30.01.2023 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi faoliyat takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, shuningdek, turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekistonning tashrif uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi va Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini oʻz ichiga olgan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tizimi isloh qilinganligi munosabati bilan ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tashkil etilganligi munosabati bilan sohaga oid ayrim qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 37-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarda) yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni, qoʻl yukini, bagajni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, 4-bandi oltinchi xatboshisi va 8-bandi “d” kichik bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 727-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qarorining 6-bandi beshinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasiga” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)