O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-iyul,
155-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga
ILOVA
2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidan “va jismoniy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
v) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovada “subyektlar” ustunidagi “litsenziya talabgori — yuridik shaxs, jismoniy shaxs” blokidan “jismoniy shaxs” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 20-bandida “bolalarning maktabgacha bolalar muassasalaridagi ta’minoti va” so‘zlari chiqarib tashlansin, “28 va 29-ilovalar” so‘zlari “29-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 190-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)