Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.01.1994 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO QAYTA QURISH VA TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN AJRATILGAN INSTITUTSIONAL KREDITDAN HAMDA YAPONIYA HUKUMATI GRANTIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro qayta qurish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi kredit (institutsional qurilish hamda texnik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq loyiha — keyingi o‘rinlarda institutsional kredit deb yuritiladi) berish to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq Xalqaro qayta qurish va taraqqiyot banki (XQTB) tomonidan berilayotgan institutsional kreditdan, shuningdek, Yaponiya Hukumatining granti (keyingi o‘rinlarda “grant” deb yuritiladi)dan samarali foydalanish hamda institutsional kredit o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr ham shunga kiradi, 21 mln. AQSH dollari miqdorida berilayotgan institutsional kredit XQTB tomonidan O‘zbekistonda bozor infrastrukturasini shakllantirishga texnik yordam ko‘rsatishga, xususiylashtirish sohasida konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish va kadrlarni o‘qitishga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini mustahkamlashga, moliya tizimini shakllantirishga, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida tadqiqot ishlarini olib borishga, shuningdek, institutsional kreditdan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va idoralarni kompyuter va axborot bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimini takommillashtirishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘n kun muddatda institutsional kredit va grant mablag‘laridan foydalanish uchun maxsus avans schyotlari ochilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaziy bankka quyidagilar tavsiya etilsin hamda Davlat mulk qo‘mitasiga, “O‘zdavjamg‘arma”ga, Mehnat vazirligiga, Aloqa vazirligiga, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasiga, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, shuningdek “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga quyidagi vazifalar topshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda institutsional kreditdan foydalanish bo‘yicha (Aloqa vazirligi — grant mablag‘lari uchun ham) vazirlik yoki idora rahbari boshchiligida ishchi guruhi tuzsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda institutsional kredit doirasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ilovaga* muvofiq zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar (Aloqa vazirligi — grant mablag‘lari uchun ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish, shuningdek rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning kalendar jadvali to‘g‘risida hisobot taqdim etib tursinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Institutsional kredit va grant doirasida konsultantlarni tanlash va asbob-uskunalarni sotib olish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish to‘g‘risida nizomni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit va u bo‘yicha foizlar institutsional kredit bo‘yicha Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlovchi kreditga xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining eksport-import rejasini tuzayotganda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomasiga binoan har yili institutsional kreditni va u bo‘yicha foizlar qoplanishini ta’minlovchi zarur miqdordagi eksport resurslarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq qo‘mitasi boj hujjatlarining tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini hamda institutsional kredit va grant hisobiga sotib olinayotgan asbob-uskunalarning boj yig‘imlari va poshlinalarsiz o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi institutsional kredit va grant hisobiga sotib olinadigan asbob-uskunalar manzillarga beto‘xtov yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institutsional kredit va grantdan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatilishi ustidan umumiy nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari O‘.T. Sultonovga hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 26-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son