O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ta’lim tashkilotlarida ko‘p yil xizmat qilgan pedagog kadrlarni yanada qo‘llab quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish, attestatsiya jarayonlarini soddalashtirish hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2023-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-mart,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar”;
to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/120/0161-son)