13.02.2023 yildagi PQ-54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) tashkil etilganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni bilan Oʻzenergoinspeksiyaning jami boshqaruv shtat birliklari va boshliq oʻrinbosarlari soni belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzenergoinspeksiya faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib chiqarish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilgʻi-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) energetika obyektlarida baxtsiz hodisalar va texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini hamda energiya samarador va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini isteʼmol qilish samaradorligining monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha isteʼmolchilar (aholidan tashqari) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energiya samaradorligini baholash, shuningdek, mahsulot birligini ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) uchun yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmolining meʼyorlari bajarilishi va kelgusida takomillashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan Oʻzenergoinspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar mazkur qarorga muvofiq Oʻzenergoinspeksiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda har tomonlama koʻmaklashishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabiga koʻra bepul taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya xodimlari xizmat guvohnomalari boʻlgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida isteʼmolchilarning yoqilgʻi-energiya resurslarini hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini yozib olish va ularning holati, ulanish sxemalari va qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun hisobga olish uskunalari, sxemalari hamda qurilmalarini toʻsqinliksiz borib koʻrishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari oʻrnatilishini nazorat qiladi va belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan choralar koʻrish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya tomonidan yoqilgʻi-energiya resurslarini behuda sarflash, ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash borasida davlat nazoratini amalga oshirish hamda isteʼmolchilarga realizatsiya qilinayotgan yoqilgʻi-energiya resurslari sifatini nazorat qilish (neft va gaz mahsulotlaridan namunalar olish, laboratoriyada tahlil qilish, miqdorini oʻlchash va tarqatish) bilan bogʻliq oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida oʻtkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi. Bunda ushbu tekshiruvlarga masʼul boʻlgan xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini tekshiruv yakuniga yetishi bilan toʻldirishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 06/25/20/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh prokurorning yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuror oʻrinbosari) lavozimi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Bosh prokuror oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura ikki hafta muddatda yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini mazkur qaror bilan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar asosida yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish masʼuliyati shaxsan Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi va Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga yuklansin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash va bu boradagi jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan meʼyordan oshgan taqdirda, ularga yangi isteʼmolchilarni ulash qatʼiyan taqiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tafovutlarni aniqlash maqsadida Oʻzenergoinspeksiyaga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni monitoring qilish imkoniyati yaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli maʼlumotlarni “E-maʻmuriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2023-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda tuzilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tartib yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmoli boʻyicha limitlarni belgilash va ularga oʻzgartirishlar kiritishga ham tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga avtomatik ravishda yuborilishi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar gʻaznachilik boʻlinmalarida elektron shaklda (inson omilisiz) roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2023-yil 1-oktabrga qadar mavjud elektr energiyasi va tabiiy gazni uzatish hamda taqsimlash tarmoqlari va qurilmalari yuklamasi oshib ketishining oldini olish imkoniyatini yaratish maqsadida ular geoaxborot tizimiga kiritilsin hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminoti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, elektr energiyasi va tabiiy gazni uzatish hamda taqsimlash tarmoqlari va qurilmalari mazkur tizimlar bilan integratsiya qilingandan soʻng elektr va gaz tarmoqlariga ulanishda ulanish nuqtalari avtomatlashtirilgan tarzda inson omilisiz tanlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab elektr va gaz tarmoqlari va qurilmalarini qurishda loyiha hujjatlarini vakolatli organlar bilan kelishish tegishlicha elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminotlari orqali aniq muddatlarda amalga oshirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “UzGasTrade” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminotlari ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi hamda mazkur bandda nazarda tutilgan texnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzenergoinspeksiya “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) doimiy ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli energetika obyektlari (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) roʻyxatini shakllantirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda isteʼmol qilinayotgan yoqilgʻi-energiya resurslari hajmini aniqlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda yoqilgʻi-energiya resurslari behuda sarflanishi va sifat talablariga rioya etmaslik holatlarini aniqlab borsin va ular boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli asosda yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning tarmoqlarga toʻgʻri ulanganligi va hisoblagichlar mavjudligi, ularning texnik talablarga va standartlarga muvofiqligini tekshirib borsin, shuningdek, aybdor boʻlgan mazkur obyektlar xodimlari va ularga xizmat koʻrsatgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda oʻrnatilgan hisoblagichlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga mosligini oʻrgansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har oyda elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamalari va sozligini tekshirib borib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzenergoinspeksiya har oyda Bosh prokuror oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasiga mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot kiritib borsin.
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh prokuratura Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlarini oʻgʻrilik jinoyati sifatida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiyaning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish (mansabdor shaxslarga nisbatan) vakolatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya tomonidan berilgan yozma koʻrsatma va taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Energetika vazirligi va Bosh prokuraturaning quyidagi mablagʻlarni Oʻzenergoinspeksiyaning belgilangan tartibda ochiladigan maxsus gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya ishtirokida yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar summasining 25 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ushlab turilmaganligi natijasida yuzaga kelgan elektr energiyasining qoʻshimcha yoʻqotilishi bilan bogʻliq toʻlovlardan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ filiallariga va “Oʻzenergosotish” AJga tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PQ-367-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya tomonidan hamda Oʻzenergoinspeksiya materiallari asosida sud tomonidan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 50 foizi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya tomonidan pulli xizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, maxsus gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar quyidagi maqsadlarda ishlatilishi nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiyaga shartnoma asosida ekspert va mutaxassislarni uning zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun jalb qilish. Bunda, shartnoma asosida jalb qilinadigan ekspert va mutaxassislar maqomi boʻyicha Oʻzenergoinspeksiya xodimlariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya vazifalarini samarali amalga oshirish hamda axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar summasidan kelib tushayotgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda boshqa organlarga yoʻnaltirilishi mumkin.
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi manbalar boʻyicha Oʻzenergoinspeksiya hisobiga undirilgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga ajratmalar hisoblanmaydi hamda oʻtkazilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PF-110-sonli Farmoniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Energetika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar elektr energiyasining dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA), shuningdek, ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha jarayonlarga elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHOAT, GNHOAT) toʻliq joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura mazkur tizimlar toʻliq joriy etilishini alohida nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda elektr va gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar talablari va ularni berish tartibini xalqaro standartlar asosida qayta qoʻrib chiqish va belgilash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻztransgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, inson omilisiz qayta hisob-kitob qilish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va Soliq qoʻmitasi bazasida parallel ravishda hisobga olishni nazarda tutuvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “UzGazTrade” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ mazkur dasturiy taʼminotni ishlab chiqishda isteʼmolchilar bazasini shakllantirish hamda billing tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash maqsadida “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJga barcha birlamchi maʼlumotlarni taqdim etsin va billing tizimlari bilan bogʻlanishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar hamda ulardan foydalanish turlariga koʻra muqobil energiya, tabiiy gaz, elektr energiyasi, irrigatsiya, ichimlik suv va oqava suvlar sarfining standart hajmlarini qatʼiy belgilaydigan mezonlarni tizimga joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini texnik shartlarni raqamlashtirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Energetika vazirligi energetika tarmoqlari tarxlari, mavjud tarmoqlarning joriy holati va davriy yuklamalarini raqamlashtirgan holda ularning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiyasini taʼminlasin va har oyda maʼlumotlar bazasini yangilab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzenergoinspeksiya 2023-yil 1-mayga qadar yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularni onlayn rasmiylashtirish uchun barcha xodimlarni maxsus planshetlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Energetika vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, yangilangan qoidalarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzenergoinspeksiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda Bosh prokuror oʻrinbosari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-54-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RAZRYADLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Boshliq

19

Boshliq oʻrinbosari

17

Boshliq maslahatchisi, departament boshligʻi

15

Boshqarma boshligʻi, Laboratoriya boshligʻi

14

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, Laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari

14 (-5%)

Boʻlim boshligʻi, boshliq yordamchisi

13

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

13 (-5%)

Bosh mutaxassis

11

Yetakchi mutaxassis

10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Inspeksiya boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi hamda oshirilgan koeffitsiyentlar boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PF-110-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2023-y., 07/23/54/0089-son; 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 11.02.2025-y., 06/25/20/0122-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)