11.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1091-2
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 11.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1091-2
Kuchga kirish sanasi
13.03.2023
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e’lon etilishi kerakligi;
Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tartibga solinganligi;
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozimligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Sud ijrochilari bo‘limlarida ijro va ish yuritish to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 1091, 2001-yil 29-dekabr) hamda “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 1091-1, 2007-yil 5-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan 2023-yil 11-martdagi 17/1-22-213-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2001-yil 29-dekabrdagi 209-mh-son “Sud ijrochilari bo‘limlarida ijro va ish yuritish to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1091, 2001-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 23-24-son);