21.02.2023 yildagi 2980-IV-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori, 21.02.2023 yildagi 2980-IV-son
Kuchga kirish sanasi
21.02.2023

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar hamda hududlarda 2023-yilda aholi bandligini ta’minlash dasturlarining tasdiqlanishi va amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatib, natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish.

Reja-jadval asosida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

O‘rganishlarda aniqlangan muammolarni hokimliklar, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etish choralarini ko‘rish.

Yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish.

Yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari

4.

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining “2022-yildagi bandlik dasturlarining ijrosi, sohadagi mavjud muammolar va 2023-yildagi rejalar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil fevral

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

5.

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishida bilim va malakalarga ega yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respub�ikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining majlisida eshitish.

2023-yil fevral

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi

6.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining “Xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi

7.

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Xususiy bandlik agentliklari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining majlisida eshitish.

2023-yil aprel

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi

8.

Joriy yilning birinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida muhokama qilish.

2023-yil aprel

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil aprel

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi

10.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining “Turizm sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil may

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi

11.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil iyun

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi

12.

Joriy yilning ikkinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘ri�larini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish.

2023-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining, shuningdek 2023-yilgi bandlik dasturlarining ijrosini ta’minlash borasida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish.

2023-yil avgust

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi

15.

Joriy yilning uchinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish.

2023-yil oktyabr

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

16.

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil oktyabr

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi

17.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalar hamda hududlarga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, shuningdek boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil oktyabr

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

18.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining “Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qo‘mitalarining qo‘shma majlisida eshitish.

2023-yil noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi

19.

Joriy yilning yanvar — noyabr oylarida hududlarda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish.

2023-yil dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

20.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish.

2023-yil dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi

21.

Deputatlar va senatorlarning hududlarda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

Yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati

22.

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishchi guruhlar faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish va har chorak yakuni bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlash.

Yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni

1.

Gadoyev Erkin Fayziyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining raisi, Ishchi guruh hamrahbari

2.

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining raisi, Ishchi guruh hamrahbari

3.

Matmuratov Batir Djoldasovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi bo‘yicha)

4.

Siddiqov Riskul Ergashboyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

5.

Tursunov Kobul Beknazarovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

6.

Parpiyev Maxmud Mamatovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining a’zosi

7.

Salimova Manzura Alimovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining a’zosi

8.

Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining a’zosi

9.

Ma’mirova Oltinoy To‘lanboyevna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi

10.

Nazirkulov Atxam Axatkulovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi

11.

Umirov Abdug‘ani Ergashevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi

12.

Xodjimatov Muxtor Ubaydullayevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi

13.

Eshmurzayev Bekmirza Xoshimovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining a’zosi

14.

O‘razboyev Ural Kamolovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi

15.

Mamayusupov Omonulla Mamatqulovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi

16.

To‘xtayev Bobir-Mirzo Avazovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kotibiyati katta referenti, Ishchi guruh kotibi