31.12.2022 yildagi 737-son
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
mazkur qarorga 2-ilovaning 2-bandi 2023-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) muvofiq tovarlar ATA karneti asosida bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
Yo‘l harakati to‘g‘risida Konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma;

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Deklaratsiyalovchi shaxs

Tranzit deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va “E-tranzit” AAT orqali bojxona organlariga yuboradi.

Nizomning 6-band�
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida belgilangan muddatlarda

“E-Tranzit” AAT

1. Tranzit deklaratsiyasini ro‘yxatga oladi va identifikatsiya kodini beradi.

2. Tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

Deklarant

1. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodni bojxona organiga taqdim etadi.

Bojxona hududiga kirib kelayotganda — tovarlar va transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organiga kelgandan so‘ng.

Ichki hududda — tayyor bo‘lishga ko‘ra.

2. Tegishli bojxona to‘lovlari va yig‘imlarni to‘laydi.

Tranzit d�klaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar

Davlat nazorati organlari

Taqdim etilgan hujjatlar hamda tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘zining munosabat belgisini qayd etadi.

Chega�a bojxona postida — uch soat ichida
Ichki hududda — bir ish kunida

“E-Tranzit” AAT

Vakolatli organlarning munosabat belgilari qayd etilgandan so‘ng tranzit operatsiyalari boshlanganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

Bojxona organi axborot tizimi

Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi kelib tushadigan manzilga yetkazib berilgandan so‘ng ularning yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi.

Ish vaqtida o‘ttiz daqiqa ichida

Tashuvchi

Etkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan so‘ng kuzatuv hujjatlarni tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etadi.

Ish vaqtida bir soat ichida

Tovarlar kelib tushadigan bojxona organi

Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tranzit deklaratsiyasi va kuzatuv hujjatlariga belgi qo‘yish orqali bojxona tranziti bojxona rejimini yakunlaydi.

Uch soat ichida