31.12.2022 yildagi 734-son
1. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat xaridlari elektron tizimi operatori davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish bo‘yicha elektron savdo maydonchalari operatorlariga mazkur qarorning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talab va tartiblarning amal qilishini ta’minlasin. Bunda, uch oy muddatda amalda mavjud elektron savdo maydonchalari operatorlarining faoliyatini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga ilovaning 2 — 5-bandlari qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshidagi “1 — 3 foizi, tender o‘tkazishda esa 1 — 5 foizi doirasida” so‘zlari “3 foizidan, tender o‘tkazishda esa 5 foizidan oshmagan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 17-bandning birinchi xatboshisidagi “operatorga xizmat ko‘rsatuvchi bankda HKKP uchun alohida ikkilamchi bank hisobvarag‘ini” so‘zlari “HKKP uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 18-banddagi “budjet” so‘zlari “davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “foydalanmagan holda amalga oshiradi” so‘zlari “foydalangan holda amalga oshirishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “budjet” so‘zi “davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.