20.01.2023 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.01.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri aholisini qoʻshimcha issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning joriy yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahrida elektr va issiqlik energetikasi sohasini isloh qilish, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish boshqaruv tizimiga ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllash, soha obyektlarini rekonstruksiya qilish orqali issiqlik va elektr energiyasi taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-yanvardagi “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonalarini faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 13-son qarori qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Energetika vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 11 ta tumandagi issiqlik tarmoqlarining soʻnggi qismlarida joylashgan ilovaga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylarni tajriba tariqasida kogeneratsiya hamda gaz dvigateli bilan elektr energiya ishlab chiqaruvchi uskunalarni (keyingi oʻrinlarda — uskunalar) oʻrnatish orqali isitish va elektr energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energetika vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali bir hafta muddatda uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan aloqa oʻrnatib, tayyor uskunalarni Oʻzbekistonga qisqa muddatlarda yetkazib berish hamda oʻrnatish, shu jumladan, texnik taʼminlash boʻyicha tijorat takliflarini tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uskunalarni xarid qilish va ishga tushirish hamda zaruratga koʻra koʻp kvartirali uylarning ichki va uskunalargacha boʻlgan issiqlik tarmoqlari va elektr tizimini yangilash (qurish yoki rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ belgilansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan narx, sifat, yetkazib berish muddatlari hamda texnik taʼminlash xizmatlariga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buyurtmachiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazmasdan va davlat xaridlarini amalga oshirish toʻgʻrisida maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtirmasdan eng yaxshi taklifni tanlab olish asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarni xarid qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarni oʻrnatish va ishga tushirish hamda zaruratga koʻra koʻp kvartirali uylarning ichki va uskunalargacha boʻlgan issiqlik tarmoqlari va elektr tizimini yangilash (qurish yoki rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshirish uchun pudratchilarni aniqlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarni xarid qilish ishlari Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalardan foydalanish natijasida olingan issiqlik va elektr energiyasi ushbu issiqlik va elektr energiyasi yetkazib berilayotgan koʻp kvartirali uylardagi isteʼmolchilarga amaldagi tariflar asosida yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorda belgilangan har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda mablagʻlarning maqsadli ishlatilishiga masʼul va javobgar etib Energetika vaziri J. Mirzamaxmudov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B. Raxmonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-yanvardagi 23-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kogeneratsiya hamda gaz dvigateli bilan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar oʻrnatiladigan issiqlik tarmoqlarining soʻnggi qismlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tumanlar nomi

Mahallalar nomi

Koʻp qavatli uylar soni

Maktablar soni

Maktabgacha taʼlim muassasalari soni

1.

Mirobod

“Sh. Rashidov” mahallasi

19

2

2.

Chilonzor

“Oqtepa” mahallasi

16

2

3.

Mirzo Ulugʻbek

“Sultoniya” mahallasi

25

2

4.

Shayxontohur

“Shayxontohur” mahallasi

6

1

4

5.

Yunusobod

“Ahilobod” mahallasi

7

6.

Yakkasaroy

“Boshliq” mahallasi

17

1

1

7.

Sergeli

“Oʻzgarish” mahallasi

44

8.

Olmazor

“Beshqoʻrgʻon 1” mahallasi

15

9.

Yashnobod

“Tuzel” mahallasi

37

1

1

10.

Uchtepa

“Birlik” mahallasi

37

1

2

11.

Yangihayot

“Charogʻon” mahallasi

13

1

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 09/23/23/0040-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)