ston massivi

“Toshloq grand” fermer xo‘jaligi

1718k

0,02

0,02

71

28.

Bo‘ston massivi

Fuqaro Nazarov Ibroximjon

(bog‘dorchilik)

1690k

0,004

0,004

76

29.

Bo‘ston massivi

Fuqaro Otaboyev Pirnazar

(terakchilik)

1690k

0,024

0,024

76

30.

Bo‘ston massivi

Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaligi yerlari

1690k

0,214

0,214

76

31.

Bo‘ston massivi

Katta Andijon kanali va qirg‘oq mintaqasi

(Farg‘ona birlashgan dispetcherlik markazi)

1676k, 1677k, 1678k

2,93

1,29

1,64

71

32.

Xo‘jaobod massivi

“Akram ota Bekzoda” fermer xo‘jaligi

1810k

0,20

0,18

0,02

76,5

33.

Xo‘jaobod massivi

“Gulhayo Sharifjon qizi” fermer xo‘jaligi

1812k, 1820 k

2,58

2,55

0,03

72,6

34.

Xo‘jaobod massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

1809k, 1811k, 1821k

0,80

0,80

35.

Xo‘jaobod massivi

Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaligi yerlari

1811k

2,50

2,50

75

36.

Xo‘jaobod massivi

Katta Andijon kanali

(Farg‘ona birlashgan dispetcherlik markazi)

1822k

0,52

0,43

0,09

72,7

Tuman bo‘yicha jami

37,49

34,23

3,26

Viloyat bo‘yicha jami

85,68

79,46

6,22

“Surxondaryo viloyati To‘palang daryosida Zarchob-3 gidroelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

Sariosiyo tumani

1.

G. Xidirov massivi

Tuman hokimligi zaxirasi

379k, 392k, 393k, 394k

3,96

3,50

0,46

Tuman bo‘yicha jami

3,96

3,50

0,46

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “3 416 MVt” so‘zlari “5 507,8 MVt” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-band hamda qarorga 1 — 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2023-y., 07/23/104/0182-son; 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)