11.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1091-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 11.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1091-2
Kuchga kirish sanasi
13.03.2023
Hujjat 13.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1091-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari, shuningdek Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Sud ijrochilari boʻlimlarida ijro va ish yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi buyruq (roʻyxat raqami 1091, 2001-yil 29-dekabr) hamda “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 1091-1, 2007-yil 5-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan 2023-yil 11-martdagi 17/1-22-213-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2001-yil 29-dekabrdagi 209-mh-son “Sud ijrochilari boʻlimlarida ijro va ish yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1091, 2001-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 23-24-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 22-mh-son “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi buyruqqa oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1091-1, 2007-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 57-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TAShKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2023-y., 10/23/1091-2/0140-son)