06.01.2023 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Surxon” professional futbol klubi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sotish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, professional futbol klublari faoliyatiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining “Surxon” professional futbol klubi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda “Surxon” professional futbol klubi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini o‘tkazib, aniqlangan klubning kreditor qarzdorligi 2023-yil 10-yanvarga qadar bartaraf etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Surxon” professional futbol klubi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushining belgilangan tartibda “FC-Surhan” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlariga o‘tkaziladigan futbol klublari ro‘yxatining 13-pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlarini salohiyatli xususiy investorlarga sotish bo‘yicha takliflarni Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga kiritsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 6-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2023-y., 09/23/4/0008-son; 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)