16.01.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3416
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori , 16.01.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3416
Kuchga kirish sanasi
17.01.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
2. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1536, 2007-yil 14-yanvar) asosida tashkil etilgan Tibbiy tashkilotlarning moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning (keyingi o‘rinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning quyidagi miqdoridan: