15.03.2023 yildagi O‘RQ-823-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 31-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda sud tizimini takomillashtirishga, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning, shu jumladan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimini isloh etishga va yanada rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan buyon ham fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash, ma’muriy organlarning qarorlari ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish muddatini 3 oydan 6 oygacha ko‘paytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida zarur darajadagi vasiylik va homiyliksiz qoldirishning oldini olish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu Qonun bilan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda. Xususan, bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini oshirish maqsadida ushbu Qonun bilan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafardan 50 nafargacha ko‘paytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda) quyidagi mazmundagi 1221-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1221-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa yoxud O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishini ta’minlamaslik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘sha qilmish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘sha qilmish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolaning O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek ilgari ushbu modda bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 345-moddaning beshinchi qismi “121-moddasi ikkinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1221-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 3812-modda birinchi qismining 1-bandi “121-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1221-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1189-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir etgan va ushbu Kodeksning 476-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun o‘sha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 476-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“476-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan o‘ttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra mazkur muddat yana o‘ttiz kunga uzaytirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 245-moddaning birinchi qismi “475” raqamidan keyin “476” raqami bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 248-moddaning to‘rtinchi qismidagi “101-moddasida” degan so‘zlar “476 va 101-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 12, 881-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 14-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolani ota yoki ona yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, ya’ni ota-onaning, ular o‘rnini bosuvchi shaxsning bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani o‘z ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bo‘lgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-420-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 984-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-moddaning matnidagi “Tuman (shahar) sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar “Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “tuman (shahar) sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “tuman (shahar) sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 667-modda, № 12, 1189-modda) 186-moddasining birinchi qismidagi “uch oy ichida” degan so‘zlar “olti oy ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 889-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 4, 290-modda, № 10, 968-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 10-modda birinchi qismining o‘n sakkizinchi xatboshisidagi “muassasalari” degan so‘z “tashkilotlari” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 20-moddaning uchinchi qismidagi “yigirma besh” degan so‘zlar “ellik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda) 3-ilova 30-pozitsiyasining “Xabarnomaning nomi” degan ustunidagi “muassasalari” degan so‘z “tashkilotlari” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 1 — 4-moddalari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-823-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son)