19.01.2023 yildagi 21-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida yoshlar orasidan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini tashkil etish hamda ushbu guruh a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimidagi Jamoat xavfsizligi universitetiga (keyingi o‘rinlarda — huquq-tartibot organlarining oliy ta’lim muassasalari) o‘qishga kirishda imtiyozlar berish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

18 — 30 yoshdagi xotin-qizlar

1. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari (bo‘linmalari) huzurida tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhi a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliklari nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Ixtiyoriy muddatd�

2. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari arizani belgilangan tartibda o‘rganish asosida, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari nomiga yozma ravishda tavsiya kiritadi.

10 kun ichida

2-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari kadrlar bilan ta’minlash guruhi (bo‘linmasi) bo‘limlari

“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zoligiga qabul qilishda nomzodlarni o‘rganib chiqib, ular bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i, tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katga inspektori xamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari vakili ishtirokida suhbat tashkil etadi.

15 kun ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarlari “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish va guruh a’zoligiga nomzodlarni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari rahbarlari bilan kelishilgan holda qaror qabul qiladi.

3 kun ichida

4-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari

“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zoligiga nomzodlar qabul qilinganligi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar IIBlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga ma’lumot taqdim etadi.

3 kun ichida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar IIBlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari

“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tashkil etilganligi va guruh a’zolarining tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlariga biriktirilganligi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga axborot beradi.

10 kun ichida

3. Tavsiyanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan sxema bo‘yicha bir yil muddat davomida umumiy 360 soat vaqt mobaynida belgilangan tuman (shahar)da faoliyat ko‘rsatgan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhi a’zosiga huquq-tartibot organlarining bitta oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi uchun bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bir marta beriladi.
9. Xulosalar vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati huzurida tuziladigan, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi vakili kiritilgan ishchi guruh tomonidan 1-mayga qadar ko‘rib chiqiladi, munosib deb topilgan nomzodlarga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan tavsiyanoma beriladi hamda ular huquq-tartibot organlarining oliy ta’lim muassasalariga har yili 15-mayga qadar yuboriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Bajarish tartibi

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari (bo‘linmalari)

“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolariga huquq-tartibot organlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalarni berish masalalarini tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirokida qo‘rib chiqadi va Nizomda belgilangan hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga taqdim etadi.

Har yili 15-fevraldan 10 ma�tga qadar


2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari

1. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tavsiyanomaga nomzod bo‘lgan guruh a’zolari bilan osha va xotin-qizlar boshqarmalarining mas’ul xodi�lari hamda “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolarining ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida ochiq suhbat tashkil etiladi.

2. Suhbat natijalari bo‘yicha boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa shakllantiriladi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga yuboriladi.

Har yili 15-martdan 1-aprelgacha


3-bosqich

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati

1. Taqdim etilgan xulosalar Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati huzurida tuziladigan, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi vakili kiritilgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligi tomonidan tasdiqlanadigan tavsiyanomalar beriladi.

Har yili 1-maygacha


4-bosqich

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati

“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga jalb qilingan xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi xamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetiga yuboradi.

Har yili 15-maygacha


5-bosqich

Ta’lim muassasalari

Tavsiyanoma berilgan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolari belgilangan tartibda saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng huquq-tartibot organlarining oliy ta’lim muassasalariga yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Har yili 5-iyulgacha

1. 2-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: