31.01.2023 yildagi PF-16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni (keyingi oʻrinlarda — maxsus organlar) zamonaviy qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika bilan qurollantirish tizimini takomillashtirish, mudofaa sanoati samarali faoliyat yuritishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus organlarni qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda — harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar) bilan taʼminlash boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash boʻyicha kompleks dasturlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlashni moliyalashtirish masalalarini koʻrib chiqish va uning manbalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mudofaa buyurtmasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirigʻini biriktirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining topshiriqlarini ijro etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-maʼmuriy guruh 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻztextreyd” DUK) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish, yoʻq qilish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi mudofaa ahamiyatiga ega tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari (keyingi oʻrinlarda — mudofaa sanoati korxonalari) faoliyatini tartibga solish, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlarni, shu jumladan mahalliy korxonalar va xorijiy hamkorlar bilan kooperatsiya orqali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa sanoati sohasida texnologik mustaqillikni taʼminlash, muhim ahamiyatga ega harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar hamda zamonaviy texnologiyalar asosida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus organlarni mudofaa sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarining harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlari (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish (sotish)ni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar, yangi materiallar, butlovchi buyumlar va xom ashyolarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish, unifikatsiyalash, moslashtirish, yoʻq qilish (utilizatsiya qilish), qayta ishlash, shuningdek, ularni import va eksport qilishda xalqaro tajribani inobatga olgan holda yagona texnik siyosatni amalga oshirish, standartlar va mahsulot sifati talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa sanoati korxonalari uchun ilmiy kadrlar, muhandislar, loyihachilar va konstruktorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar “Oʻztextreyd” DUKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus organlar ehtiyojlari uchun xorijda ishlab chiqariladigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish (import qilish) boʻyicha amaliyotlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishdan chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni tashqi bozorlarga sotish (eksport)ni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning eksportiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshirishda va mudofaa sanoati sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va ularni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha yagona davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, bundan mazkur band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻztextreyd” DUK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mudofaa buyurtmasi doirasida xorijda ishlab chiqariladigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish (import qilish) boʻyicha yagona agent hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasining maxsus organlar ehtiyojlari uchun xorijda ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish (import qilish), shuningdek, foydalanishdan chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni tashqi bozorlarga sotish (eksport qilish) toʻgʻrisidagi shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-apreldan boshlab harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat budjeti mablagʻlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni uch yil muddatga oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) harbiy, harbiy-texnik hamkorlikning qoʻshma rejalari, dasturlari va boshqa tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari maxsus organlar, Agentlik hamda “Oʻztextreyd” DUKning viza buyurtmanomalari asosida xalqaro aeroportlarda konsullik yigʻimi undirilmasdan rasmiylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning qoʻshma rejalari, dasturlari va boshqa tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi taklif etilayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish maxsus organlar, Agentlik hamda “Oʻztextreyd” DUKning buyurtmanomalariga koʻra davlat boji undirilmasdan amalga oshiriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Agentlik tasarrufiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda shaffof tanlov asosida harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtiradigan korxonalar bilan uch yil muddatga oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuzish orqali mahsulotlarni kafolatli xarid qilish mexanizmini joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-martga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Davlat komissiyasi, Agentlik va “Oʻztextreyd” DUK faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5246-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mudofaa vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-16-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat komissiyasi raisi

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat komissiyasi kotibi

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

A.X. Kuldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Sh.D. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

A.A. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

Sh.Gʻ. Xalmuxamedov

mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

O.T. Xodjaakbarov

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-maʼmuriy guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri, Guruh rahbari

I.A. Ibragimov

milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari

A.T. Narbayev

mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari

G.X. Yoziyev

Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

Z.A. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

N.K. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Ikramov

adliya vazirining oʻrinbosari

B.I. Daniyarxodjayev

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi boshligʻining maslahatchisi

D.Yu. Bekmuratov

Mudofaa vazirligi Inspeksiyasi boshligʻi

A.A. Abidjanov

Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy taʼminot departamenti boshligʻi

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bosh konsultanti

F.K. Raxmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

Sh.F. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti

Lavozimiga koʻra

Mudofaa sanoati agentligi direktori

Lavozimiga koʻra

“Oʻztextreyd” DUK direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Zarurat tugʻilganda birgalikda ishlashni tashkil etish uchun vazirlik va idoralarning tegishli mutaxassislari va ekspertlari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “20 foizi” soʻzlari “18 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmoni 6-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “35 foiz” soʻzlari “20 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5930-son Farmoni 14-bandining ikkinchi xatboshisidagi “20 foizi” soʻzlari “18 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3430-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “20 foizi” soʻzlari “18 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 9-pozitsiyasi “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “45” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)