25.03.2023 yildagi 127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosi yuzasidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga yer uchastkalarini ajratishda teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Tabiat resurslari vazirligining telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish, ularni tanlov (elektron onlayn-auksion)ga qo‘yish va telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2023-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish, ularni tanlov (elektron onlayn-auksion)ga qo‘yish va telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish imkonini beruvchi maxsus axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi)ni ishlab chiqish, uni texnik va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligining ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati — axborot tizimi operatori etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot tizimi operatori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-mayga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan axborot tizimini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyulga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish bo‘yicha telekommunikatsiya operatorlari tomonidan avval rasmiylashtirilgan ijara shartnomalari, telekommunikatsiya vositalari joylashgan yer (koordinata nuqtalari va chegaralari) va shartnomalarning tegishli ma’lumotlari (rekvizitlari) axborot tizimiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimi operatoriga doimiy asosda elektron axborot almashinuvi orqali taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi o‘z axborot tizimlarini ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan axborot tizimi bilan o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish, ularni tanlov (elektron onlayn-auksion)ga qo‘yish va telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish imkonini beruvchi maxsus elektron axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi operatori — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion ishtirokchisi — “E-AUKSION” elektron savdo platformasidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan telekommunikatsiya operatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi — davlat mulki hisoblangan bino va yer maydoni yoki moddiy madaniy meros obyektlari hisoblangan inshootlar balansida hisobga olingan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar (tashkilotlar) — ushbu Reglamentga muvofiq telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish masalasi kelishiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti — elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladigan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar, moddiy madaniy meros obyektlari hamda ularning yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestr — telekommunikatsiya operatorlari, telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish bo‘yicha ijara shartnomalari hamda ularga tegishli bo‘lgan hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar bazasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo operatori — “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksionni tashkil etish va o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma — telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilash hamda yer uchastkasini ijaraga olish bo‘yicha telekommunikatsiya operatori tomonidan to‘ldiriladigan va axborot tizimi orqali kiritiladigan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya vositalari — signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, uskunalar, inshootlar va tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, ma’lumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — axborot tizimi foydalanuvchilari tomonidan ma’lumotlarni kiritish, tahrirlash, foydalanish va qo‘llash imkoniyatini yaratish uchun mo‘ljallangan maxsus oyna;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini ijaraga berish bo‘yicha narxni oshirib borish tamoyili asosida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan va muddati uzaytirilgan ijara shartnomalari hamda boshqa xizmatlar (auksion obyektini savdoga chiqarishda materiallarni kelishish, shuningdek savdoni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari bundan mustasno) uchun to‘lovlar axborot tizimi operatori va telekommunikatsiya operatorlari o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, axborot tizimi orqali ushbu hujjatlarni rasmiylashtirish uchun telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimi operatoriga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “E-AUKSION” elektron savdo platformasida onlayn-auksion tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-AUKSION” elektron savdo platformasida onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bo‘sh va zaxiraga olingan yer uchastkalari hamda davlat mulki obyektini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo‘yicha o‘tkazilgan elektron auksionda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham u o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, auksion o‘tkazish auksion o‘tkaziladigan kun to‘g‘risida xabarnoma va lotga oid axborot “E-AUKSION” elektron savdo platformasida e’lon qilingandan o‘ttiz kun o‘tgandan keyingi kunga belgilanadi. Bayram va dam olish kunlarida auksionlar o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish va ularda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)ga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarini kelishish hamda ajratilgan yer uchastkalarini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish ushbu Reglamentning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun joyiga chiqqan holda zarur loyihaoldi o‘rganish ishlari olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Telekommunikatsiya operatori axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilab beradi hamda zarur yer uchastkalarini ijaraga olish bo‘yicha talabnoma to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot tizimi operatori telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan maydon va koordinatalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali avtomatik tarzda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga so‘rov jo‘natadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yer uchastkasi ma’lumotlari (yer uchastkalarining maydoni va koordinatalari) telekommunikatsiya operatori tomonidan noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu holat talabnomani rad etish uchun asos hisoblanadi va talabnoma bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi uch ish kuni ichida axborot tizimidagi so‘rovga javob tariqasida yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Axborot tizimi operatori mazkur yer uchastkasida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni vakolatli organ (tashkilot)larga ular bilan dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Antenna-machta inshootlari va boshqa telekommunikatsiya inshootlarini qurish bilan bog‘liq hujjatlar telekommunikatsiya vositalari turiga mos ravishda quyidagi vakolatli organ (tashkilot)lar bilan axborot tizimi orqali kelishiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antenna-machta inshootlaridan tashqari boshqa telekommunikatsiya inshootlarini qurish bilan bog‘liq hujjatlar, zaruratga ko‘ra, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ham kelishilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishda zarur hujjatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, kelishilishi va xulosalar qabul qilinishi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish masalasini uch ish kuni ichida kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (tashkilot)lar tomonidan kelishish rad etilgan hollarda, tegishli xulosa telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimi orqali taqdim etiladi va talabnoma bekor qilinadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organ (tashkilot)lar bilan kelishilgandan so‘ng axborot tizimi operatori talabnomada ko‘rsatilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini ajratish uchun Vazirlik tomonidan biriktirilgan mas’ul xodimning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga jo‘natadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlikka yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan biriktirilgan mas’ul xodim yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasini ajratish uchun ularning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga buyurtma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir ish kuni ichida buyurtmani (buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasini ilova qilgan holda) yer uchastkasini ajratish materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi besh ish kuni ichida shaxsiy kabinetda yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo orqali imzolaydi. Shakllantirilgan shartnomani Vazirlikka axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan biriktirilgan mas’ul vakil bir kun ichida axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida elektron raqamli imzo orqali shartnomani ikkinchi tomondan imzolaydi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tuzilgan shartnoma asosida yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida kelishuv jarayonining har bir bosqichi bo‘yicha ma’lumotni axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali doimiy uzatib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vazirlikka ajratilgan yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishga tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yer uchastkasini ijaraga berishning boshlang‘ich narxi quyidagi formula asosida axborot tizimida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S = S x R x T + E,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S — yer uchastkasining maydoni, kv.m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R — bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati, so‘m/kv.m.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T — yer uchastkasini ijaraga berish muddati, yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar, so‘m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymatini belgilashda hududda mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Axborot tizimi operatori Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi) axborot tizimiga Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha arizani axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmalari axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga yer uchastkasini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha elektron buyurtmani yuboradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida auksion g‘olibi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining tegishli hududiy boshqarmasi o‘rtasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron shaklda ijara shartnomasi tuziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining axborot tizimi ijara shartnomasi ma’lumotlari va nusxasini axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yer uchastkasini ijaraga berish jarayonida davlat organlari tomonidan yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ularni kelishish va tasdiqlash, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar telekommunikatsiya operatori tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish ushbu Reglamentning 2-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur loyihaoldi o‘rganishlar joyiga chiqqan holda olib boriladi va mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkalari yoki binolarning mulkdorlari bilan o‘zaro kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun maqsadli yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish bo‘yicha talabnoma elektron shaklda axborot tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari tomonidan to‘ldiriladi, kelishuv ma’lumotlari hamda manzil va koordinatalari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Axborot tizimi operatori vakolatli organ (tashkilot)larga mazkur yer uchastkalari yoki binolarda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni uch ish kuni ichida kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (tashkilot)lar tomonidan kelishish rad etilgan hollarda, tegishli xulosa telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimi orqali taqdim etiladi va talabnoma bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vakolatli organ (tashkilot)lar bilan ijobiy kelishuvga erishilganidan so‘ng ikki ish kuni ichida mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino va inshoot mulkdori hamda telekommunikatsiya operatori o‘rtasida ijara shartnomasi axborot tizimi orqali imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasini axborot tizimi orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, shartnoma qog‘oz ko‘rinishida imzolanadi hamda bu haqidagi ma’lumotlar va ushbu shartnoma nusxasi telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ijara shartnomasi asosida telekommunikatsiya vositalari joylashtiriladigan yer uchastkalarini dastlabki kelishish, shuningdek ijara shartnomasini rasmiylashtirish (taraflarning kelishuviga ko‘ra axborot tizimi orqali rasmiylashtirilganda) xarajatlari bilan bog‘liq to‘lovlar telekommunikatsiya operatori tomonidan ijara shartnomasi imzolanganidan so‘ng besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Axborot tizimi operatori ijara shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi)ga elektron axborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan o‘tkazish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Soliq qo‘mitasi ikki ish kuni ichida ijara shartnomasini belgilangan tartibda hisobdan o‘tkazadi va guvohnomani elektron axborot almashinuvi orqali axborot tizimiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Axborot tizimi operatori tomonlarga axborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma hisobdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish ushbu Reglamentning 3-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur loyihaoldi o‘rganishlar joyiga chiqqan holda olib boriladi hamda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektini ijaraga berish bo‘yicha balansda saqlovchiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektini ijaraga berishga rozilik bildirilgan taqdirda, telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektini ijaraga olish bo‘yicha talabnoma elektron shaklda axborot tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari tomonidan to‘ldiriladi, davlat mulki obyekti ma’lumotlari hamda manzil, koordinatalari, balansda saqlovchining rozilik xati va boshqa tegishli ma’lumotlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, moddiy madaniy meros obyektlari hisoblangan davlat mulki obyektlarini ijaraga olish bo‘yicha talabnomaga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha vakolatli organning xulosasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Axborot tizimi operatori vakolatli organ (tashkilot)larga mazkur davlat mulki obyektiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni uch ish kuni ichida kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (tashkilot)lar tomonidan kelishish rad etilgan hollarda, tegishli xulosa telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimi orqali taqdim etiladi va talabnoma bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vakolatli organlar bilan ijobiy kelishuvga erishilganidan so‘ng axborot tizimi operatori Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi axborot tizimiga davlat mulki obyektini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha arizani elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmalari axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga davlat mulki obyektini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha elektron buyurtmani yuboradi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida auksion g‘olibi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining tegishli hududiy boshqarmasi o‘rtasida belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat mulki obyektini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining axborot tizimi ijara shartnomasi ma’lumotlari va nusxasini axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ijara shartnomasi asosida telekommunikatsiya vositalari joylashtiriladigan yer uchastkalarini dastlabki kelishish, shuningdek ijara shartnomasini rasmiylashtirish (taraflarning kelishuviga ko‘ra axborot tizimi orqali rasmiylashtirilganda) xarajatlari bilan bog‘liq to‘lovlar telekommunikatsiya operatori tomonidan ijara shartnomasi imzolanganidan so‘ng besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid shartnomalar yoki kelishuvlarni axborot tizimiga kiritish va tizimda shartnoma va kelishuvlarning muddatini uzaytirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid shartnomalar yoki kelishuvlarni axborot tizimiga kiritish va ularning muddatini uzaytirish ushbu Reglamentning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimi ishga tushirilguniga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid va ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish bo‘yicha axborot tizimi yordamida imzolash imkoniyati mavjud bo‘lmagan ijara shartnomalari, kelishuvlar va boshqa turdagi hujjatlar nusxasi va unga doir ma’lumotlar mos ravishda axborot tizimi reyestriga doimiy ravishda kiritib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Axborot tizimi operatori reyestrga kiritilgan ijara shartnomalari muddatlarini avtomatik tahlil qilish ishlarini olib boradi. Muddati yakunlanishiga ikki oy qolgan shartnomalar ro‘yxatini qonunchilik hujjatlarida ruxsat etilgan holatlarda muddatini uzaytirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Telekommunikatsiya operatorlari shartnoma va kelishuv imzolangan tomonlar bilan axborot tizimi orqali hujjat rasmiylashtirilishi borasida o‘n ish kuni ichida muzokaralar olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ikki ish kuni ichida shartnoma shartlariga qo‘shimchalar kiritgan holda (zarur hollarda) axborot tizimi orqali shartnomaga qo‘shimcha kelishuvni imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha shartnomani axborot tizimi orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, ushbu qo‘shimcha kelishuv qog‘oz ko‘rinishida imzolanadi hamda bu haqidagi ma’lumotlar va ushbu hujjat nusxasi telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar uchun axborot tizimi operatorining maxsus hisobvarag‘iga tegishli to‘lovlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Axborot tizimi operatori axborot tizimida yaratilgan va imzolangan, reyestrdagi muddati yakunlanishiga bir oy muddat qolgan ijara shartnomalari ma’lumotlarini qonunchilik hujjatlarida ruxsat etilgan holatlarda muddatini uzaytirish uchun axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiradi va telekommunikatsiya operatorlariga bu haqda xabarnoma va hisob-faktura yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Telekommunikatsiya operatorlari besh ish kunidan kechiktirmay to‘lovlarni axborot tizimi operatorining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Axborot tizimi operatori to‘lov qabul qilinganidan so‘ng shartnomalar muddatlarini uzaytiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya operatoriga muddatlari uzaytirilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotni axborot tizimi orqali taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lanmaslik hollari kuzatilganda, shartnomalar muddati uzaytirilmaydi va shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ijara shartnomasining to‘lov miqdorini keyingi muddat uchun uzaytirish yoki shartnomani bekor qilish istagida bo‘lgan ijaraga beruvchilar shartnomaning yakunlanish muddatidan uch oydan kam bo‘lmagan muddatda ushbu haqida axborot tizimiga ma’lumot kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, telekommunikatsiya operatoriga tegishli ma’lumot axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi va tomonlarning o‘zaro kelishuvidan so‘ng shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasini bekor qilish istagi bildirilgan hollarda tomonlarga axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumotlar taqdim etiladi, o‘zaro qayta kelishish uchun bir oy muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ijara shartnomalari besh ish kuni ichida mos ravishda Soliq qo‘mitasi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga tegishli reyestridan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ko‘chirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qo‘mitasi va Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan o‘zining reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilsa, telekommunikatsiya operatori va tomonlarga bu haqida ma’lumot shaxsiy kabinet orqali yuboriladi va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish ishlarini tomonlar o‘zaro amalga oshiradi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qo‘mitasi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi bilan kelishilganidan so‘ng manfaatdor tashkilotlar tomonidan reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi.
(50-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Telekommunikatsiya operatorlari vakolatli organlarning murojaatini ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Axborot tizimining boshqa tashkilotlar bilan axborot almashish tartibi va o‘zaro hamkorlik qilish shartlari tashkilotlar hamda axborot tizimi operatori o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha alohida texnologik yo‘riqnomalar va bitimlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Axborot tizimi operatori axborot tizimidan foydalanish orqali shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarni taqdim qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ushbu Reglament talablari buzilishi aniqlangan holatlar haqida telekommunikatsiya operatorlaridan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha shartnoma bekor qilinadi va amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish va ularda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini ajratish

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilaydi va ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish bo‘yicha talabnoma to‘ldiradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

Telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan maydon va koordinatalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga so‘rov jo‘natadi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Axborot tizimidagi so‘rovga javob tariqasida yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Vakolatli organ (tashkilot)larga yer uchastkasiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Vakolatli organ (tashkilot)lar

1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

6-bosqich

Axborot tizimi operatori

Yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ularning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga buyurtma yuboradi.

Avtomatik tarzda

7-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani (buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasini ilova qilgan holda) yer uchastkasini ajratish materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

II. Ajratilgan yer uchastkalarini telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Shaxsiy kabinetda yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo yordamida imzolaydi. Shakllantirilgan shartnomani Raqamli texnologiyalar vazirligiga (Vazirlik) axborot tizimi orqali yuboradi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Vazirlik

Axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida elektron raqamli imzo yordamida shartnomani ikkinchi tomondan imzolaydi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

10-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yig‘majildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” axborot tizimiga joylashtiradi.

Belgilangan muddatda

“YERELEKTRON” axborot tizimida kelishuv jarayonining har bir bosqichi bo‘yicha ma’lumotni axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali doimiy uzatib boradi.

Avtomatik tarzda

11-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi axborot tizimiga Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha arizani axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

12-bosqich

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

Buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga yer uchastkasini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha elektron buyurtmani yuboradi.

1 ish kunida

13-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi.

Belgilangan muddatda

14-bosqich

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

2. Ijara shartnomasi ma’lumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Shartnoma imzolanganidan so‘ng avtomatik ravishda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun maqsadli yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish bo‘yicha talabnomani elektron shaklda axborot tizimi orqali to‘ldiradi, kelishuv ma’lumotlari hamda manzil va koordinatalarini kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Vakolatli organlar

1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Ijara shartnomasi ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritadi va mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino mulkdori o‘rtasida ijara shartnomasini axborot tizimi orqali imzolaydi.

Axborot tizimi orqali imzolash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, shartnoma qog‘oz ko‘rinishida imzolanadi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Ijara shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasiga elektron axborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan o‘tkazish uchun yuboradi.

Ijara shartnomasi imzolanganidan so‘ng avtomatik ravishda

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

1. Ijara shartnomasini belgilangan tartibda hisobdan o‘tkazadi hamda guvohnoma rasmiylashtiradi.

2. Guvohnomani elektron axborot almashinuvi orqali axborot tizimi operatoriga yuboradi.

2 ish kunida ichida

6-bosqich

Axborot tizimi operatori

Axborot tizimi operatori tomonlarga axborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma va hisobdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yuboradi.

Avtomatik tarzda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

1. Davlat mulki obyektini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo‘yicha balansda saqlovchiga murojaat qiladi.

2. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektini ijaraga berishga rozilik bildirilgan taqdirda, uning rozilik xatini ilova qilgan holda telekommunikatsiya obyektlarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektiga doir ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat mulki obyektiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun vakolatli organlarga axborot tizimi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organlar

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat mulki obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha arizani elektron axborot almashinuvi orqali Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarmasi

Buyurtmachi sifatida axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan so‘ng belgilangan tartibda savdo operatoriga davlat mulki obyekti bo‘yicha elektron buyurtmani yuboradi.

1 ish kuni ichida

6-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi.

Belgilangan muddatda

7-bosqich

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarmasi

1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

2. Ijara shartnomasi ma’lumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Shartnoma imzolanganidan so‘ng avtomatik tarzda

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish bo‘yicha ijara shartnoma (kelishuv)larini tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Axborot tizimida imzolanmagan ijara shartnoma (kelishuv)larni tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi ishga tushirilguniga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid va ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish bo‘yicha axborot tizimi yordamida imzolash imkoniyati mavjud bo‘lmagan ijara shartnoma (kelishuv)lari nusxasi va unga doir ma’lumotlarni axborot tizimidagi reyestrga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Reyestrga kiritilgan ijara shartnoma (kelishuv)lari muddatlarini avtomatik tahlil qilish ishlarini olib boradi.

Belgilangan muddatda

2. Shartnomalar ro‘yxatini telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

Shartnoma muddati yakunlanishidan 2 oy avval

3-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Telekommunikatsiya operatori shartnoma (kelishuv) imzolangan tomonlar bilan axborot tizimi orqali shartnoma (kelishuv) rasmiylashtirilishi borasida muzokaralar olib boradi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Tomonlar

(mulkdor, telekommunikatsiya operatori)

Tomonlar shartnoma (kelishuv) shartlariga qo‘shimchalar kiritgan holda (zarur bo‘lsa) axborot tizimi orqali shartnomani imzolaydilar.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Axborot tizimi operatori

Ijara shartnoma (kelishuv)lari tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

Tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ko‘chirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Axborot tizimi operatori

Tomonlarga muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

II. Axborot tizimida imzolangan ijara shartnoma (kelishuv)larining muddatini uzaytirish

8-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Axborot tizimida yaratilgan va amal qilish muddati tugayotgan shartnoma (kelishuv)lar ro‘yxatini shakllantiradi.

2. Telekommunikatsiya operatorlariga mazkur shartnoma (kelishuv)larni rasmiylashtirish bo‘yicha hisob-faktura taqdim etadi.

Shartnoma muddati yakunlanishidan 1 oy avval

9-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi operatorining maxsus hisobvarag‘iga to‘lovlarni o‘tkazib beradi.

5 ish kuni ichida

10-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. To‘lovlar qabul qilinganidan so‘ng shartnoma (kelishuv)larni muddatlarini uzaytiradi.

2. Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

Avtomatik tarzda

11-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazadi va ko‘chirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi.

3 ish kuni ichida

12-bosqich

Axborot tizimi operatori

Muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-banddagi “Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasining” va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari tegishlicha “Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining” va “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Elektromagnit muvofiqlik markazi” so‘zlari ““Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 7-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti” jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Aloqa turi

E koeffitsiyenti

1.

Ko‘chma radiotelefon aloqasi (tranking aloqa)

30

2.

Umumiy foydalaniladigan uyali radiotelefon aloqasi

85

3.

Ko‘chma radio aloqa

15

4.

Yo‘ldosh aloqa (O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan markazni yer stansiyasi* va konsentratori** orqali telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari; havo transportida ma’lumot uzatish xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan yo‘ldoshli aloqa tarmoqlari bundan mustasno, ya’ni radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov belgilanmaydi)

55

5.

MMDS, NMDS va MVLS turidagi tizimlardan foydalangan holda televizion dasturlarni tarqatish

50

6.

Televideniye va radioeshittirish nodavlat dasturlarini tarqatish, televideniye va radioeshittirish dasturlarining tijorat translyatsiyasi

40

7.

Ma’lumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno)

70

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, * Markaziy yer stansiyasi — sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali abonent stansiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga birlashtiruvchi yer stansiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Konsentrator — yo‘ldosh aloqa abonent stansiyalarini yer usti telekommunikatsiya tarmoqlari (telefon tarmoqlari, ma’lumot uzatish tarmoqlari) bilan bog‘lovchi uskuna hisoblanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki to‘lov — foydalanuvchi tomonidan Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risidagi tegishli qarori olinganidan so‘ng 90 kun ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi to‘lovlar — Vazirlikka beriladigan hisob-kitoblar asosida yil choragi birinchi oyining 15-kunidan kechikmay har chorakda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur to‘lov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi Radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish va monitoringi Vazirlik xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tegishli summani ular tushgan kundan boshlab 3 kundan kechikmay Davlat budjetiga o‘tkazadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)