11.03.2023 yildagi PQ-92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, o‘tgan yilda 965 ming nafar nuroniy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 23 ming nafar nuroniy dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlandi, 21 mingdan ortiq nuroniylar sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 19 ming nafari reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlandi, 118 ming nafar nuroniylarga boshqa turdagi moddiy yordamlar ko‘rsatildi, 221 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yakka yolg‘iz keksalarning uy-joylari ta’mirlab berildi, 1 milliondan ortiq nuroniylar uchun mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nuroniylar hayotiy tajribasidan unumli foydalanib, o‘tkazilgan madaniy ma’rifiy tadbirlar natijasida 155 mingga yaqin profilaktik hisobda turgan yoshlarning sog‘lom turmush tarziga qaytishiga, 22 mingdan ortiq oilalar ajrimining oldi olinishiga hamda 3 mingdan ortiq notinch oilalarning yarashtirilishiga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotini yuqori darajaga ko‘tarish va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” jamg‘armasi) tashabbusiga muvofiq uning faoliyatini jadallashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Nuroniy” jamg‘armasi va keng jamoatchilikning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Vasiylik kengashini 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarini tegishlicha “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limlari Vasiylik kengashlari raisi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisini “Keksalar maslahati” guruhining raisi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘limi rahbarlariga bir vaqtning o‘zida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining maslahatchisi maqomini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan “Nuroniy” jamg‘armasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari tuzilmalari Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirilishi belgilansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Keksalar maslahati” guruhlari bilan birgalikda shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida o‘n nafar uyushmagan va muammoli yoshlar nuroniylarga biriktirib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boy hayotiy tajribaga ega ziyoli, hunarmand, tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillari bo‘lgan nuroniylar hududlardagi barcha ta’lim muassasalariga biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Nuroniy har bir oilaga mas’ul” loyihasi asosida oilalardagi ahillik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamg‘armasi (S. Turdiyev) Nuroniylar jamoatchilik kengashlari qaroriga binoan “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga mas’ul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari “Nuroniy” jamg‘armasi va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida rag‘batlantirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nuroniylar jamoatchilik kengashi va “Keksalar maslahati” guruhining quyidagilar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bilan bog‘liq tashabbuslariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nuroniylarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlari, Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy sohadagi muammolari, jumladan oziq-ovqat va dori-darmon narxlarining sun’iy oshirilishi hamda maktablardagi o‘quvchilar davomati, tadbirkorlik faoliyati, bandlik, tomorqadan foydalanish va boshqa yo‘nalishlardagi muammolarining hal etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktab ta’limi tizimi muassasalarida “Ikkita til va bir kasb” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Nuroniy” jamg‘armasining Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar bilan hamkorlikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) faxriy nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kasb-hunarga ega bo‘lmagan, ishsiz va uyushmagan yoshlar bilan yuqori natijalarga erishgan sportchilar, fan olimpiadalari g‘oliblari, shuningdek, o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlagan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda paralimpiya sport musobaqalari sovrindorlari o‘rtasida “Matonat va jasorat” tadbirlari o‘tkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z matonati bilan erishayotgan yutuqlari, jamiyatdagi o‘rni hamda ibratli hayotini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Nuroniy” jamg‘armasining Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjet mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulkni jalb etmagan holda qonunchilikka muvofiq o‘z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish borasidagi tashabbusi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Nuroniy-sayyoh” MCHJga 2 ta avtobus keksalarni diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safarlarini tashkil etish va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun sotib olib berilgani inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlariga vazir va uning o‘rinbosarlari uchun nazarda tutilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-92-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining faoliyatini jadallashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini joriy etish orqali nuroniylarning katta hayotiy tajribasidan keng va samarali foydalanilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxona va tashkilotlardagi Faxriylar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, urush orti mehnat faxriylari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz nuroniylar hamda “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish va ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) keksalarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tadbirkorlikka va ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilgan boy hayotiy va kasbiy malakaga ega bo‘lgan faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Aripov Abdulla Nigmatovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

2.

Turdiyev Sodiqjon

“Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

Musayev Behzod Anvarovich

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

4.

Inoyatov Amrillo Shodiyevich

sog‘liqni saqlash vaziri

5.

Nazarbekov Ozodbek Axmatovich

madaniyat vaziri

6.

Umarova Xilola O‘ktamovna

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

7.

Rafikov Qudratulla Mirsagatovich

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi

8.

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

Xolmurodov Rustam Ibragimovich

Samarqand davlat universiteti rektori

10.

Abduraxmonov Qalandar Xodjayevich

G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori

11.

Inamova Svetlana Tursunxodjayevna

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi raisi

12.

Muradov Tal’at Pardayevich

O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi

13.

Melnikova Galina Vitalyevna

O‘zbekiston xalq artisti

14.

Tadjiyev Amin Xamrayevich

Mehnat faxriysi

15.

Axunov O‘ktam Nabiyevich

“Nuroniy” jamg‘armasi Andijon viloyati bo‘limi raisi

16.

Xusenov Samoydin Qosimovich

“Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi

17.

Nusharov Norqul Bozarboyevich

“Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyati bo‘limi raisi

18.

Inoyatov Yanvar Pulatovich

Qashqadaryo viloyati hokimining faxriylar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi

19.

Sanakulov Kuvandik

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

20.

Najmiddinov Ikromxon Xoshimxonovich

“Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi

21.

Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi

22.

Abdiyev O‘tbosar Rustamovich

“Nuroniy” jamg‘armasi Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi

23.

Nosirov Abdusamad

Mehnat faxriysi

24.

Raxmanov Zakirjon

“Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi

25.

Vapayev Amin

Mehnat faxriysi

26.

Kalanov Rustam Abduxakimovich

“Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi

27.

Muxitdinova Mukarram Ishanovna

Mehnat faxriysi

28.

Salimov Oqil Umrzoqovich

“Ulug‘bek” fondi raisi

29.

Hojimatov Minhojiddin

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

30.

Turayev Aziz Appaqovich

Mehnat faxriysi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi raisiga kengash tarkibiga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar tarbiyasida nuroniylarning rolini oshirish

1.

Nuroniy va faxriylar, ayniqsa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etish.

1. Nuroniy va faxriylarning, ayniqsa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning muammolarini mahallabay muntazam o‘rganib borish;

2023-yil mart

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tuman (shahar) hokimliklari

2. Aniqlangan muammolarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

2.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va urush orti mehnat faxriylari holidan muntazam xabar olish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarning mahallalar bo‘yicha ro‘yxatini shakllantirish;

2023-yil aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari

2. Ro‘yxat asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarning holidan xabar olish va ularga ko‘maklashish.

Yil davomida

3.

Har oyda kamida 60 nafardan kam bo‘lmagan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan nogironligi bo‘lgan nuroniylarni sihatgohlarda sog‘lomlashtirilishini tashkil qilish.

1. Ko‘rishda nuqsoni uchun nogironligi bo‘lgan nuroniylarni ro‘yxatini shakllantirish;

2. Ko‘rishda nuqsoni uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar dam olishlari uchun mo‘ljallangan sihatgohlar bilan shartnoma tuzish;

3. “Nuroniy” jamg‘armasi hisobidan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan nuroniylarga yo‘llanmalar sotib olib berish.

2023-yil davomida

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati

4.

Har bir hududdan 6 nafardan kar-soqov nuroniylarni yoki urush va mehnat faxriylarini “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sihatgohlarda sog‘lomlashtirish.

1. Sihatgohda dam olish istagida bo‘lgan kar-soqov nuroniylarni yoki urush va mehnat faxriylarini ro‘yxatini shakllantirish;

2. Sihatgoh ma’muriyati bilan shartnomalar tuzish;

3. Reja asosida sog‘lomlashtirishni tashkil etish.

2023-yil davomida

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

O‘zbekiston karlar jamiyati

5.

Har oyda kamida bir marotaba o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish.

1. O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarning ro‘yxatini shakllantirish;

2023-yil mart

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Har oyda o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarni holidan xabar olish;

3. Nuroniylar ishtirokida hasharlar uyushtirib, mahalla va qabristonlarni obod qilish;

4. Yoshlardan iborat volontyorlar guruhlari tomonidan yakka yolg‘iz, himoyaga muhtoj nuroniylar xonadonlarini, tomorqalarini tartibga keltirish maqsadida yoshlar hasharlarini tashkil etish.

Yil davomida

6.

Nuroniylarning sayohatlarini tashkil etish.

1. Respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarning, tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalarining ro‘yxatini shakllantirish;

2023-yil mart

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

2. Faol nuroniylarni, yolg‘iz va yakka yolg‘iz yashaydigan keksalarni diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatini tashkil etish

Yil davomida

7.

Hayoti va faoliyati yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladigan nuroniylarning hayot yo‘llarini hamda namuna bo‘ladigan yoshlarning faoliyatini o‘zida ifoda etuvchi risolalar, ilmiy-ommabop materiallar, maqolalar va kitob, kitob-albomlar tayyorlash.

1. Hozirda hayot bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ibratli hayoti to‘g‘risida “Oramizdagi tirik afsonalar” nomli kitobni tayyorlash.

2023-yil aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. “Oramizdagi tirik afsonalar” nomli kitobni chop etish va yoshlar orasida targ‘ibot maqsadida foydalanish va tarqatish;

3. Zamonamiz qahramonlari faxriy pedagoglar, tibbiyot xodimlari, olimlar va fermerlar hamda faol, iqtidorli yoshlar haqida risolalar, ilmiy-ommabom materiallar, maqolalar va kitoblar yaratish.

2023-yil aprel

8.

Eng faol nuroniylarning yoshlar tarbiyasidagi faolligi hamda faoliyatidagi natijalari bo‘yicha ularni rag‘batlantirib borish maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili uch bosqichli (tuman-viloyat-respublika) “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.

1. “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovini tuman (shahar)larda tuman bosqichini tashkil etish;

2023-yil iyul

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli tuman (shahar)larda o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari o‘rtasida viloyat bosqichini o‘tkazish;

2023-yil avgust

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari o‘rtasida Respublika bosqichini o‘tkazish.

2023-yil oktabr

9.

Mahallalarda yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi og‘ir, muammoli yoshlar va kam ta’minlangan oilalardagi yoshlar o‘rtasida, shuningdek harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar o‘rtasida keksa avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarini o‘tkazish.

Keksa avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida olimlar, yozuvchilar, soha mutaxassislari hamda ma’naviyat targ‘ibotchilarini jalb qilgan holda tarbiyaviy masalalarga bag‘ishlangan amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish.

1. El hurmatiga sazovor bo‘lgan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli insonlar, mehnat faxriylari va nuroniylar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning namunali hayot yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlash;

2. Uch avlod uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Namunali tartibini ishlab chiqish;

Yil davomida

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tadbirlarda O‘zbekiston Qahramonlari, El-yurt hurmati va boshqa davlat mukofotlari sohiblari, atoqli yozuvchilar, shoirlar, taniqli san’atkor, olim va ziyolilar, hududdagi faollar, mashhur sportchilar, hunarmandlar, fermerlar, yirik korxonalar rahbarlarining ishtirokini ta’minlash;

4. Uchrashuvni o‘tkazish uchun mas’ul etib, tuman va shahar hokimlari hamda sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarini biriktirish;

5. Tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish.

Reja-grafik asosida

10.

Nuroniylar maskanlari hamda mahalla guzarlarida keksa nuroniylar hamda yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish

1. O‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarining namunaviy tartibi (ssenariysi)ni ishlab chiqish;

2. Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida nuroniylar va yoshlarning ishtirokini ta’minlash;

3. O‘tkaziladigan musobaqa reja-jadvalini ishlab chiqish va o‘tkazish.

2023-yil davomida

“Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

11.

Keksalar va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlar uchun harbiy — vatanparvarlik yo‘nalishidagi “Vatan tinchligiga barchamiz mas’ul!”, “O‘z uyingni o‘zing asra”, “Ogohlik — davr talabi”, “Vatan tinchligi — bebaho ne’mat!”, “Vatanga xizmat — oliy fazilat”, “Milliy armiyamiz — buyuk kelajagimiz kafolati!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etish.

1. Har bir mahalla kesimida tajribali, ziyoli va tashabbuskor keksa avlod vakillari hamda harbiy xizmatchilarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ro‘yxatga kiritilgan keksalar va harbiy xizmatchilar ishtirokida mahalladagi yoshlar uchun “Vatan tinchligiga barchamiz mas’ul!”, “O‘z uyingni o‘zing asra”, “Ogohlik — davr talabi”, “Vatan tinchligi — bebaho ne’mat!”, “Vatanga xizmat — oliy fazilat”, “Milliy armiyamiz — buyuk kelajagimiz kafolati!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

2023-yil mart

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Mudofaa vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

12.

Yoshlarni milliy urf-odat va qadriyatlarga, jumladan, oila qadriyatlariga sodiq holda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy qadriyatlardan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, diniy mutaassiblikni oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida tarixchi va dinshunos olimlar, soha mutaxassislari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirokida ma’rifiy tadbirlar tashkil etib borish

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda diniy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan viloyatlar kesimida mahallalar ro‘yxatini shakllantirish;

2023-yil mart-aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Mahallalarda ma’naviy-axloqiy jihatdan muammoli, notinch, noqobil oilalar hamda jinoyatchilikka moyil bo‘lgan, profilaktik ro‘yxatda turadiganlar bilan suhbatlar o‘tkazish.

Reja asosida yil davomida

13.

Nuroniylar jamoatchilik kengashlari a’zolarining mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etgan holda “Salomatlik uchun 5 ming qadam” tadbirlarini o‘tkazib borish

1. “Salomatlik uchun 5 ming qadam” tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish.

2023-yil aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. “Keksalar maslahati” guruhlari bilan hamkorlikda tadbirni tashkil etish.

3. Fuqarolar yig‘inlarida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Yil davomida

14.

Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalar hamda ta’lim muassasalaridagi faol yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi og‘ir yoshlar hamda kam ta’minlangan oilalardagi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida milliy kinofilmlar (shu jumladan, “Vatan”, “Ilhaq”, “Elparvar”, “Ibrat”, “Meros”, “101”, “Hayot”, “Jasur”, “Aldangan ayol” kabilar) namoyishini imtiyozli ravishda tashkillashtirish.

1. Tadbir grafiklarini ishlab chiqish va mahallalarga biriktirilgan mas’ullarga hamda fuqarolar yig‘inlari raislariga yetkazish.

2023-yil mart

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kinematografiya agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Tadbirlar haqidagi e’lonlarni mahallalarda hamma tanishib chiqishlari qulay bo‘lgan joylarga ilib qo‘yish hamda ko‘chaboshi (ko‘p qavatli uylar boshliq)larini xabardor qilish.

3. Kinofilmlar namoyishini kinoklublar orqali ko‘chma ravishda, kinoteatlar, madaniyat uylari, istirohat bog‘larida namoyishini tashkil etish.

Reja asosida yil davomida

15.

Mahalla nuroniylari va yoshlari o‘rtasida “Mahallamiz sportchi nuroniylari va yoshlari” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etish

1. Mahallalarda sport musobaqalari o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish;

2. Reja-jadval asosida barcha mahallalarda nuroniylar va yoshlar o‘rtasida shaxmat-shashka, qo‘l tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil qilish;

3. Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilarini munosib taqdirlash;

4. Musobaqalarda o‘z iqtidorini namoyon qila olgan yosh ishtirokchilarni professional sport murabbiylariga biriktirish.

2023-yil fevral

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kurash Federatsiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar) hokimliklari

16.

Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlar ishtirokida mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda sport musobaqalarni tashkil etish.

1. Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faxriy chempionlar va sportchi-polvonlarning ro‘yxatini “mahallabay” shakllantirish hamda uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish;

2023-yil mart

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Reja-jadval asosida barcha mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda sport musobaqalarini tashkil etish.

Reja asosida yil davomida

17.

“O‘z bolangni o‘zing asra!” shiori ostida “Mahallada bolaning begonasi bo‘lmaydi” mavzusida huquqshunoslar, ichki ishlar va prokuratura xodimlari, soha mutaxassislari, psixologlar, taniqli sportchilar va yoshlar ishtirokida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchiliklarning oldini olish, ularning huquqiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

1. Tadbir rejasini ishlab chiqish;

2. Tadbirda ishtirok etish uchun tajribali huquqshunos, psixolog, ichki ishlar va prokuratura xodimlari, faol yoshlar va taniqli sportchilar ro‘yxatini shakllantirish;

3. Tadbirni OAVda yoritish.

Reja asosida yil davomida

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

II. Ta’lim muassasalarida yoshlarning yetarli bilim olishlarini ta’minlash masalalarida nuroniylar ishtiroki va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish

18.

Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolari va faol nuroniylarni hududdagi ta’lim muassasalariga biriktirish.

1. Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolari va boshqa faol nuroniylar ro‘yxatini “mahallabay” shakllantirish;

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida faol nuroniylarni hududdagi oliy ta’lim muassasalariga biriktirish;

3. Biriktirilgan nuroniylar tomonidan hududlardagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish. Bunda, quyidagilarga e’tibor qaratish:

talaba va o‘quvchilar davomati;

tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash (ular bilan suhbatlar o‘tkazib borish);

muntazam dars qoldirayotgan va tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash, to‘garaklarga jalb qilish.

ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish va “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish ishlarini nazoratga olish;

umumta’lim maktablarida har oyning payshanba kunlari “Nuroniylar tarbiyaviy soatlari”ni o‘tkazib borish.

2023-yil aprel

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

19.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik ko‘nikmasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’naviy tadbirlarda, tanlovlarda nuroniylarning ishtirokini ta’minlash

1. Kitobxonlik tadbirlari doirasida mahallalarda nashriyotlar bilan hamkorlikda kitoblar ko‘rgazmasi va taqdimotini tashkil etish;

2023-yil 1-chorak

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

2. Ta’lim muassasalarida Besh tashabbus doirasida yoshlarni kitobga muhabbat, kitob mutolaasiga qiziqishini kuchaytirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, viktorinalar tashkil etish.

2-chorak har oyda

20.

Hududlardagi harbiy qismlarda yoshlarda, ayniqsa uyushmagan yoshlarda vatanparvarlik va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida “Vatan himoyasi — muqaddas burch” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish.

1. Harbiy qismlar bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqish;

2. Reja-grafikda yoshlarni harbiy qismning kundalik faoliyati bilan tanishtirish, ularning harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy texnikalarni tomosha qilib, o‘zlari ham saf tayyorgarligi, qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bajarib ko‘rishlarini, shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishlarini ta’minlash;

3. Ishlab chiqilgan reja-grafik asosida Hududlardagi harbiy qismlar atrofida joylashgan mahallalar yoshlari, jumladan, uyushmagan yoshlarda vatanparvarlik va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida harbiy qismlarda “Vatan himoyasi — muqaddas burch” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish.

Reja asosida

Mudofaa vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

21.

Nuroniylar tomonidan “Hunari bor kishini ishi unar” g‘oyasi asosida usta hunarmandlarga ishsiz yoshlarni biriktirish orqali kasb-hunar o‘rgatish hamda “ustoz-shogird” an’anasining yangi tizimini joriy etish.

1. Hududlarda istiqomat qilayotgan keksa yoshdagi usta hunarmandlar ro‘yxatini “mahallabay” shakllantirish;

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida usta hunarmandlarga ishsiz yoshlarni biriktirish;

3. Keksa hunarmandlar uylarida tashkil etilgan ustaxonalarda yoshlar uchun to‘garaklar ishini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil mart

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

22.

Uyushmagan yoshlar, ayniqsa tarbiyasi og‘ir bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalardagi yoshlar o‘rtasida keksalar va harbiy xizmatchilar ishtirokida buyuk ajdodlarimiz (Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Ibn Sino, Beruniy kabilar)ning boy merosini yoritib beruvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish

1. Har bir mahalla kesimida tajribali, ziyoli va tashabbuskor keksa avlod vakillari hamda harbiy xizmatchilarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ro‘yxatga kiritilgan keksalar va harbiy xizmatchilar bilan o‘z mahallalarida buyuk ajdodlarimizning boy merosini yoritib beruvchi tadbirlarni o‘tkazib borish.

2023-yil I choragi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Mudofaa vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

23.

Oilaviy ajrimlarning oldini olishda nuroniylar faolligi va pozitsiyasini kuchaytirish.

1. Faol nuroniylar tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, ayniqsa yosh oilalar bilan ishlash mexanizmini kuchaytirish;

2. Ajrim yoqasida turgan, notinch oilalar yoshlari bilan suhbatlar olib borish, ibratli oilalar bilan yaqinlashtirish maqsadida “Mahallaning eng ibratli oilasi”, “Eng chaqqon kelin” kabi tanlovlar tashkil etish;

3. Aholining, ayniqsa, yoshlarning norozilik va noshukurchilik kayfiyatini yo‘qotish, ularni hayotidan mamnun holda yashashi uchun OAVda faol nuroniylarning ta’sirli ma’ruzalari va chiqishlarini tashkillashtirish.

2023-yil muntazam

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

III. “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

24.

“Nuroniy” jamg‘armasining raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifa va funksiyalarini taqsimlash, markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari hamda shtat birliklarini tasdiqlash

“Nuroniy” jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash bo‘yicha Vasiylik kengashiga kiritish.

2023-yil aprel

“Nuroniy” jamg‘armasi

25.

“Nuroniy” jamg‘armasining viloyat, tuman va shahar bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman va shaharlardagi Nuroniylar maskanlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

2023-yil mart

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari,

Kadastr agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

2. Vazirlik va idoralar balansida bo‘lgan Nuroniylar maskanlarining bino va boshqa asosiy vositalarini “Nuroniy” jamg‘armasining tegishli bo‘limlari balansiga o‘tkazish;

2023-yil aprel

3. Ta’mirtalab Nuroniylar maskanlarini homiylar mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

2023-yil sentabr

4. Nuroniylar maskanlari barpo etilmagan tuman (shahar)larda yangi maskanlarni barpo etilishini yakunlash va ularni jihozlash;

2023-yil sentabr

5. “Nuroniy” jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarining faoliyat yuritishlari uchun Nuroniylar maskanlari bo‘lmagan tuman va shaharlarda maskanlar barpo etilgunga qadar zarur sharoitlari mavjud bo‘lgan joy bilan ta’minlash;

2023-yil aprel-may

6. “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari

26.

“Nuroniy” jamg‘armasi qoshida tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

1. “Nuroniy” jamg‘armasi qoshida tashkil etilgan: ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik tuzilmalariga: yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, xom ashyo bilan ta’minlanish, ish hajmini kengaytirish ishlariga ko‘maklashish;

2. “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘laridan jamg‘arma qoshida tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalariga shartnoma asosida qaytarib berish sharti bilan beriladigan mablag‘lar hisobidan olingan mahsulotlarni “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish.

2023-yil davomida

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar

27.

Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlarning ishtirokini kengaytirish.

1. Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan mahallalardagi mavjud muammolar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash;

2. Tayyorlangan ma’lumotnomalarni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga yechimlari bo‘yicha tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish uchun taqdim etib borish.

Doimiy

Nuroniylar jamoatchilik kengashlari,

“Keksalar maslahati” guruhlari,

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari

(kelishuvga ko‘ra)

28.

Keksa avlod vakillarining sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy xodimlarni malakasini oshirish Markazida gerontologiya va geriatriya sohasida fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish kafedrasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi asoslantirilgan taklif kiritish.

2023-yil 10-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

29.

“Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

“Nuroniy” jamg‘armasi faoliyati bosma va elektron axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida muntazam, tizimli va keng ko‘lamda yoritib borish.

Doimiy

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

30.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 20-aprel

Nuroniy” jamg‘armasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2023-y., 07/23/92/0137-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)