Arnasoy tuman Xalq deputatlari Kengashining
Qarori
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining “Arnasoy tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2023-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2023-yil 10-yanvardagi VI-45-1-3-43-K/23-sonli qarorini qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Jizzax viloyati Arnasoy tuman Xalq deputatlari Kengashining 2023 yil 19 yanvardagi VI-45-5-3-43-K/23-sonli “Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining “Arnasoy tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2023-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2023-yil 10-yanvardagi VI-45-1-3-43-K/23-sonli qarorini qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan 2023-yil uchun tumanda belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqiga, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2023-yilga yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 2023-yil 10-yanvardagi “Arnasoy tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2023-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-45-1-3-43-K/23-sonli qarori qonunga muvofiqlashtirilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 10-yanvardagi VI-45-1-3-43-K/23-sonli qarorining 6-bandidagi “Qaror 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi” soʻzlari quyidagi tartibda, yaʼni “Eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi” soʻzlariga almashtirilsin, qarorning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Z. Ismatov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X. ALIMARDANOV
Arnasoy t.,
2023-yil 12-yanvar,
VI-45-3-3-43-K/23-son