06.01.2023 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.01.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sotish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, professional futbol klublari faoliyatiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining “Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda “Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining oʻtgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini oʻtkazib, aniqlangan klubning kreditor qarzdorligi 2023-yil 10-yanvarga qadar bartaraf etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushining belgilangan tartibda “FC-Surhan” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlariga oʻtkaziladigan futbol klublari roʻyxatining 13-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlarini salohiyatli xususiy investorlarga sotish boʻyicha takliflarni Davlat mulkini sotish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazuvchi davlat komissiyasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 6-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2023-y., 09/23/4/0008-son; 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)