23.03.2023 yildagi PF-41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash, tovarlar taʼminotining global zanjirlarini diversifikatsiyalash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2027-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-banddagi va 1-ilovaning nomlanishidagi “2023-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-banddagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan oʻtkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan kundalik isteʼmol tovarlari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-41-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi PF-41-son Farmoniga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TIF TN kodi

Tovarning nomlanishi

1.

0203, 0208, 0209

Yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan choʻchqa goʻshti;

boshqa goʻsht va goʻshtli oziq-ovqat submahsulotlari; tuzli eritmada tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan, eritib yoki boshqa usul bilan ajratib olinmagan choʻchqa yogʻi, goʻshtdan ajratib olingan yogʻ va uy parrandasi yogʻi

2.

0403

Yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq va boshqa fermentlangan yoki achitilgan sut va qaymoq, quyultirilgan yoki quyultirilmagan, shakar yoki boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, xushboʻy taʼmli qoʻshimchalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, kakao, yongʻoq, mevalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan

3.

0406

Pishloq va tvoroglar

4.

0408

Yangi, quritilgan, qaynatilgan yoki bugʻda pishirilgan, formalangan, muzlatilgan yoki boshqa usullar bilan konservatsiya qilingan, shakarli yoki shakarsiz, boshqa shirin taʼm beruvchi moddalarsiz qobiqsiz tuxum va tuxumning sarigʻi

5.

0703*

Sholgʻomsimon dumaloq piyoz, shalot piyozi, sarimsoqpiyoz, piyoz-porey va boshqa piyozli sabzavotlar‚ yangi yoki sovitilgan

6.

0705*

Salat latuk (Lactuca sativa) va sikoriy (Cichorium spp.), yangi yoki sovitilgan

7.

0713

Dukkakli sabzavotlar, quritilgan, tozalangan, urugʻlangan yoki tozalanmagan, boʻlingan yoki boʻlinmagan

8.

0804

Yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya

9.

0808

Yangi olma, nok va behi

10.

0810

Boshqa yangi mevalar

11.

1102

Bugʻdoy yoki javdardan tashqari gʻalla donidan un

12.

1103

Gʻalla don donalaridan yorma, yirik tortilgan un va granulalar

13.

1105

Nozik va dagʻal un, kukun, boʻlaklar, kartoshka granulalari

14.

1106

0713 tovar pozitsiyadagi quritilgan dukkakli sabzavotlarning yirik va mayda tortilgan un va kukunlari, 08 guruhdagi mahsulotlari yoki 0714 tovar pozitsiyasidagi sago palmasining yuragi, ildizlari yoki ildiz mevalari

15.

1108

Kraxmal; inulin

16.

1513

Kokos (kopra), palma yadrosi yoki babassu moylari va ularning fraksiyalari, rafinadlangan yoki rafinadlanmagan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan:

17.

1602

Tayyor yoki konservalangan goʻsht mahsulotlari, yarim tayyor goʻsht, qon yoki hasharotlar mahsulotlari

18.

1604

Tayyor yoki konservalangan baliq; baliq tuxumidan tayyorlangan osyotr ikrasi va uning oʻrnini bosuvchi moddalar

19.

1703

Shakarni olish yoki tozalash natijasida hosil boʻlgan shinni

20.

1704

Tarkibida kakao boʻlmagan qandolat mahsulotlari (shu jumladan, oq shokolad).

21.

1806

Kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari

22.

1902

Issiqlik ishlovi berilgan yoki berilmagan, ichi toʻldirilgan (goʻsht va boshqa mahsulotlar bilan) yoki toʻldirilmagan hamda boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, spagetti, makaronlar, ugra (lapsha), lazanya, kletski, ravioli, kannelloni kabi makaron mahsulotlari; kuskus, tayyorlangan yoki tayyorlanmagan

23.

1905

Tarkibida kakao boʻlgan yoki boʻlmagan non, xamirli qandolat mahsulotlari, pirojniylar, pechenye va boshqa non-bulochka hamda xamirli qandolat mahsulotlari; vaflilar, farmatsevtikada kerak boʻladigan boʻsh kapsulalar, yopishtirish uchun vaflili kapsulalar, guruchli qogʻoz va shunga oʻxshash mahsulotlar

26.

2007

Issiqlik bilan ishlov berish yoʻli bilan olingan, shu jumladan, shakar yoki boshqa shirin taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan murabbolar, mevali jele, marmeladlar, meva yoki yongʻoq pyuresi, meva yoki yongʻoq pastalari

27.

2008

Boshqa usulda tayyorlangan yoki konservalangan mevalar, yongʻoqlar va oʻsimliklarning boshqa isteʼmol qilinuvchi qismlari, tarkibida shakar yoki shirin taʼm beruvchi moddalar yoki spirt qoʻshimchalari mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlmagan, boshqa joyda nomi koʻrsatilmagan yoki kiritilmagan

28.

2101

Qahva, choy yoki paragvay choyi yoki mate, aragvay choyining ekstraktlari, essensiya va konsentratlari hamda qahva, choy yoki mate yoki paragvay choyi asosidagi tayyor mahsulotlar; qovurilgan sikoriy va boshqa qovurilgan qahva oʻrnini bosuvchi moddalar va ulardan ekstraktlari, essensiyalari va konsentratlari

29.

2103

Souslar tayyorlash uchun mahsulotlar va tayyor souslar; taʼmli qoʻshimchalar va aralash ziravorlar; xantal kukuni va tayyor xantal

30.

2104

Tayyor shoʻrvalar va bulyonlar va ularni tayyorlash uchun “yarim tayyor mahsulotlar”; gomogenlashtirilgan tarkibli tayyor oziq-ovqat mahsulotlari

31.

2201

Suvlar, shu jumladan, tabiiy yoki sunʼiy mineral, gazlangan, shirin taʼm beruvchi moddalar yoki xushboʻy taʼmli qoʻshimchalar qoʻshilmagan

32.

2202

Suvlar, shu jumladan, mineral va gazlangan, shirin taʼm beruvchi moddalar yoki xushboʻy taʼmli qoʻshimchalar qoʻshilgan, boshqa alkogolsiz ichimliklar

33.

3305

Soch uchun vositalar

34.

3307

Soqol olishdan oldin, soqol olishda va soqol olgandan soʻng ishlatiladigan vositalar, individual qoʻllash uchun dezodarantlar, vanna qabul qilish uchun birikmalar, tuklarni tushirish uchun vositalar va boshqa attorlik, kosmetik yoki boshqa pardoz vositalari, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan; xonalar uchun dezodorantlar, xushboʻylashtirilgan yoki xushboʻy qilinmagan, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega emas

35.

6111, 6209

Bolalar kiyimi va bolalar kiyimlari uchun jihozlar

36.

6402999100,

6403511100,

6403519100,

6403593100,

6403599100,

6403911100,

6403919100,

6403993100,

6403999100

Patak uzunligi 24 sm dan kam boʻlgan poyabzal

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bojxona bojining nol stavkalari 2023-yil 1-sentabrga qadar qoʻllaniladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2023-y., 06/23/41/0165-son; 28.12.2023-y., 06/23/217/0983-son; 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)