13.03.2023 yildagi KSQ-4-son
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 27-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjati shaklidagi normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining 1-bandi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 4-moddasi 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi.
Murojaat va ilovalarda Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilishi lozim bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, murojaatni Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari, asoslantirish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joylashgan eri, pochta manzili to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar hamda ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga asosan murojaat “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 29-moddasida belgilangan Konstitutsiyaviy sudga murojaatga qo‘yiladigan talablarga javob beradi hamda uni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishni rad etishga asoslar mavjud emas.
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash uchun qarorni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yuborish;
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 82-moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini to‘liqligicha yoki uning bir qismini tekshirayotganda:
davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan vakolatlarning chegaralanishi nuqtai nazaridan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Konstitutsiyani qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibiga oid quyidagi normalar belgilangan: Konstitutsiyani qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiradi (78-modda birinchi qismi 1-bandi), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi (127-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining 2022-yil 20-maydagi qo‘shma qarori bilan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan. Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham, Senat a’zolari ham kiritilgan.
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini tayyorlash va maromiga yetkazishda Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-iyundagi qarori bilan “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilgan holda ikki bosqichda umumxalq muhokamasi o‘tkazilganligi, ushbu jarayonda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, qisqa raqamli koll-markazi, pochta aloqasi, mahallalar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolardan 220 mingdan ortiq fikr va takliflar qabul qilingan va tahlil qilingan.
Xususan, “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi talablaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalari, “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasida e’lon qilingan.
“Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi talablaridan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul qo‘mitalar) Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib borgan.
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi talablaridan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-noyabrdagi 2703-IV-son Qarori qabul qilingan hamda mas’ul qo‘mitalarga deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan ishlarni davom ettirish topshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning hajmi va ko‘lami, xususan, uning moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payayotganligi, amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilayotganligini inobatga olib, Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangi tahrirda bayon etishni asosli deb hisoblaydi.
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining umumxalq muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari asosida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi maromiga yetkazilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy prinsipiga (7-modda) mos kelishiga e’tibor qaratadi.
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi belgilangan bo‘lib, unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni va mas’ul qo‘mita xulosasini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Oliy Majlis palatalarining referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarida uni o‘tkazish sanasi belgilanadi hamda bunda ovoz berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha bo‘lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida referendum o‘tkazilishini istisno etadigan holatlar belgilangan bo‘lib, Konstitutsiyaviy sud mazkur masalani o‘rganib chiqdi va referendum o‘tkazilishini istisno etadigan holatlarni aniqlamadi.
Konstitutsiyaviy sud davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan vakolatlarning chegaralanishi nuqtai nazaridan quyidagilarni aniqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi. Mazkur konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi murojaatida ko‘rsatilgan masala Senatning tegishli qarori bilan ham tasdiqlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq quyidagi masalalar referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas:
Binobarin, mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 7-moddasida belgilangan xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, degan konseptual qoidaga muvofiq ravishda xalq muhokamasiga taqdim etilib, referendumga qo‘yilib, xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlansagina, konstitutsiyaviy-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga muvofiq umumxalq ovozi — referendumga qo‘yilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunni loyihasi ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda yuridik kuchga ega bo‘ladi. Bunda ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni o‘tgan deb topadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 1-bandi, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun 4-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 67, 69, 70, 72 va 82-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi: